Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
83
83
6. Juft so‘zlar orasida -u,-yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida
kelsa, yuklama chiziqcha bilan yoziladi: do‘st-u dushman, yer-u
osmon.
7. Yuzma-yuz, rang-barang (yuzma-yuz, rang-barang) tarzidagi
so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi.
8. Kirill alifbosida 3 yuklama (-mi, -oq, -gina) qo‘shib, qolgani
ajratib yozilar edi. Lotin yozuvida esa 4 yuklama (-mi, -oq, -gina, -
ov) qo‘shib, qolgani ajratib yoziladi.
9. Arabcha raqamlardan keyin tartibni bildiruvchi chiziqcha
qo‘yiladi: 60-yillar: 1999- yilning 1-sentabri
10. Qo‘shma fe’llar doimo ajratib yoziladi:
sotib ol, tasdiq qil.
11. Yildan yilga, kundan kunga tipidagi so‘zlarda chiziqcha
qo‘yilmaydi (kirill alifbosida qo‘yiladi: kundan-kunga, yildan-yilga).
ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi: (ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi)
12.
Birato‘la, birvarakayiga, biroq, birmuncha, buyon
so‘zlari
qo‘shib yoziladi
13. Joy nomlarida atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh
harfda yoziladi: shimoliy Kavkaz.
14. Xalqaro tashkilotlar, davlatlar, oliy tashkilotlar, mansab
(oliy)lar tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston
Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
15. Ba’zi atoqli otlarning faqat birinchi so‘zi bosh harf bilan
yoziladi: O‘zbekiston
Milliy tiklanish partiyasi, Fanlar akademiyasi.
16. ”She’rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi” , degan
qoida lotin alifbosidagi imlo qoidalariga kiritilmagan.
17. Tartib raqami qavsda berilsa (1) 2) a) b)), jumla kichik
harfdagi so‘z bilan boshlanadi.
18. Inisiallar, “Boing- 767”, “5- A sinf” kabi birikmalar bo‘g‘in
ko‘chirishda bir satrda yoziladi (bo‘g‘inga ajratilmaydi).
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
84
19. s undoshi so‘z boshida, so‘z oxirida, old qo‘shimchadan
keyin, undoshdan keyin kelsa S yoziladi: sirk, shpris, antisiklon,
kvars, konsert;
s undoshi unlidan keyin kelsa ts yoziladi:
militsiya, litsey.
20. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning yozilishi
quyidagicha: oktabr, sentabr, budjet, lustra, flaga, dirijor, schotchik,
uchot, aluminiy, bo‘ks, molekular, yubilar.
21. ь belgisi yozilmaydi: palto, albom, yanvar; -o, -i dan oldin
kelsa u yoziladi: батальон- batalyon, Ильин-ilyin.
22. ’ belgisi o‘rnida asosan ’_(tutuq belgisi, apostrof) qo‘yiladi:
ma’no, da’vo, san’at.
‘ (tutuq belgisi) unlidan keyin kelsa, shu unlini cho‘ziqroq
talaffuz etishga, ta’kidlashga xizmat qiladi: ma’rifat, na’matak.
‘( tutuq belgisi ) undoshdan so‘ng kelsa, o‘zidan keyingi
bo‘g‘inni ajratishga xizmat qiladi: sur’at, mas’uliyat, mas’ud, san’at.
‘( tutuq belgisi ) S va hni Sh harf birikmasidan farqlash uchun
ham ishlatiladi: as’hob ,Is’hoq.
Rus tilidan va rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda ‘ belgisi
yozilmaydi: razyezd, podyezd.
23. Ruscha щ harfi o‘rniga o‘zbek kirill alifbosida sh yoki shch
harflari yozilar edi, o‘zbek lotin alifbosida sh yoziladi (faqat
meshshan so‘zida ikkita sh yoziladi): obshina, yamshik.
1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
1995 yil dekabrda bu qonun qayta ko‘rilib, uning yangi tahriri
tasdiqlandi.
Kirill alifbosi asosidagi o‘zbek alfavitiga o‘zbek tiliga xos bo‘lgan
4 ta harf (tovush) qo‘shilgan: o‘, q, g‘, h. Bu tovushlar lotin
alifbosida ham o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: