Avtotransport vositalarida


Avtobuslar harakatini GPS tizimi orqali



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/91
Sana17.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#380763
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

3.11. Avtobuslar harakatini GPS tizimi orqali
nazorat qilish va boshqarish
Bugungi kunda «Toshshahartransxizmat» Uyushmasi tasar-
rufidagi MNX eng zamonaviy kompyuter va aloqa vositalari
bilan ta’minlaganligiga qaramay, avtobuslar harakati va qatnov-
lar muntazamligini ta’minlash eng dolzarb muammolardan biri
bo‘lib qolyapti.
Harakatlanish va qatnovlar muntazamligining buzilishiga
olib kelayotgan obyektiv va subyektiv sabablarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Tig‘iz vaqtdan keyingi vaqtlarda, ya’ni yo‘lovchilar oqimi
kamaygan oraliqda ba’zi qatnovlarning haydovchilar tomonidan
bajarilmasligi.
2. Ish kunining oxiridagi qatnovni ko‘p hollarda bajarmay
haydovchilarning saroyga qaytib ketishi.
3. Bir ko‘cha-yo‘l tarmog‘idan bir nechta avtobus yo‘nali-
shining o‘tganligi sababli bir paytda bir nechta avtobuslarning
bekatga yetib kelib qolishi natijasida oraliq bekatlarda avtobuslar-
ning zaruratdan ortiq turib qolishi.
4. Oraliq bekatda avtobusning ortiqcha ushlanib qolishi sababli
haydovchilarning belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakat-
lanishi va natijada xavfli yoki avariya vaziyatlarining vujudga kelishi.
5. Yo‘nalishda avtobuslarning ko‘rilayotgan istalgan vaqtda
(
on line
) harakat jadvaliga muvofiq harakatlanayotganligini yoki
avtobuslarning belgilangan yo‘nalishdan tashqariga chiqishini
nazorat qilish imkoniyatining yo‘qligi.
Bugungi kunda har bir haydovchi uyali telefon apparatiga
egaligi sababli avtobuslarning yo‘nalishdagi harakatini, asosan,


138
o‘zlari tartibga solmoqdalar. Yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, haydovchi va yo‘nalish nozimla-
riga nisbatan ko‘rilayotgan choralar ham hech qanday samara
bermayapti.
Tajribalardan aniqlanishicha, bugungi kundagi fan va texnika
taraqqiyoti (fazoga sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishi va ulardan
xalq xo‘jaligida foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi) bu kam-
chiliklarni to‘liq bartaraf etish imkoniyatini berishi mumkin
ekan.
Birinchi sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi yo‘ldosh orqali
transportlar harakatini nazorat qilish imkoniyatining yaratili-
shiga asos bo‘ldi.
GPS (
Global Positioning System
) tizimlari hozirgi zamon
sun’iy yo‘ldosh monitoringi transport vositalarining 
on line
vaqtda qayerda va qanday harakatlanayotganligini aniqlab beradi.
Hozirgi zamon GPS tizimlari haydovchilar butun ish kuni
davomida nazorat ostida ekanliklarini bilishlari sababli boshqa
yo‘nalishlarga o‘tib ketish ehtimolini kamaytiradi hamda ularning
intizomi ham oshishiga olib keladi (21-rasm).
Avtotransport sun’iy yo‘ldosh monitoring tizimi avtomo-
billarning harakatlanishini kuzatib borish bilan bir paytda,
21-rasm.
 GPS tizimi orqali avtomobillarning harakatlanishini
kuzatib borish.


139
ularning yo‘nalishdan og‘ishi, favqulodda vaziyatlar vujudga
kelib qolganida SMS orqali korxonaga xabar yuborishi mumkin.
Transport vositalari korxonaga qaytib kelganida ma’lumotlarni
o‘zida saqlab qolishi sababli berilgan topshiriqning qanday
bajarilganligi to‘g‘risida yozma matnda yoki jadval ko‘rinishida
hisobot tayyorlab beradi.
Rossiya olimlari ishlab chiqqan ÃËOÍAÑÑ (Ãëîáàëüíàÿ
íàâèãàöèîííàÿ ñïóòíèêîâàÿ ñèñòåìà) 1980-yillarda yaratila
boshlagan va birinchi yo‘ldosh 1982-yil 12-oktabrda fazoga
uchirilgan. 1993-yili ÃËOÍAÑÑ tizimining birinchi navbati
ishga tushirilgan. Sun’iy yo‘ldosh tizimi quyidagi imkoniyatlarga
ega (22-rasm):
22-rasm. 
Avtobusning harakatini nazorat qilish.
Xarita
Yo‘ldosh
Gibrid
Landshaft
Yo‘nalish
Ma’lumotnoma
Avtobus
Trolleybus
Yo‘nalishli taksi
Avtobus ¹45 (4 grafik)
Jadval
09:37 Kirov maydoni
13:04 Chemskoy maydoni
13:40 Kirov maydoni
13:59 Petuxov ko‘chasi
14:17 Kirov maydoni

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish