huquqiy ta’minot
doirasida amalga oshiriladi. Bunda
huquqiy ta’minotga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
Kodekslari,
qonunlari,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, vazirlik
va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek aniq
bir korporativ tuzilmaning ish faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis
hujjatlari, nizomlar va yo‘riqnomalar kiradi. Bunda moliyaviy
qonunchilikdan, xususan soliq qonunchiligidan o‘z vaqtida xabar-
dor bo‘lish moliyaviy qarorlar qabul qilishda va majburiyatlarni
bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korporativ moliyani boshqarish tizimining samarali ishlashi
tashkiliy ta’minot
ga ham bog‘liq bo‘lib, bunda boshqaruvning
tashkiliy mexanizmi, shuningdek tegishli xizmat, bo‘linma va
alohida mutaxassislarning funksiya va vazifalari doirasi nazarda
tutiladi. Shu o‘rinda soliqlar bo‘yicha mas’ul bo‘linmalarning
faoliyat yuritishi bir tomondan majburiyatlarga o‘z vaqtida e’tibor
qaratish imkonini bersa, boshqa tomondan qo‘shimcha xarajatlarga
ham olib keladi.
Korporativ moliyani boshqarishning
metodik ta’minoti
asosini
moliyaviy
resurslarni
samarali
boshqarishga
qaratilgan
umumiqtisodiy, analitik va maxsus usullar, metodlar va modellar
majmuasi tashkil etadi.
Korporativ moliyani boshqarish tizimining markaziy bo‘g‘ini
kadrlar ta’minoti
hisoblanadi. Bunda moliyaviy menejerlar,
menejerlar va boshqalar moliyaviy resurslarni maqsadli boshqarish
yuzasidan maxsus usullar, metodlar va instrumentlardan keng
foydalanadilar.
Moliyaviy qarorlar qabul qilish boshqaruvchilarning zarur
axborotlar ta’minlanish darajasiga beovosita bog‘liq. Bunday
257
axborotlarning o‘z vaqtida olinishi, to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi
hozirgi kun biznes muvaffaqiyatiga xizmat qiluvchi eng asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Yuqoridagilar asosida ta’kidlashimiz
mumkinki, korporativ moliyani boshqarish tizimining muhim va
ajralmas elementi biznesning
axborot ta’minoti
dir.
Korporativ moliyani boshqarishda keng ma’noda axborot
ta’minotiga
moliyaviy
qarorlarni
qabul
qilish
jarayonida
foydalaniladigan har qanday axborotni kiritish mumkin. Bunda
foydalaniladigan axborotlar shakllanish manbalaridan kelib
chiqqan holda ichki va tashqi axborotlarga bo‘linadi. Ichki
axborotlar korporativ tuzilma faoliyat yuritishi jarayonida uning
turli bo‘linmalari buxgalteriya, rejalashtirish, ishlab chiqarish
bo‘limi, investitsiya, moddiy-texnik ta’minot, savdo, marketing va
boshqalardan olinadigan axborotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday
axborotlar korporativ tuzilma ichida yuzaga kelishi, amal qilishi va
foydalanilishi sababli moliyaviy menejerga ulardan doimiy ravishda
to‘liq va batafsil tarzda foydalanish imkoniyati taqdim etilishi lozim.
Axborotlarning miqdori, shakli, qamrov va batafsillik darajasi
hamda olinish davriyligi aniq bir korporativ tuzilma ish faoliyatini
tartibga soluvchi tegishli nizom va yo‘riqnomalar asosida
belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi aksiyadorlik
jamiyatlarida ichki axborotlar va ulardan foydalanish bo‘yicha
“Axborot siyosati to‘g‘risida” Nizom amal qilib kelayotganligini ham
shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozim.
Fikrimizcha, ichki axborotlar moliyaviy boshqaruv uchun
so‘zsiz muhim bo‘lgan bir paytda bozor iqtisodiyoti sharoitida
xo‘jalik obyektining samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p
jihatdan ularning tashqi muhitga moslashuvchanlik qobiliyati bilan
ham belgilanadi. Bunda bozor kon’yunkturasi, mol yetkazib
beruvchilar, xaridorlar, raqobatchilar, foiz stavkalari, soliq
stavkalari (umuman soliqlar bo‘yicha), makroiqtisodiy indikatorlar,
qimmatli qog‘ozlar kotirovkalari, moliyaviy qonunchilikdagi
o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar moliyaviy menejer faoliyati uchun
axborotga bo‘lgan talabda sezilarli darajada yuqori ulushga egaligini
ham qayd etib o‘tishimiz lozim.
Bunday axborotlarni olishning qulayligi, obyektivligi va o‘z
vaqtida amalga oshirilishi mavjud axborot bozori va uning
258
infratuzilmasi rivojlanish darajasiga, shuningdek foydalaniladigan
texnik ta’minot va moliyaviy menejerlarning axborot texnologiyalari
sohasidagi kasbiy tayyorgarlik holatiga ham bog‘liqdir.
Korporativ moliyani boshqarishning texnik ta’minotini
axborotlarni yig‘ish, uzatish va qayta ishlash jarayonini maksimal
darajada to‘g‘ri tashkil etish va optimallashtirish imkonini beruvchi
zamonaviy hisoblash va telekommunikatsion texnika vositalari
tashkil etadi. Bunda dasturiy ta’minot orqali korporativ tuzilma
texnik
majmuasining
faoliyat
yuritishi,
kompyuterlardan
foydalanuvchilar o‘zaro aloqasi va funktsional masalalarni hal qilish
ta’minlanadi.
Soliqlar
bo‘yicha
dasturiy
ta’minotlarning
mukammalligi esa ish jarayoni samaradorligini yanada oshiradi.
Faoliyat ko‘lami, mulkchilik shakllari, rivojlanish bosqichlari
va faoliyat turlariga bevosita bog‘liq holda korporativ moliyani
boshqarish tizimi yetarli darajada murakkab tuzilmaga ega bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |