Hujjatlarni saqlash –
har bir arxivning asosiy vazifalaridan biridir.
Hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish deganda, “keraksiz qog„ozlardan qutulish”
emas, balki ulardan ma‟lum muddat – 3, 5, 10, 25, 40, 75 yil, asrlar davomida
ma‟lum qiymatga ega ekanligida foydalanish tushuniladi. Va saqlanish muddati
davomida hujjatlar o„g„irlikdan, layoqadsizlik oqibatida yo„qolish, salbiy sharoit
tufayli yo„q bo„lishdan, hujjatning fizik asosi buzilishidan ( qog„oz, plyonka, kalka
va boshqa. ) va hujjatdagi matnni o„chib ketishidan saqlash zarur.
Arxiv hujjatlarini saqlashni asosiy shartlaridan biri ularni maxsus
ta‟mirlangan arxiv saqlov xonalarida saqlash; ma‟lum saqlash rejimiga rioya qilish;
hujjatlarni saqlovxonalardan berish va qaytib olishni qat‟iy hisobga olib borish.
Arxiv saqlov xonalarining eshigi ish vaqtida mahkam yopilgan, ish vaqtidan so„ng
esa tamg„alangan yoki plombalangan bo„lishi shart.
Hujjatlarni saqlashga qo„yiladigan asosiy talablar davlat arxivlari uchun ham
idora arxivlari uchun ham bir xil.
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar quriladi. Respublikada hujjatlarni
miqdoriga qarab qator davlat arxivlari binolari qurilgan. Ularda maxsus hujjatlarni
tozalash va restavratsiya qilish xonalari mavjud.
Arxiv binosi tashqi muhit ta‟siridan himoyalangan bo„lishi lozim. Arxiv
binosida mavjud bo„lgan isitish tizimi kutilmagan favqulodda vaziyat doimo
nazoratda bo„lishi kerak. Ishchi xonalar saqlovxonalardan ajratilgan holda bo„lishi
kerak. Ishchi xonalar saqlovxonalardan ajratilgan holda bo„lishi, agar saqlovxona
birinchi qavatda joylashgan bo„lsa, deraza romlariga metall reshetkalar; agar
8
arxivdan hovliga yoki ko„chaga chiqish eshigi bo„lsa, u metall list bilan ishlov
berilgan bo„lishi; arxiv saqlovxonasiga signalizatsiya o„rnatilgan bo„lishi kerak.
Arxiv binosi yong„in xavfsizligi talablariga javob berishi lozim; elektr isitgich
asboblari, sun‟iy yoritish, gugurtdan, shamdan foydalanish, sigaret chekish
qat‟iyan taqiqlanadi. Arxiv binosida har bir xonaga ikkitadan ko„rinadigan joylarga
har 40-50 m kv ga o„t o„chirish anjomlari osib qo„yiladi. Bundan tashqari yong„in
xavfsizligi shlangalari krani bilan, vodoprovod yo„q joyda esa quruq qum paketlari
yashiklarga solib qo„yiladi. Butun arxiv binosiga yong„in xavfsizligi
signalizatsiyalari o„rnatilgan bo„ladi.
Arxiv saqlov xonalari metall stellajlar bilan ta‟minlangan bo„lishi, agar
stellajlar yog„ochdan yasalgan bo„lsa, ularga o„tda yonmaydigan maxsus tarkib
bilan ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |