Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Iqtisodiy  tahlilning  metodi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Iqtisodiy  tahlilning  metodi

  -  korxonadagi  xo‘jalik  jarayonlari  va 

boshqa  faoliyat  turlarining  yuzaga  kelishi,  o‘zgarishi  hamda  rivojla-

nishini  dialektik  yondashuv  usulida  o‘rganishdir.  Ijtimoiy-  iqtisodiy 

samaradorlikni oshirish  maqsadida  korxonaning xo‘jalik hamda boshqa 

faoliyat  turlarini  tavsiflaydigan  ko‘rsatkichlar  tizimidan  foydalanish, 

ushbu  ko‘rsatkichlarning  o‘zgarishi  sabablarini  tadqiq  qilish,  ularning 

o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob qilish iqtisodiy tahlil 

fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.  

Metodining  mazmuniga  ko‘ra  tahlil  vositasida  xo‘jalik  jarayonlari 

va  boshqa  faoliyat  turlarini  o‘rganishda  dialektik  yondashuv,  ya’ni  har 

bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan 

sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish, 

qarama-qarshilik  kurashi,  eskining  tugashi,  yangi-ilg‘or  voqeliklarning 

paydo  bo‘lishi  kabi  xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Dialektik  yondashuv  va 

uning  barcha  usullari  xo‘jalik  jarayonlarini  o‘rganishda,  tahlil  qilishda 

korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. 

 



 

48

Iqtisodiy  tahlil  metodining  ta’rifida  uning  e’tiborli  jihatlari  ham 



ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil 

qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. 

Tahlil  uchun  kerak  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar,  ularning  turi  hamda 

miqdori  o‘rganilayotgan  iqtisodiy  jarayonning  mazmuni,  hajmi  va 

davriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Hatto,  tahlil  natijasida  avvaldan  mo‘ljallan-

magan  yangi  ko‘rsatkichlar  ham  hisoblab  topilishi  mumkin.  Mazkur 

holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.  

O‘rganilayotgan  xo‘jalik  jarayonlarining,  ya’ni  ko‘rsatkichlarning 

o‘zaro  farqlanishi  hamda  o‘zgarishi  sabablarini  aniqlash  tahlil  ishlarida 

muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan sabablarni 

(omillar)  hisoblash  iqtisodiy  tahlil  metodining  yana  bir  o‘ziga  xos 

xususiyatidir,  chunki,  tahlil  qilinayotgan  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  va 

ulardagi  o‘zgarishlar  doimo  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq,  o‘zaro  aloqa 

hamda  ta’sir  natijasida  sodir  bo‘ladi.  Tahlil  vositasida  mazkur  holatlar, 

ya’ni  o‘zgarishlar  aniq  hisoblanadi  va  o‘rganiladi.  Ta’kidlash  kerakki, 

ayrim olingan omillar oxirgi yakuniy natijaga sezilarli ta’sir  ko‘rsatishi 

va  uni  tubdan  o‘zgartirib  yuborishi  ham  mumkin.  Shuning  uchun  ham 

xo‘jalik  faoliyatidagi  o‘zgarish  sabablari,  ularning  omillar  ko‘rinishida 

yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi, demak, ko‘rsatkichlar-

ga  ta’sir  etuvchi  asosiy  va  qo‘shimcha  omillarni  aniqlash  ularni  tasnif-

lash  tahlil  metodining  muhim  xususiyati  bo‘lib  sanaladi.  Sabablarni 

aniqlash va omillarni to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil 

qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. 

Iqtisodiy  tahlil  metodining  yana  bir  o‘ziga  xos  tomoni  o‘rgani-

layotgan ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq 

hisoblab  ko‘rsatib  berishdir.  Ma’lumki,  korxona  ishlab  chiqaradigan 

mahsulot  hajmi  uch  guruh  omillar  ishchi  kuchi,  mehnat  vositalari  va 

mehnat  predmetlaridan  foydalanishga  bog‘liq.  O‘z  navbatida,  har  bir 

guruh  omillar  ham  tarkibiy  elementlarga  ajraladi.  Misol  uchun,  ishchi 

kuchidan  foydalanish  bo‘yicha  omillar  miqdor  va  sifati  bo‘yicha 

guruhlanadi.  Bu  yerda,  miqdor  omil  ishchilar  soni,  sifat  omili  esa 

ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan 

o‘rtacha  mahsulot).  Ishchining  bir  yildagi  o‘rtacha  mehnat  unumi  -  bir 

yilda  ishlangan  o‘rtacha  kishi  kunlari,  ish  kuni  davomiyligi  va  bir 

ishchining yil davomida ishlagan ishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan 

har  bir  ko‘rsatkich,  o‘z  navbatida,  boshqa  omillarga  bevosita  bog‘liq. 

Ishchining  bir  yilda  ishlangan  o‘rtacha  ish  kunlari  qo‘shimcha  dam 



 

49

olish,  sababsiz  ishga  kelmaslik,  uzoq  safarga  borish,  kasallik  tufayli 



ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta’sir 

ko‘rsatadi.  Aytilganlardan  ma’lum  bo‘lmoqdaki  korxona  iqtisodiy 

faoliyatidagi  barcha  ko‘rsatkichlar  bir-biri  bilan  zanjirli  bog‘lanib 

ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘rni bor hamda 

ular  muayyan  miqdorda  voqeliklarga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Tahlil 

jarayonida  e’tiborga  olinmagan  har  bir  ko‘rsatkich  yoki  omil  uning 

natijalarni  noaniq  bo‘lishiga  hatto  iqtisodchilarni  noto‘g‘ri  xulosalariga 

olib  kelishi  mumkin.  Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  tahlil  metodining 

muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida 

tarzda,  boshqa  omillardan  ajratilgan  holda  tahlil  qilinmaydi.  Ularning 

o‘zaro  bog‘liqligi  doimo  e’tiborda  tutiladi.  Faqatgina,  ayrim  hollarda 

iqtisodiy  jarayonlar  bo‘yicha  hisob-kitoblarni  mantiqiy  asoslash  uchun, 

ya’ni  yakuniy  natija  ko‘rsatkichiga  faqat  bir  omilning  ta’siri  o‘rganila-

yotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o‘zgarish sabablari hamda ta’sir 

etish  miqdori  shartli  o‘zgarmas,  deb  qaralishi  mumkin.  Odatda  ilmiy 

usullardan  foydalanilganda,  har  qanday  turdagi  tahlil  muvaffaqiyatli 

chiqadi.  Tahlil  qilishning  to‘g‘ri  tanlangan  usuli  ko‘pincha  uning 

natijasini  oldindan  aniqlaydi.  Ilmiy  usulda  fanni  tekshirish  ko‘pincha, 

dialektik  usulga  asoslanishi  tushuniladi.  Tushunishning  dialektik  usuli, 

hamma  hodisa  va  jarayonlarni  muntazam  harakatda,  o‘zgarishda, 

rivojlanishda  ko‘rish  zarurligini  bildiradi.  Iqtisodiy  tahlil  usullarining 

xarakterli  jihatlaridan  biri  –  muntazam  taqqoslab  turishdir.  Dialektika 

har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar kurashi 

deb qarash kerakligini o‘rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlarni 

ichki  qarama-qarshiliklar,  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  o‘rganib  chiqish 

zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. 

Tahlil  qilishda  dialektik  usuldan  foydalanish,  korxona  xo‘jalik 

faoliyatini  o‘rganib  chiqishda  barcha  bog‘liq  tomonlarini  hisobga 

olinishini anglatadi. Hech qaysi hodisa, agar u alohida tekshirilsa to‘g‘ri 

tushunchaga  ega  bo‘lmaydi.  Bu  ham  tahlilning  xarakterli  jihatlaridan 

biridir.  Tahlilning  muhim  uslubiy  jihatlaridan  biri,  u  sabab-oqibatlarni 

aniqlabgina  qolmay,  balki  son  jihatdan  tavsif  beradi,  ya’ni  har  bir 

omilning faoliyat natijalariga qay miqdorda ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi, 

bu esa iqtisodiy tahlilning yanada osonroq bo‘lishini ta’minlaydi. 

Sistemali  yondoshish  esa  o‘rganilayotgan  hodisa  va  jarayonlarni 

bosqichma-bosqich  tahlil  qilish,  ularni  o‘zaro  bog‘liq  holda  tekshirish 

mufassal detallarda o‘rganilishini ko‘zda tutadi. 



 

50


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish