Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


fan  mikrokonteksti  va  makrokonteksti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

fan 
mikrokonteksti  va  makrokonteksti
  tushunchalarini  ilmiy  muomalaga  kiritish 
lozim. Birinchi tushuncha u yoki bu davr sharoitida ishlayotgan ilmiy hamjamiyat 
xususiyatlariga  fanning  bog‘liqligini  anglatadi.  Ikkinchi  tushuncha  so‘zning  o‘z 
ma’nosidagi  fan  rivojlanuvchi  kengroq  ijtimoiy-madaniy  muhitdagi  bog‘liqliklar 
haqida bahs etadi; bu fan ijtimoiy mezonining ifodasidir. Boshqacha aytganda, har 
bir jamiyat o‘z ma’rifatli rivojlanish darajasiga mos keluvchi fanga ega bo‘ladi.  
Tadqiqotchilar fanning «tashqi» va «ichki» ijtimoiyligiga ishora qiladilar
7
. Fanga 
nisbatan  siyosatni,  uning  rivojlanishini  quvvatlash  yoki  tiyib  turish  usullarini 
belgilovchi  u  yoki  bu  tipdagi  jamiyat  va  davlat  faoliyatining  ijtimoiy-iqtisodiy, 
mafkuraviy va ma’naviy omillariga bog‘liqlik fanning «tashqi» ijtimoiyligini tashkil 
etadi. Olimning fikrlash va o‘z qobiliyatini namoyon etish uslubini boyituvchi ilmiy 
hamjamiyat va ayrim olimlar ichki mental mo‘ljallari, me’yorlari va qadriyatlarining 
ta’siri, davr xususiyatlariga bog‘liqlik «ichki» ijtimoiy haqidagi tasavvurni tashkil 
etadi.  
Fan taraqqiyoti nima bilan belgilanadi, degan savolga javob izlashda nafaqat fan 
va ishlab chiqarishning munosabatlarini, balki boshqa ko‘plab omillarni ham qayd 
etish lozim. Ular orasida institutsional, intellektual, falsafiy, diniy va hatto estetik 
omillar bor. Shu sababli sanoat inqilobi, iqtisodiy o‘sish yoki tanazzul, barqarorlik 
yoki  beqarorlikning  siyosiy  omillari  ijtimoiy  ongning  boshqa  shakllari  tizimida 
fanning mavjudligini ko‘p jihatdan belgilovchi omillar sifatida tushunilishi lozim.  
Ijtimoiy-madaniy  hodisa  sifatida  tushuniladigan  fan  sivilizatsion  rivojlanish  tipi 
bilan  taqqoslashni  nazarda  tutadi.  A.Toynbi  taklif  qilgan  tasnifga  ko‘ra 
sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalarning ikki 
xili:  an’anaviy  va  texnogen  sivilizatsiyalarni  hisobga  olib,  umumiy  sivilizatsion 
farqlashni  taklif  qiladi.  Texnogen  sivilizatsiyalar  XV-XVII  asrlarda  Yevropa 
mintaqasida  texnogen  jamiyatlar  paydo  bo‘lishi  munosabati  bilan  yuzaga  kelgan. 
Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, 
texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.  
Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich:
 oldindustrial, industrial 
va  postindustrial  bosqichlardan  o‘tadi.  Texnika  va  texnologiyaning  rivojlanishi 
uning  muhim  ko‘rsatkichiga  aylanadi.  Rivojlanishning  texnogen  tipi  –  bu  tabiiy 
muhitning  jadal  sur’atlarda  o‘zgarishi,  uning  odamlar  ijtimoiy  aloqalarining  faol 
o‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal 
ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy an’analarning 
halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati maydoniga aylanadi. Inson 
o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi. 
«Kuch» tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan 
kelib chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va h.k. 
An’anaviy  va  texnogen  jamiyatlarda  shaxs  erkinligi  muammosiga  nisbatan 
munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs erkinligi umuman xos emas, 
                                                 
7
 Қаранг: Торосян В.Г. Концепции современного естествознания. – Краснодар, 1999. – 16-б.  


shaxs  imkoniyatlarini  faqat  muayyan  korporatsiyaga  mansublik  orqali,  korporativ 
aloqalar elementi sifatida ro‘yobga chiqarish mumkin.  
Texnogen  jamiyatda  har  xil  ijtimoiy  birliklar  va  madaniy  an’analar  bilan  o‘zaro 
munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs erkinligi himoya qilinadi. Inson 
faol  mavjudot  sifatida  tushuniladi.  Uning  faoliyati  ekstensiv  bo‘lib,  sirtga,  tashqi 
dunyo  va  tabiatni  bo‘ysundirish  va  o‘zgartirishga  qaratiladi.  Biroq  tabiat  har  xil 
texnogen mashg‘ulotlar uchun tubsiz rezervuar bo‘lishi mumkin emas, chunki inson 
faoliyati azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish