Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘lidan ham
ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga
ajratilgan, ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga.
Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moli-
yaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechir-
moqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon
andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlarni o‘rganishga qara-
tilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shun-
dan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |