220
guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruh: davlat ulushiga ega
korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar, ikkinchi guruh: davlat ulushiga ega bo‘lmagan
korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar.
Davlat ulushiga ega korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi
o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimining tarkibiy qismi sifatida bir
tomondan ushbu turdagi korporativ tuzilmalar tomonidan
davlatning turli darajadagi byudjetlariga soliqlar, majburiy
ajratmalar, dividendlar va boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larning
yo‘naltirilishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni, boshqa
tomondan davlat ushbu turdagi korxonalarning egasi sifatida uning
taraqqiyoti uchun turli imtiyozlar, byudjetdan turli maqsadlar
uchun turli ko‘rinishdagi mablag‘lar, xususan, pul mablag‘lari,
asosiy vositalar, investitsiyalar yo‘naltirish bilan bog‘liq moliyaviy
munosabatlarni keltirishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki,
davlat ulushiga ega korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro
moliyaviy munosabatlar ko‘lami mustaqillik yillarida davlat
mulkining xususiylashtirilib kelinayotganligi sababli kamayib
borayotganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu ilmiy qarashlarimizning
birgina tasdig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2015-yil 24-apreldagi PF-4720 sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq 2015-yil 1-iyulidan
aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav
kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar “davlat” so‘zidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik belgilanganligini keltirishimiz
mumkin.
Ikkinchi guruhga mansub korporativ tuzilmalar va davlat
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar ham umumiy moliya
tizimining muhim va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu
moliyaviy munosabatlar tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida,
davlat byudjetiga soliqlar va majburiy ajratmalarning borib tushishi
va davlat tomonidan korporativ moliya subyektlariga turli imtiyozlar
taqdim etilishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar kiritiladi.
Bundan tashqari ushbu moliyaviy munosabatlar tizimiga davlat
qimmatli qog‘ozlarining oldi-sotdisi, korporativ tuzilmalar taraq-
221
qiyoti uchun davlat investitsiyalarining kiritilishi, eksport-import
operatsiyalarida davlatning ishtiroki, valyuta operat-siyalarining
tartibga solinishi, korporativ tuzilmalar faoliyat va sohalariga
qonunchilik orqali o‘zgartirishlar, cheklashlar yoki ta’qiqlashlar
kiritilishi, davlat mulkining ijaraga berilishi yoki xususiylashtirilishi
kabilar bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni ham kiritish
maqsadga muvofiq.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimining samarali tashkil etilishi, ayniqsa
korporativ moliya subyektlari tomonidan puxta o‘ylangan
qarorlarning qabul qilinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan barcha moliyaviy
muammolarni hal etishda korporativ tuzilma egalari, davlat
ulushiga ega korxonalarda esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
moliyaviy tangliklarni bartaraf etishda korporativ tuzilma egalari
qatorida davlat ham ishtirok etadi.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti
sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, korxonalar va davlat
o‘rtasidagi soliq munosabatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish
maqsadga muvofiq. Korxonalar va davlat o‘rtasidagi soliq
munosabatlari korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan
tushumdan tortib, to sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va
majburiy ajratmalar to‘lanishi bilan xarakterlanadi (11.2-rasm).
Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlarni tadqiq etishda soliqlar va investitsiyalar bilan
bog‘liq moliyaviy munosabatlarga e’tibor qaratilgan.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti
sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, soliq munosabatlari
to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Davlat va
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi soliq munosabatlari moliyaviy
natijalar shakllanishi nuqtayi nazaridan qaralganda korporativ
tuzilmalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumdan tortib, to
sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda davlat byudjeti va
222
byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va majburiy ajratmalar
to‘lanishi bilan xarakterlanadi (2-rasm).
11.2-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: