6-Mavzu: Korxona faoliyatini rejalashtirish.
REJA:
1.Rejalashtirishning moxiyati va korxona faoliyatini baholash usullari, rejalashtirish
jarayoni hamda yechim qabul qilish.
2.Reja tuzishning variantlari.
3.Korxona tuzilishi va rejalashtirish.
4.Tavakkallikni baholash.
5.Rejalashtirish boshqarishning muhim vazifalari.
1.Rejalashtirishning moxiyati va korxona faoliyatini baholash usullari,
rejalashtirish jarayoni hamda yechim qabul qilish.
Rejalashtirish jarayoni deganda rejali-iqtisodiy masalalarning turkimlarini va
ruyxatini, ketma-ketligini, ularning yechish vositalari va usullarini tushunish lozim.
Rejalashtirish bu korxona uchun maqsadlarni tanlash jarayonini bildiradi, shu bilan
birga ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida qanday yechimlar qabul qilish
lozimligini ko’rsatadi. Ustuvor (strategik) rejalashtirish barcha boshqarish yechimlari
uchun asosini ta’minlaydi. Uning faoliyatiga resurslar (sarmoyalar, yer, Mehnat,
tadbirkorlik kobilyati) ni taksimlash, tashki muhitga moslashuv, ichki muvofiklashuv
va tashkiliy bosh vazifani tanlash kabilar kiradi. Bosh maqsad oliy rahbar tomonidan
shakillanadi va ishlab chiqiladi. SHaxsiy korxonalarda korxonaga asos solgan odam
(mulkdor) o’zining maqsadlarini kushib olib borishi va uni korxona rejasida amalga
oshirishi mumkin. Bosh vazifa va maqsadlarni aniqlangandan keyin rahbariyat tashki
muhitni quyidagi uchta ulcham bilan baholaydi:
1).Joriy rejalashtirishning har xil yo’nalishlarda paydo bo’ladigan
o’zgarishlarni baholash:
2). Korxonaning joriy bosh yo’nalishi uchun qaysi omillar xavf solishini
aniqlash.
3). Rejani to’g’rilash yo’li bilan korxonaning maqsadlariga erishish uchun
qaysi omillar yuqori imkoniyatga egaligini aniqlash.
Omillar sifatida quyidagilarni tahil etish lozim:
44
Iqtisodiy, siyosiy, bozor, texnologik, xalqaro, raqobatchilik va ijtimoiy xulk,
tashki xavf va imkoniyatlar ruyxati.
Rejaning hamma ko’rsatkichlari bo’yicha boglangan umumiy yechim olish
uchun ba’zi bir masalalarni o’zaro kichiq yechimlarini moslash usullarini ishlab
chiqish, har bir masalani quyilishi va yechimi uchun javobgar bo’limlar tarkibi va
shaxslarni aniqlash va nixoyat umumiy reja bo’yicha belgilangan davrada yechim
qabul qilish katta ahamiyatga ega. Yechim qabul qilishda hisobga olishning mavjud
usullari va tavakkal baholashlarni tahil etishga asoslanib, olimlar( O. Lange, P.
Fishberna, T. Bochkan, R Kinni, X Rayfi, A. Pervozvanskiy, L. Yevlanov, O.
Lorichev va boshqalar ) ikkita asosiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatgan edilar. Bu
usullar foydalilik nazariyasi va «muvozanatli ifodalash» usulidir. Foydalilik
nazariyasi ma’lumotlari noaniqligi darajasi tobeligidan kelib chiqkan ko’pgina
mumkin bo’lgan yechimlarni qisqartirish usullrini beradi. Juda ko’p mumkin bo’lgan
yechimlarda yagona yechim qabul qilishni insonga yuklatiladi.
Rejalashtirishning uslublari alohida ko’rsatkichlar va rejaning bo’limlarini
ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan, ularni o’zaro muvofiklashtirish va boglash hamda
rejaning bajarilishini tahil etish uchun zarur bo’lgan texnikaviy-iqtisodiy va iqtisodiy-
matematik hisoblashlarning muayyan usullarini ifodalaydi. Rejalashtirishning
talimoti (ilmiy metodologiyasi) ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish rejalari ishlab
chiqishning umumiy talablari va usullari yigindisidir. U uslublar va rejalashtirishni
tashkil etish amalga oshiriladi.
Rejalashtirishning ilmiyligi ilmiy kerakli ilmiy bashorat qilish, jamiyat
extiyojini aniqrog o’rganish, o’zok muddatli oldindan bilishni ishlab chiqish,
hisoblashdagi variantlar o’tkazishlarni kuzatadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotlar,
matematika, iqtisodiy kibernetikaning barcha yo’nalishlari zamonaviy EXT lari,
rejaning texnik-iqtisodiy asoslangan barcha ko’rsatkichlari va ilmiy asoslangan
me’yor va me’yorlashlarning ilg’or tizimlarini qo’llashlarini hisobga olgandagina
rejalashtirishning ilmiyligini oshirishga erishiladi.
Rejalashtirishning muhim vazifalaridan biri: istiqboldagi va joriy rejalarni
ishlab chiqa olish bilimlarni shakillantirish va rejalarni ishlab chiqishdagi ilmiylik
45
darajasini oshira olish bo’yicha korxona jamoasi mo’ljallangan chora tadbirlarni
ruyobga chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |