Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

UO‘

К

: 336 (075)  

К

B

К

: 65.261    

 

 



ISBN 978-9943-13-399-0  

©

 

«Iqtisod-Moliya», 2013

 

© A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov, 2013 




 

 



 

 

K I R I SH 



 

O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabha-

larida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish 

va  erkinlashtirish  borasida  aniq  dastur  ishlab  chiqilgan.  Bu  dasturni 

joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik 

va  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish,  jahon  hamjamiyatiga  keng 

integratsiyalashuvi  va  barqaror  olg‘a  borishi  uchun  mustahkam  zamin 

yaratishdir. 

Prezidentimiz I. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy va-

zifa  –  bu  izchil  iqtisodiy  o‘sish,  chuqur  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga 

oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar 

bilan  qayta  qurollantirishning  bosh  sharti  bo‘lgan  makroiqtisodiy  va 

moliyaviy  barqarorlikka  erishish  muammosidir»  deb  ta’kidlagan.  Bu, 

Respublika  iqtisodiyotida  faoliyat  yuritayotgan  barcha  soha  korxo-

nalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib 

chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, 

o‘z  navbatida,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatini,  unda  sodir 

bo‘ladigan  iqtisodiy-ijtimoiy  jarayonlarni  va  munosabatlarni  muntazam 

ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.  

Respublikaning  iqtisodiy  va  moliyaviy  barqarorlikka  erishishida 

muhim  omil,  ishlab  chiqarish  hajmining  o‘sishi,  pul  qadrsizlanishini 

pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy 

o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir 

korxona,  firma,  kompaniyalarni  xo‘jalik  subyektlari  sifatida  rivojlan-

tirishni taqozo etadi. 

Korxona,  firma  va  kompaniyalarning  iqtisodiy  mustaqil  hamda 

moliyaviy  barqaror  faoliyat  ko‘rsatishlarida  ularni  oqilona  boshqarish, 

hisob-kitob  yuritilishini  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  moslash, 

moliyaviy  menejment  ishlarini  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish,  bor  moddiy, 

moliyaviy  va  mehnat  boyliklaridan  samarali  foydalangan  holda  ishlab 

chiqarish  yoki  xizmat  ko‘rsatishni  tashkil  etish,  natijada  yuqori  foyda 

olib,  davlat  budjeti  oldidagi  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  bajarish, 

rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi. 



 

Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgal-



teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘li-

shimizni  talab  etadi.  Tadbirkorlik  faoliyatining  muvaffaqiyati  hisob-

kitoblarning  puxtaligiga,  pul  oqimlarining  oqilona  boshqarilishiga, 

moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishi-

ga  hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. 

Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonch-

liligini  bilishda,  o‘zaro  hisob-kitob  ishlarida  yutqazib  qo‘ymaslik  va 

boyliklardan  o‘rinli  foydalana  olishda  kompleks  iqtisodiy  tahlilning 

natijalariga  asoslanib  boshqaruv  qarorlarini  belgilash,  foyda  olishning 

zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan. 

Iqtisodiy  tahlil  boshqaruvning  bir  funksiyasi  sifatida  mavjud 

axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. 

Ularni  menejerning  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda  qayta  ishlashni, 

tegishli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  tizimlashtirishni,  moliyaviy  hisobotlarni 

iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy 

tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu 

fanni  mukammal  o‘rganishi  lozimligini  obyektiv  zaruratga  aylantirdi. 

Bunday  zaruriyat  tufayli  barcha  iqtisodiyotga  oid  mutaxassisliklar  iqti-

sodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv 

tahlilni  o‘rganishi  majburiy  qilib  belgilangan  va  mutaxassislarni 

shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan. 

Oliy o‘quv yurtlari faoliyati baholanadigan mezonlarni shakllanti-

rishda oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati va ilmiy salohiyat darajasi 

indeksiga asosiy e’tibor qaratiladi. 

E’tiboringizga havola etilayotgan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» 

darsligida  korxona,  firma,  kompaniyalarning  mahsulotlar  ishlab  chiqa-

rish va sotish, mehnat va moddiy boyliklaridan foydalanganligi, asosiy 

ishlab chiqarish va davr xarajatlari tarkibi, moliyaviy natija hamda mo-

liyaviy holat, asosiy vositalar tarkibi, pul oqimlari va xususiy kapitallar 

harakatini tahlil qilishning uslublari sodda va tushunarli tilda yoritilgan. 

Darslik  korxona  mablag‘larini,  uning  tashkil  topish  manbalarini,  moli-

yaviy natijalarini, asosiy vositalar harakatini, pul oqimi va xususiy kapi-

tal  o‘zgarishini  omilli,  qiyosiy  tahlil  qilishning  amaldagi  tartibi,  firma 

hamda  kompaniyalarning  kreditga  layoqatliligi,  moliyaviy  barqaror-

ligini aniqlashning uslubiy asoslarini o‘rganishga yordam beradi.  

Darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u zamonaviy 




 

talablardan  kelib  chiqqan  holda  har  bir  iqtisodiy  kategoriyani  baholash 



va  ularni  tegishli  ko‘rsatkichlar  bilan  ifodalashda  mavjud  bo‘lgan  turli 

qarashlarga  tanqidiy  yondoshilgan  va  ularga  fikr  bildirilib,  har  biri  im-

kon  qadar  nazariy  jihatdan  asoslangan.  Nazariy  masalalarning  yechimi 

amaliy ma’lumotlarni qo‘llagan holda isbotlab berilgan. Demak, mazkur 

darslikda nazariy masalalar bilan amaliyotning uyg‘unligi ta’minlangan. 

Oliy  o‘quv  yurtlarining  «Biznes  va  boshqaruv»  ta’lim  sohasida 

bilim  olayotgan  talabalar,  bo‘lg‘usi  buxgalter-auditorlar,  davlat  moli-

yasini boshqarish, qimmatbaho qog‘ozlar va sarmoyalar bozori, soliq va 

soliqqa tortish, bank ishi, sarmoyalar moliyasi va ularning monitoringi, 

kasb  ta’limi  hamda  magistraturaning  «Kredit»,  «Xalqaro  valuta-kredit 

munosabatlari»,  «Iqtisodiy  tahlil»,  «Davlat  moliyasini  boshqarish», 

«Soliq  va  soliqqa  tortish»,  «Buxgalteriya  hisobi»,  «Audit»,  «Bank 

auditi»,  «Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish»,  «Korxona  moliya-

si», «Sug‘urta ishi», «Tashqi iqtisodiy faoliyat», «Korporativ moliya va 

qimmatli  qog‘ozlarni  boshqarish»,  kabi  mutaxassisliklarini  egallov-

chilar uchun ham «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligidan foydala-

nish, o‘z kasbini chuqur egallashiga yordam beradi. 

Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov o‘z ma’ruzasida: «Ta’lim so-

hasidagi  ishlarimizni  sarhisob  qilar  ekanmiz,  Fransiyadagi  dunyoning 

eng  yaxshi  beshta  biznes  maktabi  qatoriga  kiradigan  «Inssad»  xalqaro 

biznes  maktabining  2012-yilgi  «Innovatsiyalarning  global  indeksi» 

ma’ruzasida  bayon  etilgan  ma’lumotlarni  keltirish  o‘rinli,  deb  o‘ylay-

man»,

1

 degan fikrni yuritgan. 



«Moliyaviy  va  boshqaruv  tahlili»  nomli  darslik  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  buyurtmasi  asosida 

tayyorlandi va uslubiy kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlarida foyda-

lanishga tavsiya etildi. 

Kitobxonlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil uslubiyati bilan chu-

qur  tanishtirish  maqsadida  har  bir  yoritilgan  mavzudan  so‘ng  tayanch 

iboralar, takrorlash uchun savollar, mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 

va test variantlari berilgan.  

 

                               



1

 

Ўзбекистон



 

Республикаси

 

Президенти



 

Ислом


 

Каримовнинг

 2012 

йилда


 

мамлакатимизни

 

ижтимоий


 – 

иқтисодий

 

ривожлантириш



 

якунлари


 

ҳамда


  2013 

йилга


 

мўлжалланган

 

иқтисодий



 

дастурнинг

 

энг


 

муҳим


 

устувор


 

йўналишларига

 

бағишланган



 

Вазирлар


 

Маҳкамасининг

 

мажлисидаги



 

маърузаси

.   

Халқ


 

сўзи


,  2013 

йил


 19 

январь





 

Darslikda  keltirilgan  hisobot  ma’lumotlari  va  raqamlar  respub-



likamizda  faoliyat  yuritayotgan  real  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning 

ma’lumotlari shartli axborot manbasi sifatida olindi.  

Ushbu  darslik  Toshkent  moliya  institutining  uslubiy  Kengashi 

tomonidan chop etishga tavsiya etilgan. 

Mualliflar  ushbu  darslikni  yaratishda  qimmatli  maslahatlarini  ber-

gan iqtisod fanlari doktori, professor M.Q. Pardayev, iqtisod fanlari dok-

tori, professor B.A.Xasanov va ustoz-murabbiy, dotsent T.Sh. Shagiya-

sovlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiradi.  

 



 

 



 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish