O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

11.2. Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining  

o‘ziga xos xususiyatlari 

 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuv 

darajasi  keskin  qisqarib  borishiga  qaramasdan,  butunlay  barham 

topmaydi.  Ya’ni  bozor  iqtisodiyoti  yuqori  darajada  rivojlangan 

mamlakatlarda  ham  iqtisodiyotning  ma’lum  bir  soha  va 

tarmoqlarida davlat o‘z ulushini saqlab qolganligiga bugungi kunda 

ham  guvoh  bo‘lmoqdamiz.  Umumiy  olganda  korporativ  boshqaruv 

modellari  xususiyatlari,  mamlakatlarning  rivojlanish  xususiyat-

laridan  kelib  chiqqan  holda  iqtisodiyotda  davlat  ulushi  darajasi 

xorijiy  davlatlarda  turlicha  ekanligini  ham  shu  o‘rinda  qayd  etib 

o‘tish  lozim.  Har  bir  davlatning  korporativ  tuzilmalardagi  ulushi 

darajasi  ko‘p  jihatdan  ijtimoiy-iqtisodidiy  taraqqiyotga  ta’sir 

ko‘rsatish  zarurati  bilan  o‘zaro  bog‘liq  hisoblanadi.  Bunda  albatta 

ma’lum  bir  maqsadlar  belgilab  olinadi.  Davlat  ishtirokidagi 

aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ  boshqaruv  amaliyoti  xususiy 

korporativ  tuzilmalardagi  korporativ  boshqaruv  amaliyotidan 

ma’lum  bir  xususiyatlariga  ko‘ra  farq  qiladi.  Yuqoridagilar  asosida 

quyida  davlat  ulushi  mavjud  aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ 

boshqaruv  xususiyatlari,  davlatning  korporativ  boshqaruvdagi 

ishtirokidan asosiy maqsadi va vazifalari, oltin aksiya amaliyotining 

qo‘llanish  tartibi,  mamlakatimizdagi  aksiyadorlik  jamiyatlari 

faoliyatida davlat ishtiroki tahlilini ko‘rib chiqamiz. 

Davlatning  korporativ  tuzilmalar  faoliyatidagi  ishtiroki 

quyidagi ikkita yo‘nalish asosida ko‘zga tashlanadi: 

Birinchidan, korporativ boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-

huquqiy  hujjatlarni  qabul  qiladi  va  korporativ  tuzilmalarning 

faoliyati  davomida  qonunchilikda  belgilab  qo‘yilgan  talablarning 

bajarilishi  holatini  nazorat  qilib  boradi.  Mazkur  jihat  barcha 

mamlakatlar tajribasida qo‘llaniladi. 

Ikkinchidan, davlat korporativ boshqaruv amaliyotida bevosita 

ishtirok  etadi  va  aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatiga  doir  qarorlar 

qabul  qilishga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Bunda  davlat  ustav 




 

225 


kapitalidagi ma’lum bir ulushga egalik qilish orqali mulkdor sifatida 

ishtiroki kun tartibiga chiqadi. 

Umuman davlatning korporativ boshqaruvda bevosita ishtiroki 

quyidagilar asosida amalga oshiriladi: 

-  aksiyadorlik  jamiyati  ovoz beruvchi  aksiyalariga to‘liq egalik 

qilish.  Shuningdek  faqat  davlat  tomonidan  ustav  kapitalini  to‘liq 

shakllantirish  amaliyoti  asosida  ham  davlatning  korporativ 

boshqaruvdagi  ishtiroki  kuzatiladi.  Bunda  davlat  aksiyadorlik 

jamiyatida  yagona  aksiyador  sifatida  faoliyat  yuritadi  va  yakka 

tartibda  qarorlar  qabul  qiladi.  Mazkur  amaliyot  mamlakatimizdagi 

aksiyadorlik jamiyatlarida ham kuzatiladi; 

-  aksiyadorlik  jamiyatlari  aksiyalar  nazorat  paketiga  egalik 

qilish.  Mazkur  holatda  davlat  yirik  aksiyador  sifatida  maydonga 

chiqadi  va  birinchi  navbatda  davlat  manfaatlarini  ko‘zlab  faoliyat 

yuritadi.  Ya’ni  boshqa  aksiyadorlarning  qarorlar  qabul  qilishga 

ta’siri nisbatan past bo‘ladi;  

11.1-jadval 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish