4). Fondlarni arxiv binosida joylashtirish.
Arxiv binosida arxiv fondlarini
joylashtirishda ularning o„zaro bog„liq jihatlari hisobga olinadi. Masalan, O„zR
MDAda 1917 yildan oldingi arxiv fondlari alohida saqlanadi. Sovet davri arxiv
fondlari ham ma‟lum tartibda saqlanadi. Masalan, oliy davlat organ (idora)lari
fondlari bir joyda, sanoat, qishloq ho„jaligi, madaniyat va xokazo sohalar bo„yicha
hujjatlar esa, alohida saqlanadi.
Hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishni umumiy qoidalari.
Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularning muddatini aniqlash va davlat
arxivida saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy,
amaliy ahamiyatga ega bo„lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar
yozish uchun foydalaniladigan hujjatlar tanlab olinadi. Xo„jalik idoralarining
amaliy, kundalik ishi uchun vaqtincha, masalan, 1-15 yil kerak bo„ladigan hujjatlar
muddati bitganidan keyin yo„q qilinadi.
Hujjatlar ekspertizasi o„tkazilishining, ya‟ni hujjatlarni ilm va fan uchun
kerak yoki kerak emas hujjatlarga ajratishning qoidalari bo„lib, ular quyidagilardan
iborat:
1
. Ekspertiza o‘tkazishda hujjatlar mazmunining ahamiyati hisobga olinadi.
2.
Arxiv fondini tashkil qilgan idoraning ahamiyati ham ekspertiza
o‘tkazishda muhimdir.
Masalan, Madaniyat ishlari vazirligi yoki pochta bo„limi va
ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan hujjatlar ahamiyati, o„z-o„zidan
ma‟lumki, bir xil emas.
3.
Hujjatlarning paydo bo‘lgan vaqti, joyi va voqeaning ahamiyati.
Masalan,
Buxoro, Xiva, Qo„qon xonliklari tarixiga oid xo„jalik hujjatlari ham ularning
vujudga kelgan vaqti, o„rta asrga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlash uchun
qoldiriladi. Keyingi davrda vujudga kelgan xuddi shunday hujjatlar ikkinchi
darajali sifatida yo„q qilinadi.
4.
Hujjatning qaysi muallifga tegishli ekanligi.
Buyuk shaxslarga tegishli
hujjatlar, masalan, Amir Temur, Ulug„bek, Navoiy yoki sho„rolar davri
yozuvchilaridan A.Qodiriy, Fitrat va boshqalarga tegishli har qanday hujjat xattoki
ikkinchi darajalilari ham, arxivda saqlash uchun ajratiladi.
5.
Ma’lumotning takrorlanishi.
Qaror, buyruq, hisobot, yo„riqnoma va boshqa
hujjatlar bir necha idoralarda takrorlanadi. Bunday holda shu hujjatni tayyorlagan
idora
hujjati
qoldirilib,
boshqa
idoralardagi
xuddi
shunday
hujjatlar
takrorlanganligi uchun yo„q qilinishi mumkin. Qaror, buyruq va boshqa hujjat bir
22
arxiv fondida asl nusxa va bir necha ko„chirma holida takrorlansa, asl nusxa tanlab
olinadi, qolganlari yo„q qilinadi.
6.
Arxiv fondi hujjatlarining qanday darajada saqlanganligi.
Fondda hamma
kerakli hujjatlar to„la saqlanmagan bo„lsa, yo„q qilinishi kerak bo„lgan ikkinchi
darajali, hujjatlar ham arxivda saqlash uchun qoldiriladi. Masalan, idoralarning
yillik rejasi, hisoboti yo„q bo„lsa, choraklik yoki oylik reja, hisobotlari ularning
o„rniga qoldiriladi.
7.
Hujjatlarning ahvoli ham hisobga olinadi.
Yomon saqlash yoki tabiiy ofat
natijasida hujjatlarning o„qib bo„lmaydigan darajaga kelib qolganligi, qog„ozning
chirib, yozuvlarning o„chib ketganligi va boshqa hollarda ikkinchi darajali
hujjatlarning yo„q qilmay, saqlab qolish talab qilinadi.
8.
Hujjatlarning yozilgan materiali, tili va badiiy xususiyatlari.
Hujjatning
mazmuni ikkinchi darajali saqlashga arzimas bo„lsa dam, lekin qimmatli rasmlar
chizilgan bo„lsa, yoki qog„ozga emas, teriga va boshqa asosga yozilgan bo„lsa
arxivda saqlash uchun qoldirilishi kerak bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |