Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

3
§
. Yerdan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish 
asoslari va tartibi. 
 
Yerdan  foydalanish  bo`yicha  huquqiy  munosabatlar,  ya'ni  yer  resurslaridan 
foydalanish huquqi stixiyali tarzda kelib chiqmasdan, balki qonunlarda belgilangan 
tartib  va  asoslarda  vujudga  keladi.  Yerdan  foydalanish  huquqi  asoslari  va  tartibi 


O`zbekiston  Respublikasining  Yer  Kodeksi,  "Qishloq  xo`jalik  kooperativlari 
(shirkat xo`jaligi) to`g`risida"gi, "Fermer xo`jaligi to`g`risida"gi, "Dehqon xo`jaligi 
to`g`risida"gi, "Ijara to`g`risida"gi qonunlarida belgilangan. 
Yerdan  foydalanish  huquqi  O`zbekiston  Respublikasining  Yer  Kodeksiga 
binoan  qo`yidagi  asoslarda  vujudga  keladi:  1)doimiy  foydalanish  huquqi  asosida; 
2)  meros qilib qoldiriladigan umrbod  egalik qilish huquqi asosida; 3)ijaraga  olish 
huquqi asosida; 4) xususiy mulk huquqi asosida. 
Yer  uchastkasidan  doimiy  foydalanish  huquqi  deganda  korxona,  muassasa, 
tashkilotlarga  va  fuqarolarga  oldindan  belgilanmagan  muddat  asosida  yer 
maydonlarini 
berib 
qo`yishlik 
tushuniladi. 
Masalan, 
qishloq 
xo`jalik 
kooperativlariga  qishloq  xo`jaligiga  mo`ljallangan  yerlar  belgilangan  maqsadda 
tovar  qishloq  xo`jaligi  ishlab  chiqarishini  yuritish  uchun  doimiy  egalik  qilishga 
beriladi ("Qishloq xo`jalik kooperativi (shirkat  xo`jaligi) to`g`risida"gi qonunning 
14-moddasi). 
Meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi  deganda  dehqon 
xo`jaligi  yuritish,  yakka  tartibda  uy-joy  qurish,  jamoa  bog`dorchiligi  va 
uzumchiligi  yuritish  uchun  beriladigan  yer  uchastkalaridan  foydalanish 
tushuniladi.  Bu  yer  uchastkalari  qonuniy  meros  huquqi  asosida  vorislarga  o`tadi. 
Yer  uchastkalariga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi 
O`zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga  dehqon  xo`jaligi  yuritish,  uy-joy  qurish, 
jamoa bog`dorchiligi bilan shug`ullanish maqsadlarida beriladi. 
Yerdan  ijara  asosida  foydalanish  deganda  ijarachi  tomonidan  ma'lum 
muddatga,  ma'lum  haq  evaziga  yer  egasidan  yer  uchastkasini  foydalanish  uchun 
olish  tushuniladi.  Yer  uchastkasi  ijarasining  shartlari  va  muddatlari  taraflarning 
kelishuviga  binoan  belgilanadi  va  shartnomada  mustahkamlab  qo`yiladi.  Qishloq 
xo`jaligiga  mo`ljallangan  yerlar  ijaraga  ellik  yilgacha  bo`lgan,  biroq  o`n  yildan 
kam  bo`lmagan  muddatga  beriladi.  Yerdan  ijara  asosida  hozirda  asosan  fuqarolar 
fermer xo`jaligi yuritish uchun foydalanadilar. 
Yerdan  xususiy  mulk  asosida  foydalanish  ko`chmas  mulk  joylashgan  yer 
uchastkalarini sotib olish asosida vujudga keladigan tasarruf qilish, egalik qilish va 
foydalanishdir.  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  Kodeksining  18-moddasiga  binoan 
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqi savdo va 
xizmat  ko`rsatish  sohasi  obyektlari  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birga 
xususiylashtirilganda 
vujudga 
keladi. 
Bundan 
tashqari, 
diplomatiya 
vakolatxonalari  xodimlari  chet  el  yuridik  va  jismoniy  shaxslari  uy-joy  sotib 
olganlarida  shu  uy-joy  joylashgan  yer  uchastkalariga  nisbatan  mulk  huquqi 
vujudga keladi. 
Yer  uchastkalarini  egalik  qilish  va  foydalanish  uchun  berish  yer  ajratish 
tariqasida  amalga  oshiriladi.  Yer  uchastkalarini  ajratib  berish  O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar 
hokimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Yerdan  foydalanishni  kelib  chiqishida  yer  berish  jarayoni  muhim 
ahamiyatga ega. Yer berish foydalanishni keltirib chiqaruvchi asosiy vosita bo`lib, 
bu  jarayon  ma'lum  bosqichlardan  iborat.  Dastlabki  bosqich  yer  berilishini  so`rab 
berishdir;  ikkinchi  bosqich  ushbu  arizani  tegishli  davlat  organida  ko`rib  chiqish; 


uchinchisi  yer  berish  to`g`risida  qaror  chiqarish;  to`rtinchisi  natura  tartibida  yer 
uchastkasini joyida yer tuzilishiga asosan ajratib berishdan iborat. Demak, yerdan 
foydalanish  o`z-o`zidan  kelib  chiqmasdan,  balki  belgilangan  tartibda,  yer  berish 
jarayoni  orqali  amalga  oshiriladi.  Yer  uchastkasidan  natura  holida  ajratib 
berilgandan  so`nggina  foydalanish  mumkin.  Aks  holda  yerdan  g`ayri  qonuniy 
foydalanish kelib chiqadi. 
Yer  uchastkasini  ajdratib  berish  tegishli  hokimliklarning  qarorlari 
asosidagina  amalga  oshirilishi  mumkin.  Boshqa  hech  qanday  organ  yer 
uchastkalarini ajratib berish to`g`risida qaror chiqarishga huquqli emas. 
Biror  bir  foydalanuvchi  egaligida  bo`lgan  yer  uchastkalarini  boshqa  bir 
foydalanuvchi  egaligiga  berish  to`g`risida  qaror  chiqarilishi  yoki  olib  berilishi 
mumkin  emas.  Agar  yer  uchastkalari  shu  tahlitda  berilsa,  qonunga  xilof  hatti-
harakat  sanaladi.  Yer  uchastkalari  foydalanib  kelayotgan  subyektdan  qonunda 
belgilangan  tartibda  to`liq  olib  qo`yilgandan  so`nggina,  boshqa  foydalanuvchiga 
berilishi mumkin. 
Yer  berish  stixiyali  tartibda  yoki  bir  boshidan  yoxud  to`g`ri  kelgan  joydan 
emas,  balki  ilmiy  asosda,  belgilangan  maqsad  yo`lida,  yerning  shart-sharoitlari, 
tuproq unumdorligiga qarab amalga oshiriladi. 
Eng  unumdor  yerlar  asosan  qishloq  xo`jaligi  maqsadlari  uchun  beriladi. 
Sanoat korxonalari, temir yo`llar, avtomobil yo`llari, elketr uzatish liniyalari, bosh 
quvur  yo`llari  qurish  uchun,  shuningdek  qishloq  xo`jaligi  ishlab  chiqarishi  bilan 
bog`liq bo`lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yerlar qonunda belgilanishicha, qishloq 
xo`jaligi  uchun  yaroqsiz  hisoblangan  yerlardan  yoki  sifati  yomon  bo`lgan 
yerlardan beriladi. 
Yer berish yer tuzuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan yer uchastkalarining 
chegaralarini shu joyning o`ziga borib o`lchab berganlaridan keyin yerga egalik va 
undan  foydalanish  huquqini  tasdiqlaydigan  davlat  hujjati  berilgandan  so`nggina 
to`la  qonuniy  hisoblanadi.  Ana  shu  ishlar  amalga  oshirilmaguncha,  yerga  egalik 
qilish yoki undan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi. 
Yer  uchastkasiga  bo`lgan  huquqni  tasdiqlovchi  hujjatlar  bo`lib  "Yer 
uchastkasiga  doimiy  egalik  qilish  huquqini  beruvchi  davlat  hujjati",  "Yer 
uchastkasidan  doimiy  foydalanish  huquqini  beruvchi  davlat  hujjati",  "Yer 
uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqini  beruvchi 
davlat hujjati", "Yer uchastkasiga bo`lgan mulk huquqini beruvchi davlat hujjati",  
"Yer  uchastkasi  ijarasi  shartnomasi"  hisoblanadi.  Sanab  ko`rsatilgan  hujjatlarga 
ega bo`lish yerdan foydalanish huquqini keltirib chiqarishga asos bo`ladi. 
Yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor  bo`lish  asoslari 
O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 36-moddasida ko`rsatilgan. 
Yerga  egalik  qilish  huquqini  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor  qilish 
deganda  foydalanish  uchun  berib  qo`yilgan  yer  uchastkalarini  tegishli  davlat 
organlari  tomonidan  qaytarib  olish  va  shu  yer  uchastkasini  bundan  keyin  o`sha 
foydalanuvchi ishlata olish huquqiga ega emasligi tushuniladi. Foydalanish uchun 
berib qo`yilgan yer uchastkalarini qaytarib yoki tortib olish, yoxud boshqacha qilib 
aytganda  yerga  egalik  qilish  huquqini  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor 
qilishga faqat tegishli hokimliklarning haqlari bor. 


Qonunda  yerga  egalik  qilish  huquqi  va  undan  foydalanish  huquqi  qanday 
asoslar  bo`lganda  bekor  qilinishi  mumkinligi  sanab  o`tilgan.  Ana  shu  asoslar  yuz 
bergandagina  hokimliklar  o`z  vakolatlari  doirasida  yerga  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish huquqini bekor qilishi mumkin.  
Yerga  egalik  qilish  huquqini  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor  qilish 
asoslaridan birinchisi sifatida yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish belgilangan. 
Yer  uchastkasidan  ixtiyoriy  voz  kechish  yerdan  foydalanuvchilar  -  tashkilotlar, 
korxonalar,  muassasalar,  ijarachilar,  fuqarolar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Yer 
uchastkalarini foydalanishdan ixtiyoriy voz kechish uchun har xil sabablar: tuproq 
unumdorligining  pasayib  ketishi,  yerdan  foydalanishning  samarasizligi,  yerdan 
foydalanuvchining imkoniyatlarining yetishmasligi va boshqalar bo`lishi mumkin.  
Yer  uchastkasidan  ixtiyoriy  voz  kechilganda  bu  haqda  tegishli  hokimlikka 
murojaat qilinadi. 
Yer uchastkasi berilgan muddatning tugaganligi yerga egalik qilish va undan 
foydalanish huquqini bekor qilish uchun asoslardan biri hisoblanadi. Ma'lumki, yer 
bemuddat  hamda  muddatli  foydalanish  uchun  beriladi.  Masalan,  yer  ijara  asosida 
yoxud  vaqtincha  foydalanish  uchun  berilganda  ma'lum  muddatga  beriladi.  Bu 
muddat tomonlarning kelishuviga binoan 10 yil, 50 yil bo`lishi mumkin. Ana shu 
muddatning tugashi yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini bekor qilish 
uchun asos bo`ladi. 
Korxona,  muassasa,  tashkilotning  faoliyati  to`xtaganligi  oqibatida  ham 
yerdan  foydalanish  huquqi  bekor  qilinadi.  Berilgan  yer  uchastkasi  uni  bergan 
organ tomonidan qaytarib olinadi. 
Ma'lumki,  shartnoma  shartlari  buzilganda  yerni  ijaraga  berish  shartnomasi 
shu  yer  uchastkalarini  ijaraga  bergan  hokimlik  tomonidan  bir  tomonlama  bekor 
qilini  mumkin.  O`z-o`zidan  ravshanki,  shartnoma  bekor  qilinganda  yerdan 
foydalanish huquqi ham bekor qilinadi. 
Yer  uchastkalari  har  bir  yerdan  foydalanuvchiga  hoh  u  qishloq  xo`jalik 
korxonasi  bo`lsin,  yoxud  sanoat  korxonasi  bo`lsin,  belgilangan  maqsad  yo`lida 
beriladi.  Masalan,  qishloq  xo`jalik  korxonalariga  yerlar  qishloq  xo`jalik 
mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi. 
Yerdan  belgilanganidan  boshqa  maqsadlarda  foydalanish  deganda,  eng 
avvalo, shu yer uchastkalariga qonunda man etilgan ekin turlarini, ya'ni, masalan, 
ko`knori, nasha, hind konoplisi va shunga o`xshashlarni yetishtirganlik tushuniladi. 
Qonunda  yerdan  belgilanganidek  boshqa  maqsadlarda  foydalanganlik  uchun 
huquqiy javobgarlikka tortish masalasi ko`rilgan. Ana shu harakatni sodir etganlik 
birinchi  galda  yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor  qilishga 
olib keluvchi asos hisoblanadi. 
Xizmatda  foydalanish  uchun  yer  uchastkalari  toansport,  o`rmon  xo`jaligi, 
o`rmonchilik sanoati, aloqa, suv, baliqchilik va ovchilik xo`jaligi, shuningdek xalq 
xo`jaligining  boshqa  tarmoqlarida  asosan  tegishli  vazirliklarga,  davlat  qo`mitalari 
va idoraliga qarashli korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar foydalanib turgan 
yerlardan,  bunday  yerlar  yetishmagan  taqdirda  esa  -    davlat  zahira  yerlaridan  va 
davlat  o`rmon  fondi  yerlaridan  ajratib  beriladi.  Ular  qishloq  xo`jalik  ekinlari 


yetishtirish, yem-xashak tayyorlash va chorva mollarni boqish uchun foydalaniladi 
va yerlarda imoratlar qurish ta'qiqlanadi. 
Xizmatda  foydalanish  uchun  yerlar  -  ro`yxati  O`zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  xodimlar  kategoriyalariga  berilib, 
shu  xodimlar  muayyan  korxonada,  tashkilotda,  muassasada  ishlab  turgan  butun 
vaqt  mobaynida  foydalanishlari  mumkin.  Bu  xodimlar  ishdan  bo`shagan  taqdirda 
esa,  yoki  boshqa  ishga  o`tganlarida,  ularning  xizmat  yuzasidan  foydalanayotgan 
yerlaridan foydalanish huquqlari bekor bo`ladi. Ya'ni shu yerni foydalanish uchun 
bergan  organ  qarori  bilan  yer  uchastkalari  qaytarib  olinadi.  Shuni  ta'kidlash 
lozimki, xizmatda foydalanish uchun berilgan yerlarga ekin ekilgan bo`lsa, u holda 
bu yerdan foydalanish huquqi hosil yig`ib-terib olinganidan keyin to`xtatiladi. 
Xizmatda  foydalanadigan  yerlardan  foydalanish  huquqi  qarilik  yoki 
invalidlik  pensiyaga  chiqqan  ishchi  va  xizmatchilar  uchun  umrbod,  Qurolli 
Kuchlar  safiga  haqiqiy  xizmatga  chaqirilgan,  shuningdek  o`qishga  yuborilgan 
ishchi  va  xizmatchilarning  oilalari  uchun  mazkur  xodimlar  haqiqiy  harbiy 
xizmatda  yoki  o`quv  yurtida  bo`lgan  butun  davr  mobaynida  bundan  tashqari, 
xizmat  vazifasini  bajarish  vaqtida  xalok  bo`lgan  ishchi  va  xizmatchilarning 
mehnatga  layoqatsiz  oila  a'zolari  uchun  umrbod,  bolalari  uchun  esa  bu  bolalar 
voyaga yetgunlariga qadar saqlab qolinadi. 
Yerdan  foydalanuvchilar  yerdan  oqilona,  samarali  foydalanishlari,  uni 
ehtiyot  qilishlari  kerak.  Qishloq  xo`jaligiga  mo`ljallangan  har  bir  yer 
uchastkalarining  hosildorlik  darajasi  belgilangan  bo`lib,  yerdan  foydalanuvchilar 
shu  yerlarning  kadastrda  ko`rsatilgan  baholaridan  pastga  tushib  ketishiga  yo`l 
qo`ymasliklari  shart.  Ular  aksincha,  yerning  hosildorlik  darajasini  yerdan 
foydalanishning ilmiy qoidalariga amal qilib, ya'ni almashlab ekishni keng yo`lga 
qo`yishlari,  mahalliy  o`g`itlar  orqali  yerga  ishlov  berish  bilan  doimo  oshirib 
borishlari  lozim.  Aks  holda  esa  bu  yer  uchastkasidan  oqilona  foydalanilmaganlik 
uchun unga egalik qilish va foydalanish huquqini bekor qilinishiga olib keladi. 
Yerdan  foydalanuvchilar  tuproq  unumdorligini  oshirish  yuzasidan  samarali 
choralarni  ko`rishlari,  tuproqni  shamol  va  suv  eroziyasidan  saqlash  yuzasidan 
tashkiliy-xo`jalik,  agrotexnika,  melioratsiya  tadbirlarini  amalga  oshirishlari, 
yerlarning sho`rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo`l qo`ymasliklari, begona 
o`tlar  paydo  bo`lishining  oldini  olishlari,  shuningdek  tuproqning  holatini 
yomonlashtiruvchi  boshqa  jarayonlarga  yo`l  qo`ymasliklari,  mineral  o`g`itlarni 
to`g`ri ishlatishlari, ishlab  chiqarish chiqindilari va boshqa chiqitlar, oqova suvlar 
bilan  ifloslanishga  yo`l  qo`ymasliklari,  kimyoviy  va  radioaktiv  bulg`anishga, 
umuman,  ekologiya  vaziyati  yomonlashuviga  olib  boradigan  boshqa  holatlarni 
vujudga  kelishiga  imkon  bermasliklari  kerak.  Sanab  o`tilgan  tadbirlarning 
bajarilmasligi yerga egalik qilish va undan foydalanish  huquqini bekor qilinishiga 
sabab bo`ladi. 
Bundan  tashqari,  O`zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  belgilangan 
muddatlar  mobaynida  yer  solig`i,  shuningdek  ijara  shartnomasida  belgilangan 
muddatlarda ijara haqi uzluksiz to`lanmaganida ham  yerga egalik qilish va undan 
foydalanish huquqi bekor qilinadi. 


Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi uchun berib  qo`yilgan yerlar eng qimmatli 
yerlar hisoblanib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirishda 
o`ta  ahamiyatga  ega.  Bunday  yerlarni  qarovsiz  yoki  foydalanishsiz  qondirilishiga 
yo`l qo`yib bo`lmaydi. Shuning uchun  qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlar bir 
yil  davomida  foydalanishsiz qoldirilsa, unga nisbatan  egalik qilish va  foydalanish 
huquqi  bekor  qilinadi.  Noqishloq  xo`jalik  ishlab  chichqarishi  uchun  berilgan  yer 
uchastkalari, asosan  har  xil  inshootlar, qurilmalar, uy-joylar  va  boshqa  qurilishlar 
uchun  mo`ljallangan  maqsadda  berilib,  ularni  bir  yil  mobaynida  o`zlashtirish, 
belgilangan  maqsadga  erishishga  imkoniyat  qiyinroq  bo`ladi.  Shuning  uchun 
qonunda bunday yerlarni o`zlashtirishga ikki yil muddat belgilangan. Shu ikki yil 
muddat  mobaynida  berilgan  yer  uchastkalaridan  belgilangan  maqsad  yo`lida 
foydalanilmasa, unga egalik qilish va foydalanish huquqi bekor qilinishi mumkin. 
Yuqorida  sanab  o`tilganlardan  tashqari,  yerga  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish  huquqini  bekor  qilish  uchun  O`zbekiston  Respublikasining  Yer 
Kodeksida ko`rsatilgan yerning davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilishi 
(37-modda),  shuningdek  yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  qoidalari 
muntazam  suratda  bo`zilganligi  tufayli  olib  qo`yilishi  (38-modda)  holatlari  ham 
asos bo`ladi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Yer  Kodeksida  yer  uchastkalariga  bo`lgan  mulk 
huquqini  bekor  qilish  asoslari  va  tartibi  batafsil  tartibga  solingan  (36-modda). 
Ushbu moddaga binoan yer uchastkasiga bo`lgan mulk huquqi qo`yidagi hollarda 
bekor qilinadi: 1) savdo va xizmat ko`rsatish sohasi obyektlari, shuningdek uy-joy 
binolari va  boshqa  binolar  yoki  binolarning  bir    qismi  shu  binolar  joylashgan  yer 
uchastkalari bilan birga sotilganda; 2) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va 
xizmat ko`rsatish sohasi obyektlari, shuningdek uy-joy binoalri va boshqa binolar 
yoki  binolarnin  bir  qismi  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birgalikda  qayta 
sotib  olinganda;  3)  qonunda  belgilangan  savdo  va  xizmat  ko`rsatish  sohasi 
obyektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa imoratlar yoki imoratlarning bir 
qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda. 
Yerdan  belgilanganidan  boshqa  maqsadlarda  foydalanganlik,  oqilona 
foydalanilmaganlik,  kimyoviy  va  radioaktiv  bulg`aganligi,  ekologiya  vaziyati 
yomonlashuviga  olib  boradigan  usullar  bilan  foydalanganlik  uchun  yerga  egalik 
qilish  va  undan  foydalanish  huquqi  bekor  qilinganda  bu  qaror  ustidan  norozi 
bo`lgan  yerdan  foydalanuvchilar  sudga  shikoyat  qilishlari  mumkin.  Agar  yerga 
egalik qilish va undan foydalanish qonunga xilof ravishda, asossiz bekor qilingan 
bo`lsa, unda sud bu huquqni tiklashi mumkin. 
Yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  huquqini  bekor  qilish  tartibi 
O`zbekiston  Respublikasi  qonunlari  bilan  belgilanib,  shu  yer  uchastkasini  bergan 
organning  qaroriga  binoan  amalga  oshiriladi.  Bu  qarorda  yerga  egalik  qilish  va 
undan  foydalanish  huquqini  bekor  qilish  muddati  ko`rsatiladi,  yer  uchastkasidan 
kelgusida foydalanish tartibi, zarur hollarda esa bu yer uchastkalaridagi imoratlar, 
inshootlar, ekinlar va daraxtlardan foydalanish tartibi belgilab beriladi. 
 



Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish