Oken fikricha murakkab organizmlar elementar organizmlar yig‘indisidan iborat,
ular bir butun organizmning umumiy hayoti bilan yashaydi, shu bilan birga ular nisbatan
mustaqil bo‘lib qoladilar. Bu elementar organizmlar ichida suyuq moddani ushlovchi
zich qobiqga ega bo‘lgan pufakchalardir. Ularni mikroskop ostida turli organizmlar
to‘qimalarida ko‘rish mumkin. Oken ularni “falsafiy nuqtai nazardan qarab infuzoriyalar
” deb atash mumkin deydi. Shunga yaqin fikrni fransuz tabiatshunosi J.L.Leklerk
Byuffon (1707-1788) ham bergan edi. Oken juda ko‘p o‘simlik va hayvon to‘qimalarini
mikroskop yordamida o‘rgandi. U o‘zining “Naturfilosofiya darsligi” da organizmlarning
mikroskopik tuzilishi haqida quyidagi fikrlarni ilgari surdi:
1. Barcha organik dunyo shilimshiqdan kelib chiqgan va ular turli shakllardagi
shilimshiqlardir.
2. Dastlabki shilimshiq dengiz shilimshig‘idir.
3. Dastlabki organik boshlang‘ich shilimshiq nuqtadir.
4. Dastlabki organik tanalar pufakchalardir.
5. Dastlabki organik pufakcha filosofik nuqtai nazardan infuzoriyalardir.
6. Organik massa infuzoriyalardan tashkil topgan ekan, butun organik dunyo ham
infuzoriyalardan kelib chiqishi kerak.
O‘simlik va hayvonlar infuzoriyalarning metamorfozi – shakl o‘zgarganlaridir.
Okenning o‘simlik va hayvonlar tuzilishi haqidagi fikrlarini juda soddaligi va ba’zan
to‘g‘ri emasligi mikroskopik texnika va tekshirishlarni rivojlanmaganligidan deb qarash
mumkin. Shunday bo‘lsa ham, uning ishlari keyingi olimlarning bu masalani tabiiy-ilmiy
asosda o‘rganishlariga zamin yaratdi, u aslida murakkab organizmlar (ko‘p hujayralilar)
ni tuzilish prinsiplarini asoslab berdi. Oken 1833 yilda “Umumiy tabiiy tarix” asarini
yozdi va bunda 1809 yilda ilgari surgan fikrlarini takrorladi. Bu kitobni Shvan yaxshi
bilgan edi, ehtimol bu asar uning “Hujayra nazariyasi” ni yaratishiga turtki bo‘lgandir.
Hujayra nazariyasining shakllanishiga hissa qo‘shgan olimlardan biri Peterburg
tibbiy–jarrohlik akademiyasining professori P.F.Goryaninovdir. 1834-1847 yillar ichida u
o‘zining bir nechta kitoblarini chop etib bu sohaga e’tiborni qaratdi. Goryaninov ko‘proq
botanika sohasida ish olib bordi. U tirik organizmlarning ikki podsholikka bo‘ldi.
Birinchisi-shaklsiz yoki molekulyar, ikkinchisi-organik yoki hujayraviy. U o‘zining
“Tabiat sistemasi” (1834) asarida “Organik tanalar hujayraviy tuzilishga ega bo‘lib, u
hayotning yuqori bosqichi sifatida o‘simliklardan tortib, odamlargacha ko‘rinadi.
Organik dunyo-bu avvalam hujayraviy tuzilishga ega bo‘lgan tanachalardir” degan fikrni
aytadi. U hujayrani paydo bo‘lishini quyidagicha tasavvur qiladi. Dastlab kichkinagina
birlamchi pufakchani o‘rab olgan shilimshiq donachasi
Do'stlaringiz bilan baham: