O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

 

11.3. Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda  



qo‘llanilish xususiyatlari 

 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korporativ  tuzilmalar  va  davlat 



o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etishning biror bir ideal modeli 

mavjud emas. Shuning uchun ham rivojlangan bozor iqtisodiyotiga 

ega  davlatlarda  ham  davlat  tomonidan  tartibga  solish  amal  qilib 

kelmoqda.  Bunda  davlat  ulushi  bilan  birga  mahalliy  hokimiyatlar 

ulushini ham strategik ahamiyatga ega yirik korporativ tuzilmalar 

ustav  kapitaliga  kiritish  orqali  davlat  ishtirokini  ta’minlash 

amaliyoti  xorijiy  mamlakatlarda  keng  qo‘llaniladi  va  bu  jihat 

korporativ  boshqaruvda  muhim  ahamiyatga  ega  hisoblanadi. 

Korporativda davlat ishtiroki oltin aksiya amaliyotini qo‘llash orqali 

ham amalga oshiriladi. 

Oltin  aksiya  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlarida  davlat 

boshqaruvini saqlab qolish vositasi bo‘lib, davlat vakilining alohida 

huquqlarga  ega  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Oltin  aksiya  davlat 

tomonidan  kompaniyalarni  moliyalashtirish  va  daromad  olish 

vositasi  hisoblanmaydi.  Bu  jihat  o‘z-o‘zidan  oltin  aksiyaning 

sotilmasligini ifodalaydi. Bunda kompaniya aksiyalarining ma’lum 

paketiga ega sifatida davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida, 

kuzatuv  kengashida  hal  qiluvchi  ovozga  ega  bo‘ladi.  Mazkur  jihat 

o‘z  navbatida  mamlakat  iqtisodiyoti  va  jamiyat  manfaatlarini 

himoya  qilishga  xizmat  qiladi.  Oltin  aksiya  amaliyoti  xorijiy 

mamlakatlar  amaliyotida  keng  qo‘llanilmoqda  va  bu  amaliyot 

o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. 

Oltin  aksiya  amaliyotini  qo‘llash  nazariy  jihatdan  davlat 

vakilining korporativ  tuzilmada  strategik  muhim qarorlarni  ishlab 

chiqishda  va  qabul  qilishda  ishtirok  etish,  tashkilot  faoliyatini, 

uning  rentabellik  ko‘rsatkichlarini  va  o‘sish  sur’atlarini  nazorat 

qilib borish kabilarni nazarda tutadi. 

Oltin  aksiyaning  xorijiy  davlatlarda  qo‘llanilishi  korxonalarni 

rivojlantirishni boshqarib borishda ishonchli vosita sifatida yuzaga 



 

230 


chiqdi.  Bu  amaliyot  o‘tish  iqtisodiyoti  mamlakatlarida  keng 

qo‘llanilib  kelinayotganligiga  qaramasdan,  Evropa  mamlakatlarida 

ham  kuzatilishini  alohida  ta’kidlash  lozim.  Umuman  oltin  aksiya 

amaliyotining  asoschisi  Margaret  Tetcher  hisoblanadi  va  u  XX 

asrning  80-yillarida  Buyuk  Britaniyada  xususiylashtirilgan 

korporativ  tuzilmalarni  boshqarishda  mazkur  amaliyotni  birinchi 

faol  tarzda  qo‘llagan.  Margaret  Tetcherning  bu  islohoti  nihoyatda 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirilgach,  bir  necha  yil  o‘tib  butun 

Evropani  qamrab  oladi.  Shuni  qayd  etish  kerakki,  Britaniyada 

oltin aksiya amaliyoti tashkiliy masalalarda aralashuvdan tashqari 

kapitalni  boshqarishda,  foydani  taqsimlashda  ham  davlatning 

bevosita ishtirokini nazarda tutgan. 

Oltin 

aksiyaning 



qo‘llanilishi 

yangi 


tashkil 

etilgan 


kompaniyalar  rivojlanishiga  davlat  aralashuvining  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatishi,  korporativ  huquqning  buzilishiga  olib  kelishi  tufayli 

2008-yilda  Yevropa  arbitraj  sudi  mazkur  amaliyotni  bekor  qilish 

bo‘yicha  qaror  qabul  qildi.  Chunki  Yevropaning  rivojlangan 

davlatlaridagi  kompaniyalar  aksiyadorlari  tomonidan  ilgari 

surilgan  har  tomonlama  asosli  ko‘plab  qarorlar  qabul  qilinishi 

davlat vakili tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi aksiyadorlarning keskin 

noroziligiga olib kelgan edi. Aynan  keltirilgan  jihat  sabab  Yevropa 

ittifoqiga  a’zo  davlatlarda  bu  amaliyot  bekor  qilindi.  Ayni  paytda 

mazkur  amaliyot  Yevropa  ittifoqi  mamlakatlari,  Rossiya, 

Qozog‘iston  va  boshqa  davlatlarda  eng  muhim  strategik 

kompaniyalardagina qo‘llanilmoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007-yil  20-iyuldagi 

PF-3897-sonli  «Iqtisodiyotning  strategik  tarmoqlari  korxonalarini 

xususiylashtirish  jarayonlarini  chuqurlashtirishga  doir  qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida» Farmoni  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 

Vazirlar  Mahkamasining  2007-yil  24-iyuldagi  151-sonli  “Davlat 

tomonidan  aksiyadorlik  jamiyatlarini  boshqarishda  ishtirok  etish 

maxsus 

huquqi 


(«oltin 

aksiya»)dan 

foydalanish 

tartibi 


to‘g‘risida”gi   qarori  qabul  qilingan.  Aynan  keltirilgan  qaror  bilan 

“Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok 

etish  maxsus  huquqi  («oltin  aksiya»)dan  foydalanish  tartibi 

to‘g‘risida”gi Nizom 

tasdiqlangan. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

“Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya 




 

231 


qilish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  va  “Davlat  tomonidan  aksiyadorlik 

jamiyatlarini  boshqarishda  ishtirok  etish  maxsus  huquqi  («oltin 

aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom mamlakatimizda 

aksiyadorlik  jamiyatlarida  oltin  aksiya  qo‘llanilish  tartibini 

belgilaydi. 

«Oltin  aksiya»  davlatning  ayrim  jamiyatlarni  boshqarishda 

ishtirok etishiga doir maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga 

ega  bo‘lgan  davlat  korxonalari  xususiylashtirilayotganda  yoki 

jamiyatlarning  davlat  aksiya  paketlari  xususiy  mulk  etib 

realizatsiya  qilinayotganda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  qaroriga  asosan  joriy  etiladi  va  mamlakatning 

iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. 

«Oltin  aksiya»  qiymatga  ega  bo‘lmaydi,  boshqa  shaxsga 

o‘tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav kapitalining 

miqdorini  belgilashda  va  dividendlarni  hisoblashda  inobatga 

olinmaydi. 

«Oltin  aksiya»  jamiyatning  ustav  kapitalida  davlat  ulushi 

mavjud bo‘lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav kapitalining yigirma 

besh  foizdan  oshmaydigan  jamiyatlarda  joriy  etilishi  mumkin. 

Davlatning  «oltin  aksiya»dan  foydalanish  tartibi  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Davlat  tomonidan  jamiyatni  boshqarishda  ishtirok  etishga 

bo‘lgan  maxsus  huquq  («oltin  aksiya»)  joriy  etilayotgan  jamiyat 

ustavida  davlatning  mazkur  maxsus  huquqdan  foydalanishi 

to‘g‘risidagi  qoidalar  ko‘rsatiladi.  Bunda  «oltin  aksiya»  joriy  etish 

to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan  aksiyadorlik  jamiyati  jamiyatning 

ustaviga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda uni qayta ro‘yxatdan 

o‘tkazadi, «oltin aksiya»dan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror 

qabul  qilinganda  esa  jamiyat  ustavidan  ushbu  ma’lumotlarni 

chiqarib  tashlaydi.  Shuningdek  ilgari  jamiyat  ustavida  belgilangan 

kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari soniga o‘zgartirishlar kiritadi.  

«Oltin  aksiya»  jamiyatning  kuzatuv  kengashi  tarkibiga  davlat 

vakilini tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi.  

Agar  jamiyatga  nisbatan  «oltin  aksiya»ni  joriy  etish  to‘g‘risida 

qaror  qabul  qilingan  bo‘lsa,  jamiyat  aksiyadorlarining  reyestriga 

davlat vakili ham kiritiladi. Umuman, davlat ayni bir paytda «oltin 

aksiya»ga  hamda  aksiyadorlik  jamiyatining  25  foizdan  ortiq 



 

232 


bo‘lmagan  oddiy  aksiyalariga  egalik  qilgan  taqdirda  davlat  vakili 

«oltin  aksiya»  egasi  bo‘lgan  davlat  vakolatlarini  amalga  oshirish 

bilan  bir  qatorda  davlat  aktivlarining  ishonchli  boshqaruvchisi 

vakolatlarini ham bajaradi. 

Bunda davlat vakili aksiyadorlar reyestriga ikki marta — «oltin 

aksiya»dan foydalanish bo‘yicha davlat vakili hamda tegishli davlat 

aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kiritiladi. 

Davlat  vakili  davlat  aktivlarining  ishonchli  boshqaruvchisi 

vakolatlarini  davlat  aktivlarini  ishonchli  boshqarish  to‘g‘risidagi 

qonun hujjatlariga muvofiq bajaradi. 

Davlat  vakili  Aksiyadorlik  birlashmalari  va  kompaniyalaridagi 

aksiyalar  davlat  ulushidan  samarali  foydalanilishi  ustidan 

monitoring olib borish komissiyasi tomonidan tayinlanadi. 

Davlat  vakilini  tayinlash  uchun  nomzodlar  bo‘yicha  taklif 

Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  kompleksi  bilan  kelishgan  holda 

O‘zbekiston  Respublikasining  Xususiylashtirilgan  korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish,  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  markazi  tomonidan 

kiritiladi. 

Davlat vakili uch yil muddatga tayinlanadi. 

Davlat vakili jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida va 

kuzatuv kengashi majlislarida ma’lum doiradagi masalalar bo‘yicha 

veto  qo‘yish  huquqi  bilan  majburiy  tartibda  ishtirok  etadi.  Bunda 

davlat  vakiliga  aksiyadorlik  jamiyati  ustavida  belgilangan  tartib-

qoidaga  muvofiq  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishlari  va  kuzatuv 

kengashi majlislari o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma xabarnoma, ularda 

ko‘rib  chiqish  uchun  kiritilayotgan  materiallar  nusxalari, 

aksiyadorlik  jamiyati  faoliyati  to‘g‘risidagi  boshqa  axborotlar,  shu 

jumladan  aksiyadorlik  jamiyatining  tijorat  siri  bo‘lgan  axborotlar 

majburiy tartibda taqdim etiladi. 

Davlat  vakili  quyidagi  masalalar  bo‘yicha  «veto»  qo‘yish 

huquqi bilan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi 

majlislarida majburiy tartibda ishtirok etadi: 

-  aksiyadorlik  jamiyati  ustaviga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritish  yoki  aksiyadorlik  jamiyatining  yangi  tahrirdagi  ustavini 

tasdiqlash; 

- aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish; 



 

233 


-  aksiyadorlik  jamiyati  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlarini 

o‘zgartirish; 

-  aksiyadorlik  jamiyatini  tugatish,  tugatish  komissiyasini 

tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;  

-  aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitali  miqdorini  oshirish  yoki 

kamaytirish; 

-  aksiyadorlik  jamiyati  tomonidan  yirik  bitimlar  tuzish  yoki 

affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish; 

-  aksiyadorlik  jamiyatining  tijorat  va  notijorat  tashkilotlarida 

ishtirok etishi; 

- aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash; 

-  korporativ  obligatsiyalar  chiqarish  to‘g‘risida  qaror  qabul 

qilish;  

- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror 

qabul qilish;  

-  korporativ  obligatsiyalarini  qaytarib  sotib  olish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilish; 

-  ijroiya  organini  tuzish,  uning  rahbarini  saylash  (tayinlash), 

rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 

-  ijroiya  organiga  to‘lanadigan  haq  va  kompensatsiyalarning 

miqdorlarini belgilash; 

- jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash. 

Yuqorida  keltirilgan  masalalar  bo‘yicha  qabul  qilingan 

qarorlarga  veto  qo‘yish  ushbu  qarorlar  qabul  qilingan  kuni  yozma 

shaklda  amalga  oshiriladi.  Aksiyadorlik  jamiyati  aksiyadorlar 

umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining davlat vakili ishtirokisiz 

qabul  qilingan  qarorlari,  shuningdek  davlat  vakili  tomonidan  veto 

qo‘yilgan  qarorlari  ijro  etilmaydi.  Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  va 

kuzatuv  kengashi  tomonidan  mazkur  yuqorida  ko‘rsatilganlardan 

tashqari boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida davlat 

vakili  ovoz  berishda  qatnashmaydi.  Lekin  davlat  vakili  ayni  bir 

vaqtda  aksiyadorlik  jamiyatining  oddiy  aksiyalari  davlat  paketini 

boshqargan  hollarda  esa  ovoz  berishda  ishtirok  etishini  ham  qayd 

etish shart. 

Davlat vakili o‘z vakolatlarini Xususiylashtirilgan korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  markazining  Iqtisodiyot 

vazirligi  va  Moliya  vazirligi  takliflari  hisobga  olingan  holda 

tayyorlangan yozma ko‘rsatmalari asosida amalga oshiradi. 



 

234 


Davlat  vakili  kuzatuv  kengashi  majlisi  yoki  aksiyadorlar 

umumiy  yig‘ilishi  o‘tkazilishi  sanasigacha  kamida  15  kundan 

kechikmay  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va 

raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat 

aktivlarini  boshqarish  markaziga  kuzatuv  kengashi  majlisi  va 

aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  kun  tartibi  to‘g‘risidagi  axborotni, 

shu  jumladan  zarurat  bo‘lganda  «veto»  qo‘yish  huquqidan 

foydalanishga  doir  taklifni  yuboradi.  Bunda  axborotga  ko‘rib 

chiqilayotgan  masalalar  bo‘yicha  davlat  vakilining  nuqtayi  nazari 

asosli bayon qilingan tushuntirish xati ilova qilinadi. 

Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni 

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini 

boshqarish  markazi  davlat  vakilidan  tegishli  hujjatlar  olingan 

sanadan boshlab ikki kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya 

vazirligining  «veto»  qo‘yish  huquqidan  foydalanishning  maqsadga 

muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini so‘raydi. 

Iqtisodiyot  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  Xususiylashtirilgan 

korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat 

qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  markazidan 

tegishli  hujjatlar  olingan  sanadan  boshlab  3  kun  mobaynida 

Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni 

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini 

boshqarish  markaziga  «veto»  qo‘yish  huquqidan  foydalanishning 

maqsadga muvofiqligi bo‘yicha o‘zining aniq nuqtayi nazarini yozma 

shaklda taqdim etadi. 

«Veto» 


qo‘yish 

huquqidan 

foydalanishning 

maqsadga 

muvofiqligi 

yuzasidan 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  markazi,  Iqtisodiyot 

vazirligi  yoki  Moliya  vazirligi  o‘rtasida  kelishmovchiliklar  mavjud 

bo‘lgan taqdirda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va 

raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat 

aktivlarini  boshqarish  markazi  kelishilgan  qaror  qabul  qilinishi 

uchun  ko‘rsatib  o‘tilgan  vazirliklarning  vakillari  va  davlat  vakili 

ishtirokida kelishuv kengashi o‘tkazadi. 

Agar 

kelishuv 



qarori 

ishlab 


chiqilmagan 

bo‘lsa 


Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni 


 

235 


rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini 

boshqarish 

markazi 

zarur 


materiallarni, 

shu 


jumladan 

kelishmovchiliklar  ro‘yxati  va  tomonlarning  nuqtayi  nazarlari 

asosnomasi  bilan  birgalikda  kelishuv  kengashi  protokolini 

Aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyati  samaradorligini  oshirish  va 

korporativ 

boshqaruv 

tizimini 

takomillashtirish 

bo‘yicha 

komissiyaga taqdim etadi. Komissiya belgilangan tartibda uzil-kesil 

qaror qabul qiladi. 

Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni 

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini 

boshqarish  markazi  davlat  vakilidan  tegishli  hujjatlar  olingan 

sanadan  boshlab  15  kundan  kechikmay  qabul  qilingan  qaror 

to‘g‘risida  davlat  vakiliga  «veto»  qo‘yish  huquqidan  foydalanishga 

nisbatan aniq yozma ko‘rsatmalarni yuboradi. 

Davlat vakili o‘z faoliyati davomida quyidagilarga majbur: 

- o‘z vakolatlarini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish 

va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat 

aktivlarini  boshqarish  markazidan  olingan  ko‘rsatmalarga  qat’i 

muvofiq ravishda amalga oshirish; 

- o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish paytida o‘ziga 

ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik 

va  ulardan  davlatning,  aksiyadorlik  jamiyatining  va  uning 

aksiyadorlarining 

manfaatlariga 

zid 


bo‘lgan 

maqsadlarda 

foydalanmaslik; 

O‘zbekiston 



Respublikasining 

Xususiylashtirish, 

monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 

huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga o‘z vakolatlarini 

amalga oshirish bo‘yicha o‘zi olgan har bir ko‘rsatmaning bajarilishi 

natijalari to‘g‘risida yozma axborot taqdim etish. 

Davlat  aktivlarini  ishonchli  boshqarish  vakolatlari  ayni  bir 

vaqtda 


bajarilgan 

taqdirda 

davlat 

vakili 


O‘zbekiston 

Respublikasining  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish 

va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat 

aktivlarini  boshqarish  markaziga  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda  ushbu  vakolatlarning  bajarilishi  to‘g‘risida  alohida 

hisobotlar taqdim etadi.



 


 

236 


Davlat  vakili  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va 

Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni 

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  tartibga 

muvofiq davlat mablag‘lari hisobiga har yillik taqdirlash puli oladi. 

Davlat  vakili  aksiyadorlik  jamiyatidan  qo‘shimcha  taqdirlash  puli 

olishga  haqli  emas,  davlat  aktivlarini  ishonchli  boshqarish 

vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan holat bundan mustasno.

 

Davlat  vakili  faoliyatini  nazorat  qilish  Xususiylashtirilgan 

korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat 

qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  markazi, 

shuningdek 

iqtisodiyot 

tarmoqlari 

korxonalari 

bo‘yicha 

Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni 

rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini 

boshqarish  markazi  tomonidan  tayyorlangan  umumlashtiruvchi 

materiallar  asosida  Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  Kompleksi 

tomonidan amalga oshiriladi.



 

Davlat  vakili  o‘ziga  yuklangan  vakolatlardan  O‘zbekiston 

Respublikasining  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish 

va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  Davlat 

aktivlarini boshqarish markazining Vazirlar Mahkamasining tegishli 

Kompleksi 

bilan 

kelishilgan 



taklifi 

bo‘yicha 

Aksiyadorlik 

birlashmalari  va  kompaniyalaridagi  aksiyalar  davlat  ulushidan 

samarali  foydalanilishi  ustidan  monitoring  olib  borish  komissiyasi 

tomonidan




Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish