Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik va qurollanganlik tahlili
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yil
Hisobot yili
Farqi (+, –)
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati,
ming so‘mda
162387
173161
+10774
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi
838
814
-24
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy
vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, so‘m
193779
212728
+18949
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari sifatida bitta
ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari, bir ish o‘rniga to‘g‘ri
keladigan asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi.
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik
ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni korxona faoliyatiga
faqat miqdor ko‘rsatkichlar orqaligina emas, balki sifat ko‘rsatkichlarini
ham o‘rganish asosida baho beriladi.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyek-
tida sanoat ishlab chiqarish xodimlarining asosiy vositalar bilan
qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18949 so‘mga o‘sgan. Bu
o‘sish ikkita omil hisobiga to‘g‘ri kelgan. Birinchi omil bu ishchilar
sonining o‘zgarishi hisobiga bo‘lib {(173161/838)-(162387/838)} 12857
so‘mni, hamda ikkinchi omil asosiy vositalarning o‘rtacha yillik
qiymatining o‘zgarishi hisobiga {(173161/814)-(173161/838)} 6092
so‘mni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, korxonada xodimlarning
asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 18949
so‘mga ortgan. Bunday natijalarni ijobiy holat sifatida baholash maq-
sadga muvofiqdir.
Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Sotib olingan va qurib bitkazilgan obyektlarni ishga tushirish, moderni-
zatsiya va rekonstruksiya qilish tufayli asosiy vositalar safi kengayadi.
Jismoniy va ma’naviy eskirish tufayli ularni bir qismi safdan chiqa-
riladi.
Asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan
460
foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o‘zgarishlar
(zanglash, chirish ) sodir bo‘lganda boshlang‘ich holatining yo‘qolishi
tufayli jismoniy eskirish ro‘y beradi.
Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida,
ulardan foydalanilmayotgan hollarda ham sodir bo‘ladi.
Asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi, ularning texnik tavsifi
hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan orqada qolishi tufayli
ro‘y beradi.
Ma’naviy eskirish ikki xil bo‘ladi:
– asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishning arzonroqqa tushishi
natijasida ular qiymatining kamayishi;
– yangi, ilg‘or asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnik
jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi
hisoblanadi.
Asosiy vositalar harakatining tahlili quyidagi ko‘rsatkichlarni
aniqlashdan boshlanadi. Asosiy vositalarni:
– ishga tushirish koeffitsiyenti;
– yangilanish koeffitsiyenti;
– chiqib ketish koeffitsiyenti;
– tugatish koeffitsiyenti;
– mashina va jihozlar parkini kengaytirish koeffitsiyenti.
Asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni hisoblash va
ularni tahlil etish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanamiz.
115-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |