Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet572/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   568   569   570   571   572   573   574   575   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

16.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini 

tahlil etishning mazmuni va mohiyati

 

 



Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalari  va  jahon  bozorining  aktiv 

ishtirokchisiga aylanishi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim 

omili 

sifatida 



qaraladi. 

Chunki, 


mamlakatning 

rivojlangan, 

rivojlanayotgan  mamlakatlar  bilan  fan  va  ishlab  chiqarish,  mehnat 

taqsimoti  yuzasidan  iqtisodiy  aloqalari  bevosita  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  yuzaga  keltiradi.  Shu  boisdan,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 

yo‘lga  qo‘yish  va  uning  rivojlanish  istiqbollarini  belgilashga  qaratilgan 

davlat dasturini tuzib chiqish hamda bu borada qator iqtisodiy, huquqiy 

negizlarni  belgilash  muhim  hisoblanadi.  Chunki,  faoliyatning  turli 




 

575


sohalarida  xorij  bilan  aloqada,  hamkorlikda  bo‘lish,  mahsulot,  ish  va 

xizmatlar  bo‘yicha  jahon  bozori  arenasiga  chiqish  hamda  unda  muqim 

o‘rin  egallashning  shartlarini  belgilab  olishga  imkoniyat  yaratadi.  Shu 

o‘rinda  mamlakat  tashqi  iqtisodiy  faoliyatining  quyidagi  shakllarini 

belgilash mumkin: 

- Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi). 

- Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar. 

Oxirgi  yillarda  mamlakatimizni  rivojlanayotgan  va  rivojlangan 

davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin.  

Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la 

iqtisodiy  asosga  ega.  Lekin  iqtisodiy  asoslar  maqsadli  va  kelajakni 

ko‘zlab  foydalanilayotgani  yo‘q.  Chunki,  mamlakatda  tashkil  etilgan 

ayrim  qo‘shma  korxonalar  to‘la  quvvatda  ishlamayotganligi  natijasida 

iqtisodiy,  jumladan:  moliyaviy,  moddiy,  mehnat  resurslaridan 

foydalanish imkoniyatlari boy berilmoqda. 

Bizning  fikrimizcha,  qo‘shma  va  hamkorlikdagi  xo‘jalik  yuritish 

subyektlari  faoliyatni  yo‘lga  qo‘yishda  mamlakat  to‘la  moliyaviy, 

moddiy  va  mehnat  resurslariga  ega.  Respublika  har  qanday  foydali  va 

maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  tahlili  iqtisodiy  tahlilning  muhim  bo‘limi 

sifatida  alohida  o‘rganiladi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  tahlilni  avvalo, 

boshqaruvning  va harakatning  muhim  sharti  sifatida  o‘tkazamiz.  Tahlil 

etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning 

tashkiliy  shakllari,  mahsulot  ish  va  xizmatlar  eksporti  va  importi 

o‘zgarishlari,  uning  o‘zgarishiga  ta’sir  etuvchi  omillarga,  tovarlar 

eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va 

sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar 

o‘zgarishiga  baho  berish,  foyda  o‘zgarishiga  ta’sir  etuvchi  omillarni 

aniqlash,  korxona  tashqi  savdo  aylanmasini  o‘stirish  yuzasidan 

korxonada  mavjud  bo‘lgan  ichki  imkoniyatlar  va  ularni  yo‘lga  qo‘yish 

chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik 

loyihalarini  tuzib  chiqish  va  yo‘lga  qo‘yish,  korxona  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatiga  qisqacha  tashxis  qo‘yish  va  sharhlar  berish  tashqi  iqtisodiy 

faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi. 

Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan 

holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi.  

1. Eksport hajmi. 

2.

 



Import hajmi. 


 

576


Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali 

sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan 

yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport 

hajmining tarkibiga qaratiladi. 

Eksport  hajmi  va  uning  o‘zgarishini  omilli  tahlil  etish  tahlilning 

muhim  qatori  sifatida  qaraladi.  Bunda  eksport  hajmining  o‘zgarishiga 

ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi. 

Miqdor  omil  sifatida  miqdoriy  ifodaga  ega  bo‘lgan  ko‘rsatkich 

olinadi.  Sifat  omili  sifatida  korxonaning  muhim  iqtisodiy  samarador-

ligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi. 

Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi 

va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va 

xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi 

omillar tahliliga baho beriladi. 

Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import 

qilingan  tovarlar  miqdoriy  hajmining,  hamda  import  qilingan  tovarlar 

bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin. 

Kreditga  olingan  tovarlar  va  ularning  yalpi  import  hajmidagi 

salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi. 

  


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   568   569   570   571   572   573   574   575   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish