Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/91
Sana17.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#380763
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Shahar ichi yo‘nalishlarida tashishlar nimasi bilan boshqa
tashishlardan keskin farq qiladi?
2. «Tig‘iz» soat deb qanday soatga aytiladi?
3. «Tig‘iz» soatlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning
qanday usullarini qo‘llash mumkin?
4. «Tig‘iz» soatlarda avtobuslar uchun alohida harakat bo‘laklarini
ajratish qanday samara beradi?
1.8. Tashish uchun haq olishni
tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilardan undiriladigan
tashish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ni ng  2003- yi l 4- no yabrdagi 482-sonli «O‘zbekiston
Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj
tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish
xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida»gi
qarori va boshqa qonunlar asosida amalga oshiriladi.
Shahar yo‘lovchi transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish
haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchi
transporti to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga ko‘ra,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimiyati organlari (bugungi kunda bu


75
vakolat Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining
barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish
departamentiga berilgan) tomonidan yo‘l qo‘yiladigan doirada
belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyat ichidagi yo‘nalish-
larda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vàzirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston
avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘limlari
va yoki yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarining
taqdimnomalari bo‘yicha).
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda —
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan
tasdiqlanadi (shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘lovchilar
tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar
o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komis-
siyalarning taqdimnomasi bo‘yicha).
Tarif deb yo‘lovchilarni tashish xizmatiga belgilangan
bahoga aytiladi.
Shaharda yo‘lovchilar tashishda, asosan, yagona tarifdan
foydalanib kelinyapti, har bir yo‘lovchi qancha masofa
yurishiga emas, balki transportdan foydalanganlik soniga qarab
haq to‘laydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli «O‘zbekiston
Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj
tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish
xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida»gi
qarorining ikkinchi paragrafiga ko‘ra yo‘lovchilar yo‘l haqini
yo‘lkira kartochkalari bilan ham to‘lashlari mumkin.
Shuningdek, qarorda yo‘lovchi o‘zi bilan olib ketayotgan
bitta o‘rin bagaj o‘lchami 60

40

20 sm dan va og‘irligi 20 kg dan
oshganda tarif asosida qo‘shimcha haq olinishi ham belgi-
langan.
Shahar atrofiga qatnaydigan va shaharlararo (viloyat
ichidagi) avtobus yo‘nalishlarida tariflar bir yo‘lovchi-kilo-
metr tannarxi asosida avtobus saroyining keyingi rivojlanishini
ko‘zda tutib tuziladi va viloyat hokimligi tomonidan, sha-
harlararo viloyatdan tashqaridagi tashishlarda esa O‘zbekiston
avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiq-
lanadi.


76
Avtobuslarda yo‘lovchilar buyurtma asosida tashilganida
tashish uchun haq soatbay tarif asosida olinadi. Bunda tashilgan
yo‘lovchilar soniga qarab emas, avtobusdan buyurtmachi necha
soat foydalanganligiga qarab haq to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini bozor sharoitiga o‘tish
davrida ijtimoiy himoya qilish maqsadida aholining ma’lum
toifasini tashishlarda ularga imtiyozlar beriladi, ya’ni bunday
hollarda imtiyozli tarif qo‘llaniladi.
O‘rnatilgan tariflar yo‘lovchilarni tashish xarajatlarini
qoplashi kerak. Tashish tannarxi harakatlanuvchi tarkibning
yo‘lovchilarni tashish davomida sarf qiladigan xarajatlardan
tashkil topadi. Shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashish
uchun olinadigan haq tashilgan yo‘lovchilar sonini o‘r-
natilgan yagona tarifga ko‘paytirilib hisoblanadi. Shahar atrofiga
qatnaydigan va shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida tashish
haqi bajarilgan yo‘lovchi-kilometrni yo‘nalishda foyda-
laniladigan avtobus turlarini hisobga olib o‘rnatilgan tarifga
ko‘paytirib hisoblanadi. Shahar yo‘nalishlaridagi avtobuslarda
tashishdan olinadigan daromad quyidagi formula bilan hisob-
lanadi:


1yo‘l
.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish