Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish.
Hujjatga sarlavha
yoziladi va hujjatning arxiv shifri, manzili ko„rsatiladi. Hujjat sarlavhasida uning
sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adresati),
mazmuni ko„rsatiladi.
Hujjatning oxirida “legenda”, ya‟ni nazorat-ma‟lumotnoma yoziladi. Bu
qismda arxivning nomi, shifri, ya‟ni fond nomi, tartib raqami, ro„yxat raqami,
yig„majild tartib raqami, yig„majild varaqlari, shuningdek hujjatning asl nusxa,
ko„chirma ekanligi ko„rsatiladi. Hujjatning «legenda»si quyidagicha ko„rinishga
ega bo„ladi: O„zR MDA, 837-fond, 2-ro„yxat, 24-yig„majild, 10-12- varaqlar. Asl
nusxa.
Do'stlaringiz bilan baham: |