2. Rahbarlik qilishning samarali usulini tanlash.
Harakat va xodisalarni rejalashtirish bosqichlarida transport yoki texnika
xizmatlari ko’rsatish korxonaliriga mirishkorlik bilan xo’jalikka rahbarlik qilish
usullarini tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy korxonaning menejmenti
(rahbari) rejalashtirishning ma’lum bosqichida ishlab chiqarishning kerakli
samaradorligiga erishish uchun boshqaruv apparatlari yordamida boshqarishni
murakkab jarayonlarini amalga oshiradi. Boshqarish jarayonida menejment ulkan
Mehnat, moddiy-xom ashyoviy va moliyaviy mablaglarga bosh bo’ladi. Bunda u
kiyinchiliklardan biri-iqtisodiy xodisalarning ko’p omilligidir. Misol uchun, prof. V.
M. Mandritsaning takidlashicha, ishlab chiqarishning rentabelligiga bir vaqtning
o’zida 362 ta omil ta’sir qiladi, tashish tannarxiga esa-186 ta. SHu omillar orasidan 5-
7ta asosiysini ajratib olish uchun, menejment iqtisodiy-statistik, iqtisodiy-matematik
usullar, hisoblash texnikasi va EXM sohalarida ma’lum bilimga ega bo’lishi kerak.
Har qanday yechimni ishlab chiqish va uni qo’llash uchun korxona va uning bo’linma
rahbarlari, ba’zi masalalarni, savollarni yechish uchun hamda Bularni xo’jalik-ishlab
chiqarish faoliyatiga qo’llash uchun, o’z vaqtida va aniq ular faoliyatidagi
natijalarning majmuini tahil qilish maxoratiga ega bo’lishlari lozim. Buning uchun
52
menejment butun korxona rejasiga (davlat buyurtmasiga) asoslanib, har bir
bo’linmalarga rejali topshiriqlar berish uchun rejaning nazorat va uslubiy ilmiy
ishlanmasi va dalillanishi bilan ishlay bilmog’i kerak (19-chizma).
19-chizma Javob qaytishli boshqarish.
Har qanday iqtisodiy yoki xo’jalik masalalari bir necha usullar bilan
yechilishi mumkin, lekin menejment o’z hodimlarining shu masalalarini yechish
yo’llari to’g’risidagi fikirlarini bilish va umumiy manfaatga asoslanib yechim qabul
qilishi kerak. Bunda u istalgan samaradorlikka erishishi uchun bir butunni bo’laklarga
bo’lishi yoki bo’laklarni bir butunga yiriklashtirishi kerak hamda o’zining istiqbolini
ko’ra bilishi va masalaning yechilishi natijasini u o’zining hodimlariga yetkazishi
lozim. Bekorga aytishmaydi, birinchi rahbar nimaga erishsa, hammasi yaxshilikka,
hamma bo’lim va bo’linmalarning rahbarlari (menejerlar) teppa teng bo’lib olishadi,
yomon Oqibat uchun esa fakat menejment yakka o’zi aybdor bo’ladi. Ma’lumki
korxona ishini tahil qilishda ko’rsatkichlarni solishtirish, zanjirli o’rin almashtirish
usullari, indeks usuli va boshqalar keng qo’llaniladi. Bu usullar tahil qilinayotgan
ko’rsatkichga omillarning ta’sir qilishini aniqlash imkonini bermaydi, chunki ular
stoxostik extimolligiga ega. Misol uchun avtomobillarni yirik avtokorxonalarga
yigish avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ammo yuqorida
keltirilgan usullar bilan miqdoriy ta’sirini aniqlash mumkin emas, chunki ta’sir etish
o’zining xususiyati bo’yicha extimollik omiliga kiradi. (transport xizmatiga baho
53
belgilash-tarif). Xo’jalikni boshqarishda samarali usullardan biri bo’lib-ko’p omilli
korrelyatsion-regression usulni qo’llash tavsiya etiladi. CHunki u eng muhim
xodisalar (Yi) funktsiyasiga ta’sir kiluvchi, ko’p sonli muhim omillar (Xi) orasidan,
berilgan vaqt oraligida kurilayotgan funktsiyani oshishi yoki kamayishiga sabab
bo’layotgan;
-foyda, rentabellik, daromadlar, tashish tannarxi va boshqalar asosiy omillarni
ajratib olishga yordam beradi. Bu ko’rsatkichlarning har biri yordamida iqtisodiy
funktsiya (Yi) texnik iqtisodiy, foydalanishli, sifatli, ijtimoiy, tashkiliy omillar (Xi)
orqali aniqlanishi mumkin. Har bir tahilning turi va bosqichi o’zining mustakil
usullarini ishlab chiqishi mumkin. Tashish xajmi, daromad, yuk aylanmasi va shunga
o’xshashlarni aniqlovchi o’z formulalari bor. Ko’rsatkichlar qiymatini aniqlab,
korxona daromadiga ta’sir qilayotgan asosiy omillarni aniqlash mumkin. Hisoblar
EXM da dasturiga binoan yechiladi. Koeffitsentlarning juft korrelyatsiyasining tahili
hisoblashning mantikiy bosqichi bo’lib hisoblanadi. SHular bo’yicha omillar, juft
korrelyatsiyalarning
koeffitsentlarining
qiymati
aniqlanadi.(rijk0,75-0,99).Bu
izlanayotgan hodisa mulьtikolleniarnostning ta’sirini yo’qotish uchun zarurdir.
Matematik qonunlar 0,75-0,99 dan yuqori bo’lgan ikki omildan birini chiqarishni
talab qiladi. Tahil qilishdan tashkari, ushbu ko’p omilli andozani shu andozaga kirgan
bosh omillarni bashorat qilish uchun ishlatish mumkin.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |