249
filiallar
tashkil etishga e’tibor qaratadilar. Bunday tarkibiy
bo‘linmalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq
moliyaviy munosabatlar ham korporativ moliyaviy munosabatlarda
foydani maksimallashtirib borish hamda mulkdorlar moddiy
farovonligini oshirib borish nuqtayi nazaridan alohida e’tibor talab
qiladi.
Bizga ma’lumki, milliy amaliyotda korporativ tuzilmalarning,
ayniqsa aksiyadorlik jamiyatlarining
yuqori turuvchi tashkilotlar
(xo‘jalik birlashmalari, xoldinglar, kompaniyalar, uyushmalar,
kontsernlar va hokazo) bilan bevosita bog‘liq holda faoliyat
ko‘rsatishi keng qo‘llaniladi. Bunda xoldinglar aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketiga bevosita egalik qiladi va
natijada moliyaviy qarorlar qabul qilish bevosita xolding qarori
asosida tashkil etiladi.
Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini
tijorat
banklari
siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini
bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha subyektlarni o‘z ishlarini qayta
tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga
da’vat etuvchi omil bo‘lishi darkor”
64
.
Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-
kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida
kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni
ham ko‘rsatadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra “Sug‘urta deganda yuridik yoki
jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek
sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul
fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda
ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta
tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini
himoya qilish tushuniladi”
65
. Shundan kelib chiqqan holda
sug‘urta
kompaniyalari
korporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni boshqarishda muhim ahamiyat
kasb etishi bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion
64
Каримов И.А. Банк тизими, пул муомаласи, кредит, инвестиция ва молиявий бар
қ
арорлик
тў
ғ
рисида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2005. – 386-бет. (528)
65
Ўзбекистон Республикаси “Су
ғ
урта фаолияти тў
ғ
рисида”ги
Қ
онуни, 3-модда.
250
institut ham hisoblanadi va moliya bozori orqali korporativ
tuzilmalarga investitsiya kiritadi.
Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
va ularni joylashtirish
fond birjalari
orqali amalga amalga oshiriladi.
Bunda investorlar bevosita fond birjalarida joylashtirilgan
korporativ qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish orqali korporativ
tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan
tashqari fond birjasi ham aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
Shu
o‘rinda
mamlakatimizda
faoliyat
ko‘rsatayotgan
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan fond bozori orqali aksiyalar
muomalasi tashkil etilganligi, shuningdek tor doirada korporativ
obligatsiyalar muomalasi mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2017-yil 1-
yanvar holatiga 30463,5 milliard so‘mlik aksiyalar muomalaga
chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin (12.1-jadval).
12.1-jadval
Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
66
№
Hududlar
Aksiyadorlik jamiyatlari
Chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar hajmi
Soni
Jamiga
nisbatan
foizda
Milliard
so‘mda
Jamiga
nisbatan
foizda
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
22
3,34
70,6
0,2
2 Andijon
43
6,53
662,9
2,2
3 Buxoro
38
5,77
124,1
0,4
4 Jizzax
18
2,73
306,8
1,0
5 Qashqadaryo
47
7,13
181,5
0,6
6 Navoiy
22
3,34
833,5
2,7
7 Namangan
29
4,40
151,4
0,5
8 Samarqand
32
4,86
90,8
0,3
9 Surxondaryo
23
3,49
54,4
0,2
10 Sirdaryo
17
2,58
172,2
0,6
11 Toshkent viloyati.
49
7,44
1110,5
3,6
12 Farg‘ona
46
6,98
435,8
1,4
13 Xorazm
29
4,40
79,9
0,3
14 Toshkent shahri
244
37,03
26189,3
86,0
Do'stlaringiz bilan baham: