Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


 §. Tabiiy resurslarga bo`lgan huquqlarni cheklash, to`xtatib turish va undan



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

6 §. Tabiiy resurslarga bo`lgan huquqlarni cheklash, to`xtatib turish va undan 
mahrum etish 
 
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning 
oqilonaligini  ta'minlashda  javobgarlik  sifatida  qo`llaniladigan  tabiiy  resurslarga 
bo`lgan  huquqlarni  cheklash,  to`xtatib  turish  va  undan  mahrum  etish  alohida 
ahamiyatga ega. 
Yuridik  adabiyotlarda  ekologik  huquqiy  javobgarlik  ikki  ma'noda  tahlil 
qilinadi.  Birinchidan,  keng  ma'noda,  ya'ni  ekologik  talablarni  buzganlik  uchun, 
umuman,  barcha  turdagi  yuridik  javobgarlik  choralarining  qo`llanilishi  va 
ikkinchidan,  tor  ma'noda,  ya'ni  tabiiy  resurslarga  bo`lgan  huquqlarni  cheklash, 
to`xtatib  turish  va  undan  mahrum  etish1  tushuniladi.  Tabiiy  resurslarga  bo`lgan 
huquqlarni  cheklash,  to`xtatib  turish  va  undan  mahrum  etish  kabi  jazo 
choralarining huquqiy nazariyada tan olingan yuridik javobgarlikning to`rtta turiga 
mansub  javobgarlik  choralariga  kiritib  bo`lmaydi.  Chunki  o`z  mohiyatiga  hamda 
qo`llash  tartibiga  ko`ra  bular  mulkiy,  ma'muriy,  jinoiy  va  intizomiy  jazo 
choralaridan tubdan farq qiladi. 
Ekologik  huquqiy  javobgarlikning  asoslari  va  uni  qo`llash  tartibi  bevosita 
ekologik qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. O`zbekiston Respublikasi 

Tabiatni 
muhofaza  qilish  to`g`risida

gi  Qonunining  23-moddasiga  muvofiq,  tabiiy 
resurslardan  foydalanish  talablarini  muttasil  buzadigan  foydalanuvchi  tabiiy 
resurslardan  foydalanish  huquqidan  mahrum  etilishi  mumkin.  Bunday  qoidalar 
alohida  tabiiy  resurslarning  huquqiy  holatini  belgilovchi  qonunlarga  kiritilgan, 
masalan, O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36 va 38-moddalari, 

Yer osti 
boyliklari  to`g`risida

gi  Qonunning  19-moddasi, 

Suv  va  suvdan  foydalanish 
to`g`risida

gi  Qonunning  43,  57,  60,  74-moddalari,  O`zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385-sonli qarori bilan tasdiqlangan 

Suvdan  limitlangan  foydalanish  bo`yicha  vaqtincha  Tartibi

ning  6-bandi, 

O`rmon  to`g`risida

gi  Qonunning  40-moddasida  mazkur  tabiiy  resurslardan 
foydalanish  huquqining  cheklanishi,  to`xtatib  turilishi  va  mahrum  etilishi  ko`zda 
tutilgan.  Ushbu  normalarda  tabiiy  resurslardan  foydalanish  huquqining 
cheklanishi,  to`xtatib  turilishi  va  mahrum  etilishi  faqat  ekologik  talablarni  qo`pol 
va muntazam ravishda buzish oqibatida qo`llash mumkinligi ko`zda tutilgan. 
Ekologik  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  tabiiy  resurslardan  foydalanish 
huquqini  cheklanishi,  to`xtatib  turilishi  va  mahrum  etilishi  ushbu  huquqni  bergan 
organ  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  esa  ushbu  jazo  choralarini  qo`llashning 
ma'muriy,  jinoiy,  fuqarolik  jarayonidan  farqini  namoyon  etadi.  Masalan, 
                                                 
1 Ushbu paragrafda tor ma'nodagi ekologik-huquqiy javobgarlik irganiladi. 


O`zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  36  va  38-moddalariga  muvofiq,  yer 
uchastkasidan  boshqa  maqsadlarda  foydalanilganda,  yer  uchastkasidan  oqilona 
foydalanilmaganda,  yer  uchastkasidan  tuproq  unumdorligini  pasayishiga,  uning 
kimyoviy  va  radioaktiv  moddalar  bilan  ifloslanishiga,  ekologik  vaziyatni 
yomonlashuviga  olib  keladigan  usullar  bilan  foydalangan  taqdirda,  yerlardan 
foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi 
Yer  resurslari  davlat  qo`mitasi  va  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi 
organlari  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilarni  oldindan  ogohlantirilgandan 
keyin  yer  uchastkasini  bergan  organga  uni  olib  qo`yish  haqida  taqdimnoma 
kiritadi.  Yer  uchastkasini  bergan  organ  taqdimnoma  asosida  bir  oylik  muddatda 
yer uchastkasini olib qo`yish haqida qaror chiqaradi. 
Agar  ekologik  talablar  buzilib,  uning  oqibatlarini  va  kelib  chiqish 
sabablarini  bartaraf  etish  uchun  keskin  choralar  ko`rish  shart  bo`lmasa,  ammo 
tabiiy  resursga  salbiy  ta'sir  ko`rsatayotgan  bo`lsa,  tabiiy  resurslardan  foydalanish 
huquqi  cheklanishi  yoki  to`xtatib  qo`yilishi  mumkin.  Tabiiy  resursdan 
foydalanuvchining  huquqini  cheklashda  u  ushbu  huquqdan  mahrum  etilmaydi 
faqat uni tabiiy resurslarga nisbatan huquqi cheklanadi vaHyoki unga qo`shimcha 
majburiyatlar 
yuklanadi. 
Masalan, 
qonun 
hujjatlarda 
yer 
maydonidan 
foydalanishning  ayrim  faoliyat  turlarini  cheklash  yoki  tabiatni  muhofaza  qilish 
bo`yicha  qo`shimcha  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish  va  hokazolar  ko`zda 
tutilgan.  Tabiiy  resursdan  foydalanish  huquqini  to`xtatib  turishda  foydalanuvchi 
ma'lum  bir  muddatga  o`z  huquqlarini  amalga  oshira  olmaydi.  Masalan, 

Suv  va 
sudan  foydalanish  to`g`risida

gi  Qonunning  74-modasiga  muvofiq,  suv 
obyektlariga  oqova  suvlarni  oqizish  shartlari  buzilsa,  tabiatni  muhofaza  qilish 
hamda  sanitariya  nazorati  organlari  oqova  suvlarni  oqizishni  cheklashlari  va 
to`xtatib  qo`yishlari,  hattoki,  ayrim  sanoat  yoki  boshqa  korxona,  tashkilot, 
muassasa  va  ularning  sexlari  va  boshqa  obyektlarining  faoliyatini  to`xtatib 
qo`yishlari mumkin deb ko`zda tutilgan. 
Ekologik  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  atrof 
muhit bilan bog`liq bo`lgan boshqa huquqlardan ham mahrum etiladilar yoki ularni 
cheklash  va  to`xtatib  turish  mumkin.

Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida

gi 
Qonunning 
48-moddasiga 
muvofiq, 
korxonalar, 
inshootlar 
va 
boshqa 
obyektlarning  inson  salomatligiga  yoki  yashash  sharoitiga,  tabiiy  resurslarga, 
alohida  muhofaza  qilinadigan  hududlarga  zararli  ta'sir  etgan  yoki  bunday  ta'sir 
etish  xavfi  tug`ilgan  taqdirda,  ularning  faoliyati  cheklanishi,  to`xtatib  qo`yilishi, 
zararli  ta'sir  etish  sabablarini  bartaraf  etishning  imkoni  bo`lmagan  taqdirda  esa 
tugatilishi yoki o`zgartirilishi mumkin. Bunday obyektlarning faoliyatini cheklash, 
to`xtatib qo`yish, tugatish yoki o`zgartirish xususidagi qarorlarni davlat hokimiyati 
organlari  hamda  tabiatni  muhofaza  qilish  idoralari  chiqaradilar.  Ushbu  qoida 
umumiy  bo`lib,  barcha  tabiiy  resurslarning  holatiga  jiddiy  ta'sir  ko`rsatilganda, 
qo`llaniladi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 

Atmosfera 
havosini 
muhofaza 
qilish 
to`g`risida

gi  Qonunining  13-moddasiga  muvofiq,  atmosferaga  ifloslantiruvchi 
moddalar, biologik organizmlar chiqarish, unga fizikaviy omillarning zararli ta'sir 
ko`rsatishining  belgilangan  shart  va  talablarini  buzish  bilan  bog`liq  faoliyat 


mahalliy  davlat  hokimiyati,  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi,  Sog`liqni 
saqlash  vazirligi  organlari  tomonidan  qabul  qilingan  qaror  bilan  cheklanishi, 
to`xtatib  qo`yilishi,  zararli  ta'sir  ko`rsatish  sabablari  bartaraf  etish  mumkin 
bo`lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. 
 
 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish