Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   257
4.1.3. Abu Rayhon Beruniy  
O‘rta  Osiyo  va  Xurosondagi  ilm  va  fanni  XI-XII  asrlarda  Abu  Rayhon 
Beruniy  asarlarisiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Chunki,  u  Turkiston  va 
Xurosonnigina emas, balki jahonning eng ulug‘ olimlaridan biridir. Bu allomaning 
asarlari  sobiq  Ittifoqdagina  emas,  balki  Hindistonda,  Pokistonda,  Misr,  Eron, 
Angliya,  Frantsiya,  Italiya,  Germaniya,  AQSH,  Turkiya,  Eron  va  boshqa 
mamlakatlarda ham chop etilib o‘rganilib kelinmoqda. 
Abu Rayhon Beruniy 973 yili 4 sentyabrda Xorazmda Kot shahrida tug‘ilgan 
(hozirgi  Beruniy  shahri  o‘rnida  bo‘lgan).  U  yoshlik  chog‘idayoq  tabiiy  fanlarni 
o‘rganishga  e‘tibor  berib,  astronomiya,  geografiya,  minerologiya,  geodeziya  va 
kartografiya fanlari sohalarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Ma‘lumotlarga 
qaraganda,  uning  113  asari  bo‘lgan.  Sharqshunoslarning  eng  so‘nggi  hisoblariga 
ko‘ra  bu  asarlarning  70  tasi  astronomiyaga,  20  tasi  matematikaga,  12  tasi 
geografiya  va  geodeziyaga,  4  tasi  kartografiyaga,  3  tasi  iqlimga  va  hakazolarga 
tegishlidir.  
P.G.Bulgakovning  taxminicha,  Beruniy  jami  10  ming  varaq  qo‘lyozma  asar 
yaratgan. Agar Beruniy qo‘lyozmalarining hammasi chop etilsa, har biri 35 bosma 
taboqa  40  jild  bo‘lishi  mumkin  ekan.  Beruniy  asarlari  orasida  geografiyaga  doir 
asarlari  juda  ko‘p  bo‘lib,  ularda  geodeziya  va  kartografiyaga  tegishli  qismlari 
(boblari) bo‘lgan. Beruniy «Tastix as-suvar va tabtix al-quvar» asarida (bu asarni 
H.Hasanov  «Kartografiya»  deb  atagan)  usturlab  (astrolyabiyaning  bir  turi), 
graduslar  to‘ri,  sharni  tekis  yuzaga  tushirish  va  kartografik  proektsiyalar,  osmon 
globusini yasash to‘g‘risida ma‘lumotlar bergan.  
Asarda  kartalarda  tasvirlanadigan  obyektlarni  (tafsilotlarni)  qaysi  ranglarda 
tasvirlash  kerakligi  aytib  o‘tilgan.  Masalan,  dengizlar  pistamag‘iz  rangda,  oqar 
suvlar  qaxrabo  va  osmoniy  rang  bilan,  qumlar  za‘faronsimon  sariq  rang  bilan, 
shaharlar  chorburchak  shaklda  qirmizi  va  qizil  rangda,  yo‘llar  kulrangda 
tasvirlangan. 
«Hindiston»  kitobida  shaharlarning  geografik  koordinatalarini  hisoblab, 
ularning o‘rnini tekis yuzada tasvirlagan. Masalan, u Loxur qal‘asining kengligini 
34
0
 10‘ ekanligini va G‘azni shahriniki 33
0
 35‘, Qobul shahriniki 33
0
 47‗, Nandna 
qal‘asiniki 32
0
 ekanligini hisoblab bergan. 
Beruniy  Hindistondalik  vaqtida  Yer  aylanasining  uzunligini  va  1

yoy 
uzunligini oddiy usulda o‘lchash yo‘llarini ishlab chiqqan. 
Olimning  eng  yirik  asarlaridan  «Qonuni  Mas‘udiy»  ni  1037  yillarda,  ya‘ni 
umrining so‘nggi yillarida yozib tomomlagan, uni o‘sha davrning podshosi Sulton 


 
50 
Ma‘sudga bag‘ishlagan. Bu kitob Beruniy asarlaridan birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga 
tarjima qilingan. 
Beruniy  o‘zining  asarida  geografik  koordinatalarni  aniqlashni  o‘zi  ishlab 
chiqqan  yangi  usuldan  foydalanib,  Yer  yuzidagi  600  dan  ortiq  joyning  o‘rnini 
aniqlagan. Beruniy ma‘lumotlarini qanchanlik aniq ekanligini M.Teshaboev tuzgan 
quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin. 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish