O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Faoliyat ko‘lami 

(ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot 

hajmi,  kapital  miqdori,  xodimlar  soni  va  boshqalarga  ko‘ra)dan 

kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar yirik, o‘rta va kichik kabi 

tiplarga  bo‘linadi.  Korporativ  tuzilmaning  katta-kichikligi  talab 

qilinadigan  moliyaviy  resurslar  miqdoriga  va  moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyati 

rang-barangligiga, 

moliyaviy 

boshqaruvni 

amalga 

oshirishning  tashkiliy  shakllariga,  shuningdek  uning  ixtisoslashuv 

darajasiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Milliy  amaliyotda  ayni  paytda 

qonunchilik  asosida  yirik  va  kichik  tipdagi  korporativ  tuzilmalar 

faoliyat  ko‘rsatatganligini  ta’kidlashimiz  lozim.  Fikrimizcha, 

korporativ tuzilmalar taraqqiyoti bo‘yicha xalqaro tajribalar asosida, 

shuningdek  korporativ  tuzilmalarning  rivojlanish  bosqichlarini 

inobatga  olgan  holda  o‘rta  tipdagi  korporativ  tuzilmalar  faoliyati 

bo‘yicha  ham  qonunchilikka  qo‘shimchalar  kiritish  maqsadga 

muvofiq. 



Rivojlanish  bosqichlari 

yoki 


hayotiy  tsikl  fazalari 

bo‘yicha 

korporativ  tuzilmalar  “yangi  tashkil  etilgan”,  “o‘sishda  davom 

etayotgan”,  “rivojlanishning  yuqori  darajasiga  chiqqan”  va 

“rivojlanishdan  to‘xtagan”  korporativ  tuzilmalarga  bo‘linadi. 

Rivojlanish  bosqichlariga  bog‘liq  holda  korporativ  tuzilmalar 

moliyalashtirish  bo‘yicha  turli  xil  talabga,  kapital  jalb  qilish 



 

259 


bo‘yicha  turli  xil  imkoniyatlarga,  turli  xil  risklilik  darajalariga  ega 

bo‘ladi.  “Yangi  tashkil  etilgan”  va  “o‘sishda  davom  etayotgan” 

korporativ  tuzilmalarda  katta  miqdorda  moliyaviy  resurslar  talab 

qilinadi.  Bunday  korporativ  tuzilmalar  moliyaviy  resurs  jalb  qilish 

bo‘yicha  agressiv  moliyaviy  siyosatni  amalga  oshiradilar,  olingan 

daromadlarni to‘liqligicha yoki katta qismini biznesga reinvestitsiya 

qiladilar. 

“Rivojlanishning 

yuqori 

darajasiga 

chiqqan” 

va 


“rivojlanishdan  to‘xtagan”  korxonalarda  esa  moliyaviy  resurslarga 

bo‘lgan talab ma’lum bir darajada barqarorlashadi va bu jarayonda 

ularning  katta  qismi  o‘z  mablag‘lari  hisobiga  qoplanadi.  Aniq  bir 

korporativ tuzilmaning rivojlanish bosqichlari xususiyatlarini bilish 

va  uni  hisobga  olish  korporativ  moliyani  samarali  tashkil  etish  va 

amalga oshirish imkonini beradi. 

Tadbirkorlik  faoliyati  turli  xil  tashkiliy-huquqiy  shakllarda 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Tashkiliy-huquqiy  shakl  korporativ 

tuzilma  mulkdorlari  va  menejerlari  tomonidan  belgilab  olinadigan 

rivojlanish  strategiyasi,  investitsiyalarni  jalb  qilish  manbalari  va 

shakllari,  daromadlarni  taqsimlash  va  reinvestitsiyalash  rejalari, 

soliqqa tortish tartiblaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Biznesni 

tashkil  etishning  tashkiliy-huquqiy  shakllari  sifatida  mamlakati-

mizda  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlar,  xususiy  korxonalar, 

oilaviy  korxonalar,  aksiyadorlik  jamiyatlari  kabilar  keng  qo‘llanilib 

kelinmoqda  va  ulardagi  moliyaviy  boshqaruv  mexanizmi  daromad-

larni  taqsimlash,  majburiyatlar  bo‘yicha  javobgarlik,  risklarning 

taqsimlanishi, biznes ustidan nazoratni amalga oshirish, mulkchilik 

huquqining  boshqa  shaxsga  o‘tkazilishi,  moliyaviy  resurslarni  jalb 

qilish imkoniyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 

Xususiy  va  oilaviy  korxonalarda,  umuman  kichik  biznes 

korxonalarida moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan 

amalga oshiriladi. 

Katta  bo‘lmagan  korxonalarda  moliyaviy  boshqaruv  funksiya-

lari buxgalteriya yoki uning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan moliya 

yoki  reja-moliya  bo‘limiga  yuklatiladi.  Natijada  moliyaviy  faoliyatni 

umumiy boshqarish bosh hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va 

u bir vaqtning o‘zida moliyaviy direktor hisoblanadi. 

Faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish natijasida ixtisoslashgan 

bo‘linmalar  soni  o‘sishi  va  ularning  funksiyalari  kengayib  borishi 




 

260 


sababli  moliyaviy  boshqaruv  tashkiliy  tuzilmasi  murakkablashib 

boradi.  Rivojlangan  davlatlardagi  o‘rta  va  yirik  korporativ  tuzil-

malarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-

prezident  tomonidan  boshqariladigan  maxsus  xizmat  tashkil 

etilgan. Mazkur xizmat o‘z tarkibiga bir nechta tegishli bo‘linmalarni 

qamrab oladi. Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining 

namunaviy tuzilmasi quyidagi rasmda keltirilgan (12.5-rasm). 

 

 



 

12.5-rasm. 




Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish