152
Hozirgi kunda aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash
va transportlar harakatining unumdorligini oshirish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan mamlakatimizdagi shahar
hokimiyatlari tarkibida yo‘lovchi tashish transporti boshqarmalari
tashkil qilingan. Bu ishlarni Toshkent shahri misolida ko‘rish
mumkin. Barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish,
yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbul holga keltirish
shaharda yo‘lovchi tashish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish,
litsenziyalar berish huquqiga ega bo‘lgan holda yo‘lovchi tashish
yo‘nalishlarini qat’iy tender asosida
belgilash, raqobat muhitini
vujudga keltirish va barcha yo‘lovchi tashuvchilar,
shu jumladan,
xususiylar uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoit
yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash,
shahar avtobus va elektr transportida yo‘lovchi tashish bo‘yicha
cheklangan tariflarni belgilash yuzasidan shahar hokimiga
moliya
idoralari bilan kelishilgan takliflarni kiritish, ularga rioya etilishini
nazorat qilish, shaharda yo‘lovchi tashishning avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan, yerusti yo‘lovchi
transportida yo‘l haqi to‘lash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish
va shahar yo‘lovchi transporti harakat yo‘nalishlarida nazorat
o‘rnatish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Transportning
barcha turlarini muvofiqlashtirish markazi shahar hokimligining
tarkibiy bo‘linmasi sifatida Yo‘lovchi transportining barcha
turlari
harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga uning
asosiy vazifalari etib belgilab berildi.
Shahar atrofi va shaharlararo aloqalarda yo‘lovchilar avtomobil
(avtobus va yengil avtomobil-taksi) transportlarida tashishlarni
muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatlar viloyatlardagi O‘zbekiston
avtomobil va daryo transporti agentligining bo‘limlariga berilgan.
Ushbu transportlar harakatini muvofiqlashtirish quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
— ayrim turlar orasida yo‘lovchi tashish hajmini to‘g‘ri
taqsimlashni;
— yagona transport tarmog‘ini va yo‘nalish tizimini kelishuvga
asosan tuzishni;
— avtobuslar harakati jadvalini temiryo‘l poyezdlari va
samolyotlarning yo‘nalishlari, jo‘nash va kelish
vaqtlariga moslab
tuzishni;
— transport inshootlari va dispetcher aloqa vositalaridan
birgalikda foydalanishni;
153
— yagona yo‘lovchi chiðtasiga asosan to‘g‘ri va aralash aloqani
tashkil qilishni;
— barcha turdagi yo‘lovchi transportlaridan foydalanish
qoidalarining kelishuvini.
Ayrim turdagi transportlar harakatini muvofiqlashtirishning
to‘g‘ri tashkil qilinishi yagona tarif tizimini qo‘llashga,
dastlabki
hisob va hisobotni hamda hujjatlarning aylanishini bir xil shaklga
keltirishga imkoniyat tug‘diradi.
Shahar yo‘lovchi transporti ishini moslashtirish masalalari
yechilayotganida har bir transport turining afzalliklari va kam-
chiliklari hisobga olinishi kerak (18-jadval).
18-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: