4.1.4. Mahmud Qoshg‟ariy kartasi
Ma‘lumki XI asrda O‘rta Osiyoda shuningdek, Issiqko‘l bo‘ylarida va
Qashg‘arda Qoraxoniylar davlatining poytaxtida ham yirik ilm-ma‘rifat markazlari
bo‘lgan. Qoshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn Husayin ibn Muhammad. Uning
otasi Husayin Issiqko‘l bo‘yidagi Barsg‘on shahridan bo‘lgan.
Otasi xizmat yuzasidan bo‘lsa kerak Qoshg‘arga ko‘chib borib o‘rnashib
qolgan. Shuning uchun Mahmudning ismi Qoshg‘ariy bo‘lib ketgan deb yozadi
H.Hasanov. Qoshg‘ariy, Buxoroda, Bag‘dodda, Samarqandda bo‘lgan uning
yozishicha, bir necha yillar mobaynida turk tili lug‘atini yaratish maqsadida
«Rumdan Mochingacha, Qora dengiz bo‘ylaridan Xitoygacha sayyohat qilgan».
Olimni dunyoga tanitgan «Devonu lug‘atit turk» shoh asari, 319 varaqdan iborat
bo‘lgan. Akademik I.Yu.Krachkovskiyning bu asar turkologiya sohasida katta bir
voqea deb yozgan edi. Asarning lingvistik ahamiyati nihoyat darajada katta. Asar
geografik jihatdan ham muhimdir. Asarga ilova qilingan doiraviy karta alohida
ahamiyatga egadir.
Bu karta bitta doiradan iborat bo‘lib, hozirgi sharqiy yarimsharga o‘xshaydi.
Kartaning ham arabcha, ham o‘zbekcha nusxalari bo‘lgan, arabcha bosma
nusxasining diametri 24 sm, o‘zbekcha nusxasi 18 sm (7-rasm).
Karta rangli qilib ishlangan va shartli belgilardan foydalanilgan. Masalan,
dengiz va ko‘llar to‘q yashil rangda, daryolar zangori rangda, tog‘lar qalin qizil
chiziqda, qum va cho‘llar sarg‘ish tasma shaklida, shaharlar sariq doirachalar,
mamlakat chegaralari qizil rangdagi ingichka chiziqlar bilan tavirlangan.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda kartalarda aholi yashaydigan
joylar: shaharlar, posyolkalar doiracha shaklida (punsonda) tasvirlanadi. Mahmud
Qoshg‘ariy kartasi bu belgini qadimdan ishlatilib kelinganligini ko‘rsatadi. O‘sha
davrdagi kartalardagi kabi, muallif yashagan makon karta markazi qilib tanlangan.
Kartada muallifning o‘z yurti Issiqko‘l bilan Balasog‘unning oralig‘i karta markazi
qilib olingan. Istaxriy kartasida esa dunyoni markazi Makka ko‘rsatilgan. VIII
asrga mansub turkiy yozma yodgorliklardan ma‘lumki, kun chiqish tomon ilgari
old tomon hisoblangan. Dunyoning boshqa tomonlari shu asosiy tomonga nisbatan
aytilgan. Qadimiy turkiy tilda «yuqori» so‘zi sharq tomonni, «quyi» so‘zi esa
g‘arbni bildirgan.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |