Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


VIII BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

VIII BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN 
FOYDALANISHNING HUQUQIY HOLATI. 
 
1
§
. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining 
tushunchasi va xususiyatlari. 
 
Tabiat  obyektlari  ichida  yer  resurslari  alohida  o`rinni  egallaydi.  U 
mamlakatimiz milliy boyligining eng muhim qismi, ishlab chiqarishni yuritishning 
asosiy  negizi  hisoblanadi.  Har  bir  gektar  tuproq  qatlami  o`zida  bir  tonnadan 
ortiqroq  o`simlik  va  hayvonot  organizmini  hayotiyligini  ta'min  etadigan, 
shuningdek  odam  uchun  99  foiz  ozuka  beradigan  bakterial  biomassani  saqlaydi. 
Demak, yer xalqning eng asosiy va bebaho boyligi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan  ta'minlovchi  manbadir.  Shu  sababdan,  yer  resurslaridan  oqilona  foydalanish 
va ularni muhofaza qilish masalasi juda muhim va dolzarb muammolardan biridir. 
Yer  resurslaridan  samarali  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  har  xil 
vosita  va  usullar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Shunday  usullardan  eng 
muhimlaridan  biri  -  yer  boyliklarini  huquqiy  muhofaza  qilishdir,  ya'ni  yerni 
qonunlar  yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan,  ishdan 
chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning 
roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. 
Yer  resurslarini  huquqiy  muhofaza  qilish  zaruriyatini  yana  shu  bilan 
tushuntirish  mumkinki,  yerdan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishda 
tabiiy-ilmiy,  ishlab  chiqarish-tashkiliy,  texnikaviy  tavsiyanomalarning  roli 
qanchalik  katta  bo`lmasin,  ularning  bajarilishi  barcha  davlat  idoralari,  korxona, 
muassasa,  tashkilot,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun  huquqiy  normalarda 
mustahkamlangandan  keyingina  majburiy  xarakterga  ega  bo`ladi.  Aks  holda  bu 
tavsiyanomalar  bajarilmasdan  qolib  ketishi  mumkin.  Shunday  qilib,  yerdan 
oqilona,  samarali  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni  ta'min  etishda  qonunning 
ahamiyati  katta  bo`lib,  u  yerdan  unumli  foydalanish  va  muhofaza  qilish  bilan 
bog`liq  bo`lgan  munosabatlarni  tartibga  soladi  hamda  undan  oqilona  foydalanish 
va har xil g`ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. 
Demak,  yerdan  oqilona,  samarali,  maqsadga  muvofiq  foydalanish  va  muhofaza 
qilishni  qonunlarning  yordamisiz  tasavvur  etib  bo`lmaydi.  Qonunlar  boyliklariga 
ehtiyotkorona  va  oqilona  munosabatdabo`lish,  asrab-avaylash,  qadrlash,  doimo 
tuproq  unumdorligini  oshirib  borish  talabani  belgilaydi,  yerdan  foydalanish 
qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. 
Yuqorida  aytilganlardan  tashqari,  mamlakatimizda  yerlarni  muhofaza 
qilishning  o`ta  muhimligini  yana  shu  bilan  sharhlash  mumkinki,  yildan-yilga 


aholining tez o`sib borishi oqibatida jon boishga hisoblaganda  sug`oriladigan yer 
maydonlari  kamayib  bormoqda.  Bu  ko`rsatgich  50-yillarda  aholi  jon  boishga  0,5 
gektar,  70-yillarda  0,4  gektar,  80-yillarda  0,2  gektardan  to`g`ri  kelgan  bo`lsa, 
hozirgi  vaqtda  esa  undan  ham  pasayib  ketgan.  Shuningdek  qo`rilishlar 
egallaydigan yer maydonlari har 15 yilda ikki barobar ortmoqda. 
Yerni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  huquqiy  qoidalar  asosan  quyidagilarni 
tartibga  soladi:  sug`oriladigan  yerlarni  qishloq  xo`jaligiga  mo`ljallanmagan 
maqsadlarga  berishdan  himoya  qilish;  tuproqni  unumdor  qatlamini  aqlash; 
tuproqni  eroziyadan  saqlash;  yerni  agroximikatlar  ta'siridan  himoya  qilish;  yerni 
ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo`jasizlarcha 
foydalanishdan muhofaza qilish va h.k. 
Eng 
avvalo, 
qonun 
sug`oriladigan 
yerlarni 
qishloq 
xo`jaligiga 
mo`ljallanmagan  yerlar  toifasiga  berilishidan  muhofaza  etadi.  Aslida  bu 
qimmatbaho  yerlar  boshqa  maqsadlar  uchun  faqat  qishloq  xo`jaligi,  suv  xo`jaligi 
idoralari,  shuningdek  tabiatni  muhofaza  qilish  idoralari  bilan  kelishilgan  holda 
amalga oshirilishi, o`ta zarur hollardagina berilishi mumkin. 
Qonunning  yerni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  normalari  tuproqning 
unumdorligini  saqlashni  tartibga  solishga  bag`ishlangan.  Yerdan  xo`jasizlarcha 
foydalanish,  almashlab  ekishga  rioya  qilmaslik,  yerdan  ilmiy    asosda 
foydalanmaslik,  tuproqning  agrotexnika  qoidalariga  rioya  qilmaslik,  zaharli 
ximikatlarni ko`p miqdorda  ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. 
Mutaxassislarning  ma'lumotiga  ko`ra,  tuproqning  qimmatbaho  sifatini  osonlikcha 
yakson  qilib  tashlash  mumkin.  Uni  tiklash  jarayoni  esa  juda  og`ir  va  uzoq 
muddatni  talab  etadi.  Masalan,  10  santimetr  qalinlikdagi  tuproqning  unumdorlik 
qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak. Shundan kelib chiqib, qonunlarimiz 
tuproqning  unumdorlik  qatlamini  muhofaza  qilishga  qaratilgan  qat'iy  talab  va 
choralarni belgilaydi. 
Yerdan  foydalanish  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  qonunlar  yerga 
nisbatan  xo`jasizlarcha  munosabatda  bo`lishdan  muhofaza  etadi.  Yerdan 
xo`jasizlarcha  foydalanish  deganda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  yerni 
yaxshilash,  tuproqni  shamol,  suv  ta'sirida  yemirilishdan  va  tuproq  holatini 
yomonlashtiruvchi 
boshqa 
jarayonlardan 
himoya 
qilish 
majburiyatlarini 
bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan bo`lsa o`sha 
maqsadlarda 
foylanmaslik 
tushuniladi. 
Qonunda 
belgilanishicha 
yerdan 
foydalanuvchilar  tuproq  unumdorligini  oshirish  yuzasidan  samarali  choralarni 
ko`rishlari,  tuproqni  shamol  va  suv  ta'sirida  yemirilishdan  saqlash  yuzasidan 
tashkiliy--xo`jalik,  agrotexnika,  o`rmon-melioratsiya  va  gidrotexnika  tadbirlarini 
amalga  oshirishlari,  yerlarning  sho`rlanish,  zax  bosish,  ifloslanish  holatiga  yo`l 
qo`ymasliklari,  begona  o`tlar  bosishini  oldini  olishlari  lozim.  Yer  qonunchiligini 
ushbu  talablarini  bajarmaslik  yerdan  xo`jasizlarcha  foydalanish  hisoblanib,  uni 
muhofaza rejimini buzish deb qaraladi. 
Yerni  huquqiy  muhofaza  qilish  o`z  oldiga  uni  ishdan  chiqarmaslik 
maqsadini  qo`yadi.  Yerni  buzishda,  uni  ishdan  chiqarishda  eroziyaning  ta'siri 
kuchlidir. Eroziya deganda unumdor tuproq qatlamining suv yoki shamol ta'sirida 
buzilishi  tushuniladi.  Tegishli  davlat  idoralari,  yerdan  foydalanuvchilar  yerlarni 


melioratsiyalash  va  muhofaza  qilishga,  ihota  daraxtlari  o`tkazishga,  tuproq 
eroziyasiga  qarshi  kurashishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishlari 
kerak.  Ushbu  chora-tadbirlarni  bajarmaslik  yer  muhofazasi  talablarini  buzish 
hisoblanadi. 
Aytilganlardan 
tashqari, 
yerdan 
foydalanuvchilar 
yerlarni 
sanoat 
chiqindilari,  oqova  suvlar  bilan  ifloslantirish,  yerlarni  talon-taroj  qilinishidan 
himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida ko`rsatilgan. 
Yuqorida  bildirilgan  fikrlardan  kelib  chiqib,  yer  resurslarini  huquqiy 
muhofaza  qilish  deganda  yerdan  oqilona  foydalanish,  uni  qishloq  xo`jaligi 
oborotidan  asossiz  ravishda  tortib  olinishning  oldini  olish,  zararli  antropogen 
ta'sirdan  himoya  qilish,  shuningdek  tuproq  unumdorligini  tiklash  va  oshirish, 
o`rmon  fondi  yerlarining  samaradorligini  yuksaltirishga  qaratilgan  huquqiy 
normalar  yig`indisi  tushuniladi.  Bu  huquqiy  normalar  faqat  yer  qonunchiligida 
emas,  balki  tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish,  jinoyat, 
fuqarolik,  ma'muriy,  mehnat,  kooperativ,  fermer,  dehqon  xo`jaligi  to`g`risidagi 
qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. Demak, yerlarni muhofaza qilish kompleks 
huquq sohalari bilan tartibga solinadi. 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish