sodda tipi. Unda suvni karbonat kislota bilan to‗yintirish suvning hammasini
aralashtirgich yordami- da va ma‘lum bosim ostida karbonat angidrid bilan
mexanik aralashtirish prinsipiga asoslangan. Orlov mashinasozlik za- vodida
ishlab chiqarilgan S-30 markali saturator ana shu tip- ga kiradi . Hozir bu saturator
List
Avtomatlashtirishning umumiy sxemasining tavsifi
eskirib qolgan, uning o‗rniga avtomatik saturatorning SND markadagi yangi turi
ishlab chiqariladi .
SND tipdagi avtomatik saturator (umumiy ko‗rinishi):
1 — rezervuar; 2 — saturatsiya kolonkasi; 3 — stansiya; 4 — SO
2
uchun
shtu- tser; 5 — SO
2
barbotyori; 6 — aralashtirgich; 7 — havo yo‗li; 8 — dastlabki
suv shtutseri; 9 — nazorat stakani; 10 — gazlangan suv chiqadigan joy; 11 — iflos
suv shtutseri; 12 — vozdushnik; 13 — predoxranitel klapani.
Saturatorning silindr korpusi elektromotor bilan ishlaydigan aralashtirgich
bilan ta‘minlangan.Saturatorning staninaga o‗rnatilgan korpusiga sopol halqali,
nasadkali kichik suv purkash kolonkasi joylashtirilgan.Gazlash jarayoni unda
quyidagicha boradi. Suv bosim ostida purkash kolonkasining yuqori qismiga bo-
radi, barbotyor yordamida changsimon qilib purkaladi va tomchi shaklida
nasadkaga tushadi, u yerdan yupqa plyonka bo‗lib pastga oqib tushadi. U yuqoriga
ko‗tarilayotgan karbonat angidrid bilan uchrashib to‗yinadi va saturatorning
korpusiga oqib kiradi. Bu yerda suv ikkinchi bosqich gazlanadi — barbotirlanish
yordamida to‗yinadi. Karbonat angidrid barbotyorlar orqali saturator korpusiga
kirib, suvning butun qatlamiga singadi, bunda aralashtirgichda jadal aralashtirib
S-30 markadagi saturator:
I — tayyor mahsulot; II — karbonat angidrid; III — halqalar qavatining ba-
landligi; IV — rashiga; V — havo; VI — namuna.
List
Avtomatlashtirishning funktsional sxemasining tavsifi
turiladi, shunda suv ko‗p va yaxshi to‗yinadi. Bu jarayonda suvdan havo ajralib
chiqadi. Havo karbonat angidriddan yengil bo‗lganligi uchun yuqoriga ko‗tarilib,
suv purkash kolonkasining yuqori qismida, ya‘ni karbonat kislota uchida
to‗planadi, u yerdan vaqti-vaqtida havoga chiqarib yuboriladi.
Karbonat kislotaning erimagan qismi yuqoriga, ya‘ni saturator korpusining
bo‗sh joyiga ko‗tariladi, nasadkadan o‗tib, suvning yupqa (nozik) plyonkalarini
ikkinchi marta to‗yintiradi. Gazning suvda erimay qolgan qismi suv purkash
kolonkasi qal- poqchasining pastida to‗planadi va havo bilan tashqariga chiqa- rib
yuboriladi.
SND markadagi saturator S-30 saturatordan farq qilib, suv berish avtomatik
boshqariladi va elektrodvigatel bilan ta‘minlangan. Unda aralashtirgich
konstruksiyasi ancha yaxshilangan.Satu- rator suvni changlatib purkash uchun
to‗rtta forsunka bilan ta‘minlangan. Suv nasadka bo‗ylab bir tekis taqsimlanishi
uchun uning yuqorisiga katak (reshetka) o‗rnatilgan. Suvni tanlash (tekshirish)
uchun suv chiqariladigan havo naychasiga suvli yoki ohak eritmasi quyilgan
stakan o‗rnatilgan bo‗ladi. Saturator butunlay zanglamaydigan po‗latdan yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: