Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

4
§
. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi 
mulkdorining huquq va majburiyatlari. 
 
Yer  resurslaridan  samarali,  oqilona  foydalanish  hamda  ularni  muhofaza 
qilish  ko`p  jihatdan  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchi  subyektlarning  yerdan 
foydalanish  bo`yicha  qonunda  belgilangan  huquq  va  majburiyatlariga  qanchalik 
og`ishmay rioya qilishlari, ularni bajarishlariga bog`liq bo`ladi. Yoxud, yer egalari 
va  yerdan  foydalanuvchilarning  yer  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  qonun 
normalariga  og`ishmay  itoat  etishlari,  ularni  to`la  ijro  qilishlari  yerdan  maqsadga 
muvofiq foydalanish hamda muhofazasini ta'minlashga xizmat qiladi. 
Yer  egasi,  yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  mulkdorining 
huquq va majburiyatlari O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi, "Qishloq xo`jalik 
kooperativlari  (shirkat  xo`jaligi)  to`g`risida"gi,  "Fermer  xo`jaligi  to`g`risida"gi, 
"Dehqon xo`jaligi to`g`risida"gi, "Ijara to`g`risida"gi qonunlari va boshqa me'yoriy 
hujjatlar  bilan  tartibga  solinadi.  Ushbu  qonunlar  normalaridagi  asosiy  talablar 
yerdan ilm-fan tavsiyalari asosida foydalanish, yerdan kelajak avlod manfaatlarini 
ham  inobatga  olib  foydalanish,  yerdan  aniq  belgilangan  maqsad  asosida 
foydalanish,  yerni  ishdan  chiqarmaslik,  ifloslantirmaslik,  yerdan  xalq  farovonligi 
yo`lida,  mamlakat  iqtisodiyoti  barqarorligini  ta'minlash  yo`lida  foydalanishdan 
iboratdir. 
Yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  mulkdorining 
huquqlari  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  Kodeksining  39-moddasida  sanab 
ko`rsatilgan:  Bu  huquqlar  quyidagilardan  iborat:  1)  yer  uchastkasida  undan 
foydalanish  maqsadiga  muvofiq  mustaqil  xo`jalik  yuritish;  2)  qishloq  xo`jalik 
ekinzorlari va ko`chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo`jalik 
mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo`lgan mulk huquqi; 3) 
yer  uchastkasidagi  mavjud  keng  tarqalgan  foydali  qazilmalar,  o`rmonzorlar,  suv 
obyektlaridan  xo`jalik  ehtiyojlari  uchun  foydalanish,  shuningdek  yerning  boshqa 
foydali xossalarini ishga solish; 4) yerlarni sug`orish va ularning zaxini qochirish, 
agrotexnika  va  boshqa  melioratsiya  ishlari  o`tkazish;  5)  qishloq  xo`jalik 
ekinlarining,  dov-daraxtlarni  sug`orish  hamda  boshqa  maqsadlar  uchun  sug`orish 
manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, 
ishlab  chiqarish,  madaniy-maishiy  hamda  boshqa  imoratlar  va  inshootlarni  barpo 
etish; 7) yer uchastkasi olib qo`yilganda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan 
boy  berilgan  foydaning)  qoplanishini  talab  qilish;  8)  yer  uchastkasini  vaqtincha 
foydalanishga  va  ichki  xo`jalik  ijarasiga  berish;  9)yer  egasi  bo`lgan  fuqaro  yer 
uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqini,  jumladan 
kim  oshdi  savdosi  asosida  olingan  shunday  huquqni  dehqon  xo`jaligi  yuritish, 
yakka  tartibda  uy-joy  qurish  maqsadida  kreditlar  olish  uchun  garovga  qo`yishi 
mumkin. 
Yer  qonunchiligi  barcha  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilarga  bir  xil 
huquqlar  belgilaydi.  Yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  bo`yicha 
subyektlarning huquqlari kamsitilishi, yoki ba'zi subyektlarga imtiyozlar berilishi, 
yoxud ular huquqlarini oshirishga yo`l qo`yilmaydi. Barcha yer egalari yoki yerdan 
foydalanuvchilar  hoh  u davlat organi  bo`lsin, hoh u dehqon xo`jaligi  bo`lsin, hoh 


jamoa  xo`jaligi,  yoki  fuqaro  bo`lsin  ularning  yerdan  foydalanishdagi  huquqlari 
tengdir. 
Yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  muldorlari 
yerdan  foydalanishda  huquqlr  bilan  bir  qatorda  ma'lum  majburiyatlarni  ham 
bajarishlari  lozim  bo`ladi.  Bu  majburiyatlar  Yer  Kodeksining  40-moddasida 
o`rnatilgan  bo`lib,  ular  quyidagilardan  iborat:  1)  yerdan  belgilangan  maqsadga 
muvofiq  oqilona  foydalanish,  tuproq  unumdorligini  oshirish,  ishlab  chiqarishning 
tabiatni  muhofaza  qiluvchi  texnologiyalarini  qo`llash,  o`z  xo`jalik  faoliyati 
natijasida  hududda  ekologik  vaziyatning  yomonlashuviga  yo`l  qo`ymaslik;  2) 
ishlab 
turgan 
irrigatsiya 
va 
melioratsiya 
tarmoqlari, 
muhandislik 
kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 3) yerlarni muhofaza qilishga oid 
tadbirlarni amalga oshirish; 4) yer solig`ini yoki yer uchun ijara haqini o`z vaqtida 
to`lash;  5)  boshqa  yer  egalari  huquqlarini  buzmaslik;  6)foydali  qazilma  konlarini 
ishlatish,  qurilish  va  boshqa  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  berilgan  qishloq 
xo`jalik  yerlarini  ularga  ehtiyoj  qolmaganda  o`z  hisobidan  yaroqli  holatga 
keltirish;  7)  qurilish  va  boshqa  ishlarni  olib  borishda  qo`shni  yerga  salbiy  ta'sir 
ko`rsatishning  oldini  olish;  8)  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  yerdan 
foydalanish  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  ma'lumotlarni  o`z  vaqtda 
taqdim etish. 
Yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  mulkdorining 
huquqlarining  ta'minlanishi  qonun  bilan  kafolatlanadi.  Yer  Kodeksining  41-
moddasida ko`rsatilishicha, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning faoliyatiga 
davlat,  xo`jalik  organlari,  mansabdor  shaxslarning  aralashuvi  ta'qiqlanadi.  Yer 
egalari va foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari tiklanishi kerak va yetkazilgan 
zarar, shu jumladan boy berilgan foyda to`la hajmda qoplanishi lozim. 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish