ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR.
1. Gerbariylar asosida oilaning sistematik belgilarini o‘rganing. Yaqin oila-
lar bilan solishtiring, bir-biridan farqlang.
2. Oila vakillaridan shumg‘iya turkumiga mansub o‘simliklar turlari bilan
tanishing. Ularni qanday hayot kechirishiga, poyasiga, gul tuzilishi va uning
qismlarini birikib o‘sishiga, mevasiga, urug‘lari soniga e'tibor bering. Ularning
rasmlarini chizing.
Gul formulasini tuzing.
Ca
(4)-(5)
Co
(5)
A
2+2
G
(2)
3. Nomlari keltirilgan o‘simliklarni lotincha va o‘zbekcha nomlarini yoz-
ing. Orobanche cumana- kungaboqar shumg‘iyasi, O.aegyptiaca- misr
shumg‘iyasi, O. aemoena- nozik shumg‘iya, O. brassicae- karam shumg‘iyasi,
Cistanche flava-sariq gulli ilon cho‘p, C.ambigua- shubhali ilon cho‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |