«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi



Download 391,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/186
Sana16.01.2022
Hajmi391,9 Kb.
#377694
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186
Bog'liq
huquqshunoslik

Huquq normalari
– davlat tomonidan o‘rnatiladi-
gan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, barcha
uchun umumiy majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidala 
-
ridir. 
Huquq shakllari
Huquq shakllari deganda uni obyektiv ifodalash
tushuniladi. Davlat va huquq nazariyasida huquq
shakl lari to‘rtga bo‘linadi:
1.
Huquqiy odat.
2.
Sud pretsedenti.
3.
Normativ huquqiy aktlar.
4.
Shartnomalar.
Huquqiy odat
deb doimiy takrorlanishi natijasida
barqaror xulq-atvor normasiga aylangan, keyinchalik
davlat tomonidan tasdiqlangan xulq-atvor qoidasiga
aytiladi.
Sud pretsedenti
bu muayyan ish bo‘yicha chiqaril-
gan sud qarori kelgusida shunday ishlarni hal etishda
qoidaga aylanib foydalanilishi mumkin.
I  b o b.  Davlat va huquq nazariyasi


28
Huquqshunoslik
Normativ huquqiy akt
vakolatli davlat organining
belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik hujjati bo‘lib,
umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro shartnoma
– xalqaro huquqning ikki yoki
bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan bitim
bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o‘zgar-
tiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir.
Qonun
deganda, davlat hokimiyatining oliy organi
tomonidan qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tar -
tibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan norma-
tiv huquqiy akt tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy
huj  jatlar to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra
«Nor  mativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisob 
-
lanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hu-
jjatlari majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘z 
-
be kiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston
Respub likasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qo-
nunlar hi sob     lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon-
lari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah ka masining
qa ror lari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining
normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hoki 
-
miyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlari
hisoblanadi».
Qonunlarning o‘ziga xos belgilari mavjud:
1) qonun yuqori yuridik kuchga ega; 2) u norma-
tiv-huquqiy xarakterga ega; 3) davlat hokimiyatining
yuqori vakillik organi to monidan chiqariladi; 4) qonun
xalqning irodasini mujassamlashtiradi; 5) qonunda turli
ijtimoiy munosabatlar tartibga so 
linadi; 6) qonunlar
davr ta lablarining bajarilishiga qaratiladi.
Farmonlar
davlat boshlig‘i tomonidan chiqariladi.
Farmonlar normativ xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.  


29
I  b o b.  Davlat va huquq nazariyasi
Farmonlar Konstitutsiya va qonunlarga zid kel-
masligi kerak.
Farmonlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1)  iqtisodiy sohadagi farmonlar;
2) siyosiy sohadagi farmonlar;
3) ijtimoiy-madaniy sohadagi farmonlar;
4) mafkuraviy sohadagi farmonlar.
Farmonlar: imtiyoz beruvchi, ruxsat etuvchi,
rag‘batlantiruvchi, majburiyat yuklovchi, tavsiya etuv 
-
chi farmonlarga bo‘linadi.
Tartibga soluvchi predmetga ko‘ra farmonlar huquq
tarmoqlariga munosib holda davlat huquqiy, ma’-
muriy-huquqiy, moliya-huquqiy, mehnat va fu qa roviy-
huquqiy, jinoiy-huquqiy sohalarga bo‘linadi.
Huquq sohalari
Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tar 
-
tibga solib turuvchi huquq sohalari mavjud. Huquq so-
halari 
Konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik, ma’muriy, ji-
noiy, yer huquqi, mehnat, oila, jinoiy-ijroiya, qishloq
xo‘jaligi, ekologiya (tabiatni muhofaza qilish), moliya,
fuqarolik-ijroiya 
va hokazolarga bo‘linadi.
O‘z navbatida huquq sohalari sohachalarga, insti-
tutlarga bo‘linadi. Masalan, fuqarolik huquqi sohasi –
majburiyat, intellektual mulk, vorislik kabi huquq so-
hachalarini o‘z ichiga oladi. Huquq institutlari ijtimoiy
munosabatlarning u yoki bu turlarini tartibga soladi.
Masalan, mehnat huquqi mehnat intizomi, moddiy
javobgarlik, mehnat muhofazasi va hokazo institutlarni
o‘z ichiga oladi.
Huquq normalari tomonidan tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar xususi 
-
yatiga ega bo‘ladi. 

Download 391,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish