ob’ektni o‘rganishni uni nazariy tahlil qilish darajasiga yetkazgan taqdirdagina
to‘laqonli xususiyat kasb etishiga ishora mavjud.
Shunday qilib, fan bilan faqat faktlar majmuini qayd etish va ularni tavsiflashni
bog‘lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalarni tushuntirish va ularni taxmin
qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirdagina to‘laqonli fanga ega
bo‘lamiz. Ko‘pgina olimlar ma’lum tamoyillar, soddalik mavjud bo‘lmasa, fan ham
mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. Chunki fanning yetukligi
nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual daraja bilan ham
belgilanadi. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga barcha faktlar
taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki bosqichida emas, balki bu
bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda fan avvalo ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu
fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi,
ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi
va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki
xil bog‘lanish qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo
haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob
tariqasida yuzaga kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha
jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa
sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z
yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi
«madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki –
faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va
«haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari
va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan
ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha jabhalariga kirib
boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni
ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha
faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi
texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan
va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson
hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib
chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar
uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Shu narsa aniqki, fan,
ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga,
qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi. Bilish faoliyati madaniyat
borlig‘i bilan mushtarakdir. Bu fanning bilish faoliyati sub’ekti – inson materialiga
ishlov berish, uni o‘zlashtirish va bilish jarayoniga jalb qilish bilan bog‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: