Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya


ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/145
Sana16.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#375719
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145
Bog'liq
Uchposobiye

ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
Lupa vositasida yuqorida ko‘rsatilgan o‘simlik gullaridan olib, ularni 
qismlarini alohida-alohida ko‘zdan kechiring. Morfologik tuzilishi, soni va 
o‘rnashish tartibini aniqlang, keyin ko‘rgan gullarnigizni formula va diagrammasi-
ni daftaringizga chizib oling. 
 
SAVOLLAR: 
1.O‘rik gulini gul formulasi va diagrammasini tuzing? 
2.Sho‘ra gulini gul formulasi va diagrammasini tuzing? 
3.Ayiqtovon gulini gul formulasi va diagrammsini tuzing? 
 
TO‘PGULLAR MORFOLOGIYaSI VA TURLARI. 
 
UMUMIY TUShUNShA.
 O‘simliklarning guli yakka-yakka joylashishdan 
tashqari to‘pgul bo‘lib ham joylashgan bo‘ladi. Mayda gullarning yig‘indisiga 
to‘pgul deb aytiladi. To‘p bo‘lib birikkan mayda gullar aniq ko‘rinib turadi va ha-
shoratlarni o‘ziga ko‘proq jalb qiladi. Bundan tashqari to‘pgulda gullar, odatda bir 
tekis ochilmaydi va sharoit noqulay bo‘lib qolsa ularning bir qismi nobud bo‘ladi. 
To‘pgullar shoxlanish tipiga ko‘ra monopodial va simpodial turlarga 
bo‘linadi. 
Monopodial to‘pgullarning asosiy tanasi va gullarining soni noaniq bo‘ladi. 
Bu tipdagi to‘pgullarning asosi – o‘qi bo‘lib, unda o‘sish uzoq vaqt davom etadi
gullar pastdan -yuqoriga qarab birin-ketin rivojlanib boradi. Avvalo, o‘q pastida 
joylashgan gullar, so‘ng esa, sekin-asta markazga tomon rivojlanadi, ya'ni eng 
chetdagi gullar oldinroq, o‘rta qismidagi gullar esa keyinroq ochiladi. 
Monopodial to‘pgullar oddiy va murakkab bo‘ladi. Agar gullar to‘pgulning 
birinchi tartib o‘qida o‘rnashsa oddiy to‘pgul deyiladi. Masalan, olcha, piyoz, 
bargizub gullari oddiy to‘pgullar hisoblanadi. Aksincha, gullar to‘pgulning ikkin-
chi yoki 3-4-tartib o‘qida o‘rnashsa murakkab to‘pgul deyiladi. Masalan, uzum, si-
ren', bug‘doy va suli gullari murakkab to‘pgul hisoblanadi. 
Monopodial to‘pgulning har ikki xilida gullarning o‘rnashish holati, ya'ni 
bandli va bandsizligiga qarab ham bir necha shakl to‘pgullarga bo‘linadi: 


 97
boshoq - o‘qida gullar gulbandsiz o‘rnashgan to‘pgullar oddiy boshoq ( 
bargizub), bug‘doyda to‘pgullari murakkab boshoqdir): 
so‘ta-boshoqqa o‘xshasada, lekin o‘q qismi etli (makkajo‘xori so‘tasi). 
kuchala –boshoqsimon, lekin osilib turadigan shingildir Masalan: tol, terak, 
yong‘oq otalik gulining to‘pgullari. 
Shingil to‘pgul, o‘qida gullar har xil uzunlikdagi bandlar bilan o‘rnashgan 
va ko‘pincha yon barglarga ham ega. Masalan: zirk, oq akatsiya va boshqalar. 
Soyabon to‘pgullar. Markaziy o‘qi qisqa bo‘lib unda bir necha uzunligi bir 
xil bo‘lgan bandli gullar o‘rnashgan. Ular bir xil tekislikka ega. Masalan: piyoz, 
olcha, va boshqalar. 
Savatcha to‘pgullar. Tashqi ko‘rinishdan boshchaga o‘xshaydi, lekin gul 
o‘rni juda qalinlashgan va kengaygan bo‘lib, likopchani eslatadi, unda bandsiz gul-
lar guj-guj joylashib turadi. Likopchalarning tubi gulyonbargchalar bilan o‘ralgan 
bo‘lib, ular barg o‘rami hosil qiladi. Kungaboqar, bo‘tako‘z va boshqa ko‘p 
o‘simliklarning to‘pguli bunga misol bo‘ladi.  
Simpodial to‘pgul – soxta dixotomik shoxlanishga ega bo‘lib, aniq to‘pgul 
deyiladi. Gulning asosiy o‘qi gul bilan tugab, u birinchi bo‘lib ochiladi. Simpodial 
to‘pgullar bir necha shaklda bo‘ladi. 
1.Monoxaziy to‘pgul ikki xil bo‘ladi: 
a) gajak to‘pgul o‘qi bir tomonlama o‘rnashib o‘ralgan (buralgan) 
to‘pguldir, ularni gavzobondoshlar oilasining vakillarida ko‘rish mumkin. 
b) burama to‘pgul - to‘pgulining o‘qi ikki tomonlama, birin-ketin 
o‘rnashgan bo‘lib, ilon iziga o‘xshaydi. Bu xildagi to‘pgul mingdevona o‘simligida 
uchraydi. 
2.Dixaziy-to‘pgul. To‘pgulning asosiy o‘qi gul bilan tugaydi. To‘pgulning 
o‘qini yonidan bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikkita o‘q o‘sib chiqadi, bularn-
ing har biri gul bilan tugaydi. So‘ng ularning yonlaridan yana ikkita to‘pgul o‘qi 
o‘sadi, bular ham gul bilan tugallanadi. Demak, dixaziy to‘pgulda soxta dixotomik 
shoxlanishni ko‘ramiz. Bu hildagi to‘pgul chinnigullilar oilasining vakillarida 
uchraydi. 
3.Pleyoxaziy yoki soxta soyabon to‘pgul. 
Pleyxoziy to‘pgulning asosiy o‘qi ancha qisqargan bo‘lib, uning atrofida 
doira holida o‘rnashgan bir qancha o‘qlardan tashkil topgan to‘pgullar joylashadi. 
Bunday to‘pgullar sutlamadoshlar oilasining vakillarida mavjud. 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish