12.6. Fond qaytimi dinamikasi va unga tashkiliy-texnik
omillar ta’siri tahlili
Firma, kompaniya va korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
samarali foydalanishi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi
pasayadi, foyda va rentabelligi oshishiga erishiladi. Mahsulot tannar-
xining pasayishi, raqobatbardoshligini oshirishda O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining 2007-yil 15-martdagi «Ishlab chiqarishni modernizat-
siyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘-
shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega.
Mazkur farmonga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab
chiqarishga zamonaviy uskunalar muntazam kiritish asosida moder-
nizatsiyalashni ta’minlasa, yangi texnika ishlab chiqarishga joriy etilgan
paytdan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
– ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta
jihozlash uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyektini to‘lash-
ga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida uch yil mobaynida foydadan
olinadigan soliq bazasi tegishli hisobot davri uchun hisoblangan
amortizatsiya mablag‘lari foydalanish sharti bilan kamaytiriladi;
– ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil
muddatga mulk solig‘idan ozod etiladi;
– soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan ishlab
chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida
yagona soliq to‘lovi to‘lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan
yangi tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan
bojxona to‘lovlarini to‘lashda imtiyozlardan foydalaniladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish quyidagi
ko‘rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi.
– umumiy ko‘rsatkichlar;
– yakka ko‘rsatkichlar.
Umumiy ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi:
463
1) fond rentabelligi;
2) fond qaytimi;
3) fond sig‘imi;
4) asosiy ishlab chiqarish fondlaridan nisbiy iqtisod.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni kompleks tahlil etishda
ko‘rsatkichlar dinamikasi, rejasining bajarilishi, raqobatdagi korxonalar
ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanish ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Bozor munosabatlari
sharoitida asosiy ishlab chiqarish fondlarini har so‘miga to‘g‘ri
keladigan foyda miqdori (fond rentabelligi) muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda
Fond rentabelligi =
Asosiy ishlab chiqarish fondlarinining o‘rtacha yillik qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |