JAMI:
659
100,0
30463,5
100,0
66
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari asosida tuzildi.
251
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat
ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi
Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3
milliard so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar
chiqarilgan. Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga
to‘g‘ri keladi.
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtayi nazaridan
investitsiya institutlari
, xususan investitsiya va pay fondlari bilan
munosabatlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini
jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida
aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs –
aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”
67
. Keltirilayotgan
ta’rifdan ham ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita
qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi va korporativ
qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi.
Milliy
qonunchiligimizga
ko‘ra,“aksiyadorlik
jamiyatlari,
banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari,
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik
va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya
fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish
manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish
byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari,
fond va tovar birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan
o‘tishi kerak”
68
. Shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda
ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati
davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga
kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda
auditorlik xulosasi talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va
auditorlik tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy
munosabatlar o‘z-o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan
67
O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda.
68
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
252
xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali
qo‘yilgan maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish
uchun xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy
munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va
taklif asosida shakllanadi. Shuningdek ma’lum bir holatlarda
aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari
tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari
davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri
keladi. Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash
tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar
ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini
baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi
kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish
orqali amalga oshiriladi”
69
. Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka
ko‘ra, “Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk
huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb
etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat
tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga
topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati
aniqlanayotganda; baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida
foydalanayotganda; baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga
shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda; baholash obyektlari
bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz
kechilayotganda; baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav
fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida
nizo
chiqqan
taqdirda
ham,
shu
jumladan
mol-mulk
natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda;
taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki
bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun
sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy
69
O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
253
to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda
majburiydir”
70
, deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ
tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini
baholash yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi.
Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki
qimmatli qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda
ham namoyon bo‘ladi.
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning
tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga
yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin.
Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati
cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan
samarali bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq
imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq
xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu
haqda to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari,
yuridik
xizmatlar
ko‘rsatuvchi
subyektlar,
ilmiy
tadqiqot
muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy hamda bozor
infratuzilmalari subyektlari bilan ham moliyaviy munosabatlarga
kirishishlari mumkin.
Bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlarda birla-
shishlar va qo‘shib olishlar operatsiyalari xalqaro miqyosda keng
qo‘llanilib kelinayotgan amaliyotlardan biri ekanligidan kelib
chiqqan holda mazkur masalaga e’tibor qaratishni maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotda har qanday korporativ
tuzilma rivojlanish strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi
doirasida yoki boshqa mustaqil iqtisodiy subyektlar bilan birlashish
orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi. Shu boisdan korporativ
birlashishlar va qo‘shib olishlar bugungi kunda korporativ
moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi.
Bunda bir kompaniya tomonidan boshqa bir kompaniya ustidan
nazorat o‘rnatilishi natijasi hisoblangan qo‘shib olish operatsiyalari,
70
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda.
254
shuningdek
ikki yoki undan ortiq kompaniya yanada yirikroq
kompaniyani tashkil etish maqsadida o‘zaro birlashishlari hisobiga
yangi kompaniyalar faoliyati tashkil etilishi kabilarni alohida qayd
etib o‘tishimiz mumkin. Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali
yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo‘shimcha
elementlarni birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompa-
niyaning strategik ustunligini ta’minlashdan iborat. Moliyaviy
jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada
raqobatbardosh bo‘lgan kompaniyani tashkil etish maqsadida
nisbatan kuchsiz bo‘lgan kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib olishga
harakat qiladi. Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga
ega kompaniyalar bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish yoki o‘z
samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro birlashadilar. Keltirib
o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar
ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali
qo‘shib olishlariga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat
muhitida o‘zlarining mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga
ko‘zlari yetmaydi. Korporativ birlashish va qo‘shib olish
operatsiyalari aniq hisob-kitoblarga qat’i ravishda asoslanishini
ham
unutmaslik
lozim.
Chunki
bunday
operatsiyalar
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi natijasida biznesning tugatilish
holatlari ham ko‘p uchraydi.
Korporativ tuzilma pul mablag‘laridan samarali foydalanish
maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul
fondining o‘z maqsad va vazifalari belgilanadi. Pul fondlarini
shakllantirish orqali korporativ tuzilma o‘z faoliyatini kerakli
mablag‘lar bilan ta’minlashga intiladi, faoliyatini kengaytirib boradi;
pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi;
ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani
o‘zlashtiradi va joriy etadi; subyektlarni iqtisodiy rag‘batlantiradi;
byudjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |