52
Tizimli yondashuv elementlari o‘rganilayotgan hodisalar va jara-
yonlarning maksimal detallashtirish (xususiy tahlil) va ularning tizim-
lashtirilishini ko‘zda tutadi. U yoki bu hodisalarni detallashtirish (tarki-
biy qismlarga ajratish) o‘rganilayotgan obyektda yanada jiddiy va aso-
siysini aniqlash uchun zarur bo‘lgan darajada olib boriladi. U obyekt va
tahlil maqsadiga bog‘liq. Bu iqtisodiy tahlildagi murakkab vazifa bo‘lib,
analitikdan iqtisodiy hodisalar mohiyati, shuningdek, ularning rivoj-
lanishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi.
Tizim elementlarini tizimlashtirish ularning o‘zaro aloqadorligi va
o‘zaro ta’sirini o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Bu asosiy kompo-
nentlarni, funksiyalarni, tizim elementlari tobeligini aniqlashga,
o‘rganilayotgan obyekt (tizim) ning taxminiy tuzilishli-mantiqiy tahlil
modelini tuzishga imkon beradi. Grafik jihatdan u, odatda, rasm ko‘ri-
nishida taqdim etiladi, bu yerda har bir elementga muayyan blok mos
keladi. Alohida bloklar o‘zaro strelkalar bilan bog‘liq, ular ichki va
tashqi tizim aloqalari mavjudligi va yo‘nalishini ko‘rsatadi. tuzilishli-
mantiqiy chizmalar asosida matematik bog‘liqlik shakllari belgilanadi,
tizimning elementlari o‘zaro aloqa o‘rtasidagi tavsiflovchi matematik
modellar tuziladi, ularning parametrlari aniqlanadi. Tizimlashtirish
tahlildagi o‘ta mas’uliyatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omil-
larni tasodifiylaridan ajratish, ko‘plab o‘rganilayotgan omillarning to‘p-
lamidan faoliyat natijalari bog‘liq bo‘lgan asosiylarini aniqlash zarur.
Iqtisodiy tahlilning yuqorida qayd qilingan tomonlar bilan
bevosita shartlangan muhim metodologik jihati, korxonaning xo‘jalik
faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini
kompleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko‘rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi.
Tahlilda tizimli yondashuv bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv
mavjud, unga muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli
hodisalardan ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim bo‘lgan vazi-
yat tashkil etadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyat-
ni baholash va uning istiqbolda rivojlanishini prognozlash zarur.
Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlil-
ning asosiy g‘oyalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini,
eng dolzarb omillarni ajratadi, qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali
usullar bilan erishish mumkin bo‘lganlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaziyatli
yondashuv hozirgi vaqtda iqtisodiy tahlilni rivojlantirish metodologiya
va metodikasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanaladi.