16.3. Eksport operatsiyalarining tahlili
Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning
tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va
xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar
bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy
vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun:
Birinchidan,
eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga
chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash
asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat
resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini
rivojlantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |