Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Mustaqil ish mavzulari:
1. O ilaning genezisi va uning  funksiyalari.
2.  Inson faoliyatining motivlari.
3.  Ilk ilmiy bilim lam ing yuzaga kelishi.
80


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
3-M A VZU:  Q A D IM G I JA M IY A T L A R D A
 
T E X N IK  P R O G R E S S
I. 
Mehnat  qurollari  va  materiallarining  evolyutsiyasi.  2.  Ilk  sivili-
 
zatsiyalarning  yoqilg'i-energiya  resurslari.  3.  Qadimgi  dunyoda  inson
 
va tabiat.  Ekologik  tushkunliklar.  4.  Ishlab  chiqarishni  tashkil etishning
 
shakllari dinamikasi.
1.Mehnat  qurollari  va  materiallarining  evolyutsiyasi. 
Insoniyat 
tamqqiyotidagi  har bir bosqich,  uning bilim  va k o ‘nikm alari, jam iyatning 
texnologik  bazasida-  m ehnat  qurollari  xususiyati  va  to ‘plami,  foydala- 
niladigan  xom ashyo  va  buyumlar,  q o ‘llaniladigan  yoqilg‘i  va  texnolo- 
giyalar,  ishlab  chiqarishga tabiat  kuchlarining tortilish  darajasi  va  atrof- 
m uhitga ta ’siri  m ehnatni  tashkil  qilishdagi  taqsim ot va kooperatsiyadagi 
tub  o ‘zgarishlarda  o ‘z  ifodasini  topdi.  Jam iyat  piram idasining  ikkinchi 
qavatidagi har bir unsurida turli  uzunlikdagi sikllar alm ashuvi kuzatiladi. 
Ular sinxron o ‘zaro harakat qilib, ishlab chiqarishning texnologik usullari 
almashuv ritmini belgiladilar.  Ularning har birini texnologik ukladlam ing 
texnik  progressini  um um lashgan ifodasi deyish mumkin.
Neolit  sivilzatsiyasi  unga  xos  ishlab  chiqarishning texnologik  usuli- 
ga  qadar  inson  foydalanadigan  ishlab  chiqarish  vositalari  m ajm uasining 
jiulii  uzoq  shakllanishi  va sekin rivojlanishi  bo‘ldi.
Zamonaviy  odam ning uzoq  avlodi  ov yoki yovvoyi  hayvonlardan hi- 
moyalanishi,  qoMiga  tushib  qolgan  tosh  yoki  tayoqlardan  b a’zi  paytda 
foydalanishi,  yog'och,  tosh  va  suyaklardan  m ehnat  qurollari  tayyorlas- 
hga  o ‘tishi  va  ov  insoniyatning  shakllanish  tongidagi  ulkan  umum tex- 
nik  to ‘ntarish  deyish  mumkin.  O dam lar  ibtidoiy  qurollar  bilan  o ‘sim lik 
urug‘lari  va  ildizlurini  qazish, terish,  hayvonlam i ovlash jarayonida tosh, 
kremniy,  yog'och,  suyak  parchalariga ishlov  berish,  ularga kerakli  shakl 
berish va m ehnat  quroli  sifatida  foydalanishga o ‘rgandilar.  Ishlab  chiqa­
rishning paleolit  usuli  rivojlanishida bir necha katta bosqichlar (texnolo­
gik sikllar)ni  ajratish  m um kin.  Ulardan eng  qadim gisi  quyi  paleolitning 
dastlabki  bo sqichida  tosh  madaniyati  -   qo‘pol  ishlov  berilgan,  bodom - 
simon  shakldagi  toshlarning  bir  cheti  bir  necha  bor  ushatilgan.  Bunday 
toshlar  Sharqiy  Afrikadagi  Olduvay  g‘oridan  topilgan  (Olduvay  m ada­
niyati).
Quyi  paleolit  rivojlanishining  navbatdagi  bosqichi  Shell  davrida 
(Fransiyadagi  Shell qishlog‘idan toshdan yasalgan  qo‘l randasi topilgan)
81


R. RAJABOV
uch burchakli  nayza uchlari yordam ida yovvoyi  hayvonlam i ovlash yoki 
ulardan  him oyalanish,  g o ‘shtni  m aydalalab  yeyish,  o ‘sim!iklami  qazib 
olish  m um kin  edi.  Yuqori  paleolit  (er.  avv.  40-10  m ing  yillik)  va  o ‘rta 
paleolitga o ‘tish  (m ustye  davri)  m ehnat qurollarining yanada rivojlanish 
davri  bo‘ldi.  Q o‘l  randasi  yoki  qirg‘ich k o ‘pincha  ushatilgan  tosh  siniq- 
laridan  tayyorlandi.  Undan  yog‘och  va teriga  ishlov  berish,  silliqlash  va 
kesishda foydalanilgan.
Yuqori  paleolit (er.  avv.  40-10 m ing yil)ga o ‘tish  nayza va otiladigan 
nayzalar,  nayzalarning  suyak  uchlari,  garpun,  tosh  bolta  va  keskichlam i 
kashf qilish  bilan  belgilanadi.  M ezolit  davri  texnologik  to ‘ntarishining 
yuragi  o ‘q-yoyning  k ash f etilishi  b o ‘ldi.  0 ‘q-yoy  ovchilarning  m ehnat 
unum dorligini  k o ‘p  m arta oshirdi  va jangovar qurol  bo‘ldi.  Shuningdek, 
m ikrolitlar  kichik  tosh  qurollardan  keng  foydalanila  boshlandi.  M ikro- 
litlar  kichik  plastinalar  (tosh  parchalari)  yoki  ushatilgan  tosh  parchasi 
bo‘lib,  nayza  uchi,  o ‘qlar,  uloqtiriladigan  nayzachalar,  gaф u n lar sifatida 
ishlatilgan. Ilk dehqonlam ing m otiga shaklidagi qurollari va tosh yorg‘ic- 
hoqlari  paydo  bo‘ladi.  B aliqchilikda  qarm oq  va  to ‘rlar  qo‘llaniladigan 
bo‘ldi.  Sopol k o ‘zalar tayyorlash boshlandi.  Texnikadagi  haqiqiy inqilob 
neolitga o ‘tishda dehqonchilik,  hunarm andchilik,  chorvachilik v a harbiy 
ishni  o ‘zlashtirish  bilan  boshlandi.  Ishlab  chiqarishning  neolit  texnolo­
gik  ishlab chiqarish  usuli  shakllangani to ‘g ‘risida aytish  mumkin.  Uning 
shart-sharoitlari  m ezolit davridayoq yaratilgan edi.  Toshdan qurollar tay- 
yorlashning  yangi  texnikasi  o ‘zlashtirildi.  G ‘alla  o ‘roqlari  va  pichoqlar 
silliqlash,  parm alash  orqali  tayyorlana boshlandi.  Loydan pishirilgan so­
pol  idishlar tayyorlana boshlandi.
Asosiy  an ’ana  m ehnat  qurollarining  ixtisoslashuvi  bilan  ijtimoiy 
mehnat taqsim otining rivojlanishi edi. D ehqonchilik mehnati uchun max- 
sus  m ehnat qurollari  m ajmuasi  shakllandi  (qirg‘ich,  so‘qa, y og 'o ch plug, 
g‘alla o‘roq va pichoqlar, hosilni saqlash uchun sopol xumlar). Qurollam i 
tayyorlashda kremniy, obsidian, suyak,  hayvon shoxlari bilan bir qatorda 
yanada m ustahkam   va ishlov  berish qiyin b o ‘lgan nefrit, jad eit kabi tosh 
jinslari q o ‘llanildi.
N eolit texnikasi taraqqiyotida olim lar birinchi m adaniyatni ajratdilar: 
Nil vodiysida Badari m adaniyati (er. avv. 6-5 m ing yillik), qadimgi Perse- 
pol hududidagi dehqonchilik m adaniyati (Janubiy Eron), Karial  Shaxir va 
Qalai Yarmol (Shim oliy  Eron), Xassun va X a la f (O ld Osiyo er.  avv.  6 - 5  
ming yillik ),  O ltintepa m adaniyati ( 0 ‘rta Osiyo er.  avv.  5  m ing yillik).
82


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Keyingi  uchinchi  umumtexnika  inqilobi  jez  asri  boshlariga  to‘g‘ri 
keladi.  Uning  asosiy  mazmuni  mis  va  oltin,  keyin  esa jezdan  qurol  va 
mehnat  qurollari,  uy-ro‘zg‘or buyumlari  ishlab  chiqarishni  o ‘zlashtirish 
bo‘ldi.  Shu  bilan jez asrining  ishlab  chiqarish texnologik usuli  boshlan­
di.  Bu ishlab chiqarish  kuchlarining rivojlanishi  mehnat samaradorligini 
oshirishda eng katta sakrash edi. Metall qurollar tosh qurollarga qaragan- 
da, qimmatroq va maftunkorroq edi. Bu metall qurollar toshga qaraganda, 
ko‘p marta samarali qurol sifatida odam undan hayvonlarga va o‘z dush- 
manlariga qarshi foydalanishi mumkin edi.
Metall  tayyorlash  texnikasi  va metall  qurollar  texnikasining  boshqa 
sohalari  katta  ahamiyatga  ega  boMgan.  Metall  qurollardan,  jumladan, 
pichoq,  arra,  parmadan  foydalash  yog‘ochga  ishlov  berishni  o ‘zgartirdi. 
Duradgorlik hunari paydo bo‘ldi va hamma joyda g‘isht qalashni qo‘llas- 
hga olib keldi. Birinchi  mashinalar, jumladan,  g‘iidirakli  arava,  suv g ‘il- 
diragining  yuritilishi  metalldan  foydalanish  tufayli  yuz  berdi.  Asosiy 
kasb  boMgan  dehqonchilik,  ya’ni  yerga  ishlov  berish jarayonida  ho‘kiz 
tortadigan  motiga  yoki  plug  toshni  metall  bilan  almashtirilgani  sababli 
samarali  bo‘ldi.  Mis,  keyinchalik jez  qurollari  majmuasining  yaratilis- 
hi  yirik  daryo  vodiylari  (Nil  va  Frot  er aw .  4  ming  yillik,  Hind  daryosi 
er.  avv.  3  ming yillik)da sug'orma dehqonchilikka o ‘tish  imkonini  berdi. 
Hunarmandlaming  paydo  bo‘lishi  va ularning  sohalarga bo'linishi  (mis, 
jez  mehnat  qurollari,  oltin  bezaklar,  metall  ro‘zg‘or  buyumlari,  metall 
qazish  va  quyish,  temirchilik  ishi,  qayiqlar,  yelkanli  kemalami  qurish, 
saroylar,  ibodatxonalar, maqbaralami  qurish)ga turtki  berdi.  Qo‘shimcha 
mahsulotni tizimii  ishlab chiqarish  imkoniyati tug‘ildi.
Jez asri  bir necha  bosqichlarga  bo‘linadi.  Eneolitdan  keyin  ilk,  o ‘rta 
va  so‘nggi jez  asri  boshlandi.  Har  bir  bosqichga  o‘z  texnologik  ukladi 
to‘g ‘ri  keladi.  Tosh  qurollardan  foydalanish  asta-sekin  qisqardi,  lekin 
jezning  uncha  katta boMmagan  hududlarga tarqalishi  va  misni  olishdagi 
katta mehnat hajmi,  uning nisbatan yumshoqligi  ulardan samarali foyda- 
lanishni chekladi.
Qadimgi  davrda  ishlab  chiqarish  texnologik  usulining  yadrosini  te- 
mir,  keyin  po‘latdan  foydalash  tashkil  qildi.  Meteorit  temir  ilgari  ham 
ishlatilardi, lekin metallami quyish va takror ishlash texnologiyalarini ta- 
komillashtirish bilangina temir xomashyosi, keyinchalik uglerodli po‘lat- 
ni keng qo‘llash imkoniyati yuzaga keldi. Temir va po‘latni  qayta ishlash 
murakkab bo‘lsada,  lekin qattiq va mustahkamligi,  birlamchi xomashyo-
83


R.  RAJABOV
ning  keng tarqalganligi  sababli  eram izning I  m ing yilligi  boshlarida turli 
m am lakatlarda keng qoMlanildi. Temirdan foydalanish lokal sivilizatsiya- 
lam ing gullab-yashnashi  uchun  asos boMdi.
Temir asrida yashagan  xalqlar  o ‘troqlikka  o ‘tib,  qachonlardir  unum- 
dor  boMmagan  yerlarda  gullab-yashnagan  qishloq  x o ‘jalik,  hunarmand- 
chilik jamoalarini  yaratish  qobiliyatiga  ega  boMdilar.  Natijada  ilk  daryo- 
vodiy  bo'yi  sivilizatsiyasining  siyosiy,  iqtisodiy  yetakchiligi  kamaydi. 
U lar endi  madaniy,  iqtisodiy,  siyosiy  o ‘choqlar rolini  o ‘ynam ay  qoldilar. 
Shunga  qaram asdan,  ulam ing  madaniy,  moddiy,  m a’naviy  yutuqlari  ke­
yingi  avlodlarga  uzatildi.  Tem im ing  o ‘zlashtirilishi jahon  progressi  epi- 
sentrini  Sharqdagi  daryo  vodiylaridan  Yevropa  hududlariga  k o ‘chishiga 
sabab  boMdi.
Temir  asrining  yana  bir  yutugM  dengiz  kem asozligining  rivojlanishi 
boMdi,  qaysiki,  u  quruqlik transportidan  ko‘p m arta  arzon  boMib,  savdo- 
ning  kengayishi,  yashashga  qulay  yangi  hududlarni  o ‘zlashtirishga  yor- 
dam  berdi.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish