A. 10 yoshli nevara mulk egasi bo‘lish huquqiga egami? B. Ota-onasi qizining uyini o‘z nomlariga o‘tkazishga haqlimi? 4. 16 yoshli Abdurahmon ota-onasining roziligi bilan
televizor sotib oldi.
18 yoshli Aziza yaxshi tuflisini ota-onasining rozi
ligisiz
o‘rtog‘iga berib yubordi.
10 yoshdagi Mohinur ota-onasining roziligisiz foto
ap -
paratini kitobga almashtirib oldi.
16 yoshli Muhayyo yozgi ta’tilda ishlagan mehnat haqiga
o‘ziga palto sotib oldi.
15 yoshli Bahrom ota-onasining ruxsatisiz velosiped
sotib oldi.
Yuqoridagi shaxslarning qaysi birlari Fuqarolik qonunida ko‘rsatilgan bitimlarga haqsiz? 5. Ota-onasi vafot etganda Zamira 16 yoshda edi. Unga
buvisi homiylik qildi. Buvisining roziligisiz Zamira uyidagi
qimmatbaho servizni o‘qituvchisining tug‘ilgan kuniga hadya
qildi. Buvisi bilib qolib, hadyani qaytarishni talab qildi.
A. Kim haq?