Mavzuli kartografik materiallar –
bular mavzuli kartalarni tuzish uchun
asosiy manbalar bo‘lib hisoblanadi. Ularga dala mavzuli plan olish natijalari, turli
masshtabli va maqsadli mavzuli kartalar, har xil chizmalar – yerlardan foydalanish,
o‘rmon planlari va boshqalar kiradi. Yirik masshtabli mavzuli kartalar mayda
masshtabli va mazmunan yaqin bo‘lgan kartalarni tuzish uchun manba bo‘lib
hisoblanadi. Masalan, tuproqlarni kartaga olishda o‘simliklar va geomorfologik
kartalar; geomorfologik kartalarni tuzish uchun esa geologik va tektonik
kartalardan foydalaniladi. Sintetik va rayonlashtirish kartalarini tuzish uchun turli
mavzudagi kartalar seriyasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |