GOVZOBONDOShLAR OILASI –BORAGINACEAE.
Morfologik ta'rifi
. Bu
о
ilaga 100 ga yaqin turkum, 2000 tur kiradi. Ular er
sharining deyarli hamma nuqtasida uchraydi. Oila vakillari, bir yoki ko‘p yillik o‘t,
buta va daraxt, ba'zan liana kabi o‘simliklar hisoblanadi. Barglari oddiy, poyaga
ketma-ket joylashgan. Poya va barglari qattiq, dag‘al tuklar bilan qoplangan.
To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat. Gullari to‘g‘ri, ba'zan biroz noto‘g‘ri.
Gulkosa va gultojibarglari beshtadan. Changchilari ham beshta bo‘lib, gultojibar-
glarining asosiga o‘rnashgan. Urug‘chisi ikkita meva bargchasining qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, 4 ga bo‘lingan. Mevalari quruq, to‘rtta
yonog‘chaga ajraladi, ba'zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir.
Ahamiyati.
oilaning ba'zi turlari dori olinadigan buyoqqa va shira beruvchi
o‘simliklar qatoriga kiradi. Ayrimlari qishloq xo‘jaliklari ekinzorlarida begona o‘t
sifatida uchraydi. Bularning orasida zaharlilari ham bor.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |