Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet571/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   567   568   569   570   571   572   573   574   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

 

 

 

 

XVI BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 

TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI TAHLILI 

 

 

16.1.

 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy 

va huquqiy negizlari va uni O‘zbekiston Respublikasida 

rivojlantirish istiqbollari 

 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish iqtisodiy 



harakatda  asosiy  yo‘nalishlardan  biri  sifatida  olinadi.  Negaki,  tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  va  jahon  bozorining  aktiv 

ishtirokchisiga  aylanish  korxonalar  faoliyatining  muhim  va  samarali 

yo‘nalishlaridan  biri  hisoblanadi.  Shu  jihatdan,  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  yo‘lga  qo‘yish  va  uning  rivojlanish  istiqbollarini  belgilashga 

davlat  dasturini  tuzib  chiqishda  va  bu  borada  iqtisodiy  va  huquqiy 

negizlarni belgilashga muhim ahamiyat qaratiladi. 

Mamlakatni  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlantirishni  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.  Bu esa, o‘z navbatida faoliyatning 

turli sohalarida xorij bilan aloqada va hamkorlikda bo‘lishni, mahsulot, 

ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish va unda muqim 

o‘rin egallashning imkon shartlarini belgilab olishni ham talab etadi. 

Eksport  hajmi  sezilarli  ravishda,  ya’ni  11,6  foizga  o‘sdi,  eksport 

qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning 

natijasida  xomashyo  bo‘lmagan  tayyor  tovarlarning  ulushi  70  foizdan 

ziyodni  tashkil  etmoqda.  Tashqi  savdo  aylanmasidagi  ijobiy  saldo  1 

milliard 120 million dollardan oshdi. 

2012-yilda  mamlakatimizning  yuqori  sur’atlar  bilan  barqaror 

o‘sishini  ta’kidlar  ekanmiz,  buning  boisi  va  omilini  avvalambor 

iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar, investitsiyalar tobora 

o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 

foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. 

2012-yilda  iqtisodiyotimizga  11  milliard  700  million  dollar 

miqdorida  ichki  va  xorijiy  investitsiyalar  jalb  etildi  yoki  bu  boradagi 

ko‘rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 foizga o‘sdi. Jami investitsiyalarning 



 

572


22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig‘ini xorijiy inves-

titsiyalar  tashkil  etdi,  ularning  79  foizdan  ko‘prog‘i  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

xorijiy investitsiyalardir. 

E’tiborga  sazovor  tomoni  shuki,  jami  investitsiyalarning  qariyb  74 

foizi  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish  va  yangilashga  qaratilgan 

dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirildi. 

Hozirgi  kunda  respublikamizda  xorij  bilan  iqtisodiy  aloqalarning 

rivojini va istiqbolini ijobiy baholash mumkin. Mustaqillik yillarida turli 

mulk  shaklidagi  3500  dan  ortiq  qo‘shma  va  hamkorlikdagi  korxonalar 

tashkil  etildi.  Bugungi  kunda  ularning  2000  dan  ortig‘i  faol  ish  olib 

bormoqda. 

Ushbu  korxonalar  asosan  respublikaning  ichki  iste’moliga  qaratil-

gan.  Lekin  iqtisodiy  imkoniyatlarning  va  huquqiy  mezonlarning  imkon 

shartlaridan to‘la foydalana olayotganimiz yo‘q. Negaki, tashkil etilgan 

va ro‘yxatga olingan mavjud 3500 dan ortiq qo‘shma korxonalarning 40 

foizidan  ortig‘i  hali  to‘la  ishga  tushirilganicha  yo‘q  yoki  amalda 

umuman  faoliyat  olib  bormayapti.  Ularning  ayrimlari  qayta  rasmiy-

lashtirish  va  faoliyat  shaklini  o‘zgartirish  harakatida  bo‘lsa,  ayrimlari 

hali o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘ya olganlari yo‘q. 

Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan 

to‘la  iqtisodiy  asosga  ega.  Lekin  bu  iqtisodiy  asosda  maqsadli  va 

kelajakni  ko‘zlab  foydalana  olayotganimiz  yo‘q.  Negaki,  respublika-

mizda  tashkil  etilayotgan  asosiy  qo‘shma  korxonalarni  to‘la  quvvat 

darajasida ishlata olmayapmiz. 

Avvalo, iqtisodiy imkoniyatlar, deganda qo‘shma va hamkorlikdagi 

faoliyatni yo‘lga qo‘yishning moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga 

to‘la  egalik,  moliyaviy  imkoniyat,  respublika  har  qanday  foydali  va 

maqsadli loyiha uchun mablag‘lar topa olishi (shu jumladan, korxonalar 

ham)  tushuniladi. Ular faoliyatini  yo‘lga qo‘yishda avvalo, davlat bosh 

hamkor va kafolat subyekti sifatida maydonga chiqadi. Respublikamizga 

manfaati  tegadigan  har  qanday  maqsadli  loyiha  biz  uchun  maqbul  va 

foydali  sanaladi.  Shu  jihatdan,  biz  chet  ellik  hamkorlarga  tabiiy 

qazilmalarni,  xomashyolarimizni  qayta  ishlashga,  og‘ir  sanoatni 

rivojlantirishga birgalikda hamkorlik qilishga izn berdik. 

Ma’lumki,  Respublikamiz  agrar-industrial  mamlakat  hisoblanadi. 

Unda  bevosita  sanoatda  qayta  ishlanadigan  o‘ta  muhim  va  qimmatli 

mahsulotlar yaratiladi. Mustaqil respublikamiz oltin qazib olish bo‘yicha 

dunyoda  5-o‘rinda,  paxta  xomashyosi  bo‘yicha  3-o‘rinda  turadi.  Paxta 




 

573


bo‘yicha  yillik  yalpi  hosili  3.0  -  3.4  mln  tonnani  tashkil  etadi.  Bundan 

bevosita  tola  shaklida  1.2-1.5  mln  tonna  tola  ajratiladi.  Bugungi  kunda 

qayta  ishlangan  paxta  tolasining  asosiy  qismi  chet  elga  sotilmoqda. 

Respublikani  iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollarida  paxtani  xomashyo 

sifatida  sotish  emas,  balki  uni  sekin-asta  tayyor  mahsulotlar  sifatida 

sotishga o‘tish shartlari belgilangan. 

Qishloq  xo‘jaligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qorako‘l  teri  va  pillaning 

sotilishida  ham  bevosita  shu  jihatlarni  ko‘rish  mumkin.  Yaratilgan 

asosiy mahsulot natural shaklda chet elga sotilmoqda. Uni qayta ishlash 

va  jahon  andozalaridagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  imkoni  bo‘lma-

yapti.  Buning  albatta  obyektiv  va  subyektiv  sabablarini  sanab  o‘tish 

mumkin. 


Respublikamiz  zaminida  mavjud  bo‘lgan  tabiiy  resurslar  bo‘yicha 

shuni ta’kidlash lozim. Mavjud alyuminiy zaxiralari, qimmatbaho tosh-

lar va metallar zaxiralari, tabiy gaz va ma’danli rudalarning mavjudligi 

ham  bizni  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yo‘lga  qo‘yishimizda  moddiy, 

iqtisodiy asos sifatida olinishi mumkin. 

Mehnat resurslari bo‘yicha. Respublikamizda hozirda mehnat qilish 

layoqatiga  ega  bo‘lgan  8  mln  ga  yaqin  aholi  mavjud.  Ularning  ham 

asosiy  qismi  qishloq  xo‘jaligida  band.  Mavjud  mehnat  resurslarining 

deyarli  60  foizga  yaqini  qishloq  xo‘jaligi  va  unga  xizmat  ko‘rsatuvchi 

sohalarda band. 

Mehnat  resurslarining  nisbiy  ortiqchaligi  nihoyatda  yuqori.  Bu  esa 

ulardan samarali foydalanishga katta ta’sir o‘tkazmoqda. 

Mehnat  resurslarining  nisbiy  ortiqchaligi  shuni  xarakterlaydiki, 

Respublikamizda xalq xo‘jaligida keragidan ortiqcha bandlik mavjud. 

Bu  bandlik  esa  ularning  sifatiga  va  qayta  tiklanishiga  faol  ta’sir 

etmoqda.  

Mavjud  mehnat  resurslarining  ortiqchaligi  esa  ularga  to‘lanadigan 

mehnat  haqining  yoki  ishchi  kuchining  bozor  qiymatini  nihoyatda 

tushirib yuborgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatda esa mehnat resurslarining 

arzonligi muhim faktor sifatida olinadi. 

Huquqiy  negizlar  bo‘yicha  ham  albatta,  ibratli  ishlar  amalga 

oshirildi  va  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  Respublika  Oliy  Majlisi 

tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan qator huquqiy 

aktlar  qabul  qilingan.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to‘g‘risidagi  qonunning 

qabul  qilinishi  va  uning  xalqaro  huquqiy  normalarga  mosligini  alohida 

ta’kidlash  lozim.  Ushbu  qonunda  korxonalarning  tashqi  iqtisodiy 




 

574


faoliyat  bilan  shug‘ullanish  shartlari,  holati  va  tartibi  belgilangan.  Shu 

bilan  birga,  har  bir  korxona  albatta  mustaqil  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

bilan qonun chegarasida shug‘ullanishi mumkin. 

Respublikamiz  hukumati  tomonidan  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 

rag‘batlantirish  va  rivojlantirish  maqsadida  belgilangan  chora-tadbirlar 

maqsadi  ham,  avvalo  respublikamizning  tashqi  savdo  aylanmasini 

yaxshilashga, unda ijobiy saldoga erishishga qaratilgan. 

Respublikamiz  Prezidenti  tomonidan  tashqi  faoliyatni  rivojlantirish 

chora-tadbirlari  bo‘yicha  farmonlari  va  Vazirlar  Mahkamasining  qaror-

larining maqsadi ham shunga qaratilgan. Shuningdek, soliq qonunchiligi 

bo‘yicha  ham  tashqi  iqtisodiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarga  imti-

yozli  soliq  stavkalarini  qo‘llash,  mahsulotlarning  nazoratdagi  qatorlari 

bo‘yicha  imtiyoz  shartlari  va  ko‘plab  imtiyozlarning  belgilanishi  ham 

tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishda qo‘l kelmoqda. 

Respublika  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yishning  bosh 

shartlaridan biri sifatida bevosita mamlakatimizdagi osoyishtalikni ham 

olishimiz mumkin. 

Albatta,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  bo‘lish  va  hamkorlikni  yo‘lga 

qo‘yish tavakkalchilik hissi bilan emas, balki oldindan puxta o‘ylangan 

holda  amalga  oshiriladi.  Bu  borada  albatta,  xalqaro  biznes  tili  bo‘lgan 

buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga alohida ahamiyat beriladi. 

Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini faqat chuqur tahliliy 

yechimlar asosidagina o‘qish va o‘rganish mumkin. Shu jihatdan tashqi 

iqtisodiy harakatni belgilashda va yo‘lga qo‘yishda tahlil bizning asosiy 

amaliy qurolimiz sifatida qaraladi. 

  


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   567   568   569   570   571   572   573   574   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish