Hujjatlarni e’lon qilishga tayyorlash.
Arxiv hujjatlarini e‟lon qilish uchun
ularni tanlab olingandan keyin kompyuter yoki mashinkada ularning nusxasi
tayyorlanadi. Uni chop etishga tayyorlash jarayonida arxiv hujjatida mavjud
bo„lgan imlo xatolari to„g„rilanadi, qisqartirib yozilgan so„zlar kvadrat qavs ichida
to„la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunini o„zgarmasligidir.
Hujjatlarda rezolyusiya va har xil belgilar bo„lsa, ular tushirib qoldirilmaydi,
hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.
Hujjatning oxirida imzo bo„ladi. Imzoni o„qib, uning egasi ism-sharifini
aniqlab yozib qo„yish lozim. Mabodo uni o„qishning iloji bo„lmasa «imzo» so„zi
yozilib, imzoning ismi-sharifini o„qib bo„lmaganligi haqida izoh berib o„tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |