Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

2.2. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning 

asosiy elementlari tavsifi 

 

Fan  metodologiyasi



 

o‘zida  predmetini  anglashga  yo‘naltirilgan



 

tamoyillar, usullar va metodlar, qoidalar tizimini aks ettiradi. Bilish fao-

liyati  jarayonini  yaxlit  tadqiq  etuvchi  anglash  nazariyasidan  metodo-

logiya  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  u  anglash  metodlariga  ko‘proq  diq-

qatni  qaratadi.  Agar  fan  nazariyasi  o‘zida  bilish  jarayoni  natijasini  aks 

ettirsa, u holda metodologiya ushbu bilimlarga erishish usuli va tadqiqiy 

faoliyatga  yo‘naltiruvchi  asos  sanaladi.  Fan  metodologiyasining  asosiy 

tarkibiy  qismlari



 

–  bu  predmetni  o‘rganish  yondashuvining  umumiy 

tamoyillarini va uni tadqiq etishning aniq metodikasini ishlab chiqishdir. 

Turli  fanlar  uchun  o‘ziga  xos  bo‘lgan  o‘z  predmetini  o‘rganishga 

yondashuv  usullari  (jumladan,  iqtisodiy  tahlil  ham)  bilishning  umumiy 

dialektik metodiga asoslanadi. 

Bilishning dialektik metodi barcha hodisa va jarayonlarni uzluksiz 

harakatda,  o‘zgarish  va  taraqqiyotda  ko‘rib  chiqish  zaruratidan  kelib 

chiqadi. Hech narsa o‘z o‘rnida turmaydi, barchasi oqadi, barchasi o‘zg-

aradi.  Har  kun,  har  soat,  har  daqiqada  korxona  iqtisodiyotida  o‘zgarish 

sodir  bo‘lib,  ular  taqqoslash  jarayonida  anglanadi.  Muntazam  taqqos-

lashning zarurati – iqtisodiy tahlil xarakterli jihatlaridan biridir. Taqqos-

lash  iqtisodiy  tahlilda  juda  keng  qo‘llaniladi:  faoliyatning  haqiqiy 

natijalari  o‘tgan  yillar  natijalari  bilan,  boshqa  korxonalarning  erishgan 

yutuqlari,  maqsadli  va  prognoz  parametrlar,  me’yoriy  ma’lumotlar  va 

boshqalar bilan taqqoslanadi. 

Dialektik metod tamoyillari bilan mutanosiblikda har bir jarayon, 

har  bir  hodisa  qarama-qarshilik  kurashi  va  birligi  sifatida  ko‘rib 

chiqilishi  zarur.  Bu  tamoyil  har  bir  jarayon,  har  bir  hodisaning  ichki 

qarama-qarshiligi,  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  o‘rganish  zaruratini 

taqozo  etadi.  Bu  ham  iqtisodiy  tahlilning  tavsifli  qirralaridan  biridir. 

Masalan, texnik yangilanishlar mehnat unumdorligini o‘sishi, rentabellik 

va boshqa ko‘rsatkichlar darajasi oshishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, lekin 

bunda  uning  atrof-muhit  iqtisodiy  tahlilni  ifloslantirishi  kabi  salbiy 

oqibatlarini  ham  yodda  tutish  lozim.  Tahlilda  dialektik  metoddan 

foydalanish  korxonaning  xo‘jalik  faoiyatini  o‘rganish  barcha  o‘zaro 

bog‘liqliklarni  hisobga  olgan  holda  olib  borishi  lozimligini  anglatadi. 

Hech  bir  hodisa  agar  u  boshqalardan  ajratilgan  holda  o‘zaro  aloqador-

likda olinmasdan ko‘rib chiqilsa, to‘g‘ri tushunilishi mumkin emas. Mi-



 

51

sol uchun, yangi texnikani joriy etishning mahsulot ishlab chiqarish tan-



narxi  darajasiga  ta’sirini  o‘rganishda  nafaqat  bevosita,  balki  bilvosita 

aloqani ham hisobga olish zarur. Ma’lumki,  yangi texnika joriy etilishi 

bilan ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham 

oshadi,  lekin,  bu  holat  mehnat  unumdorligi  oshishiga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatadi. Bu esa, ish haqidan tejalishiga va shu omil tufayli mahsulot 

ishlab  chiqarish  tannarxi  pasayishiga  olib  keladi.  U  yoki  bu  iqtisodiy 

hodisani  anglash  va  to‘g‘ri  baholash  uchun  barcha  o‘zaro  aloqalarni 

boshqa  hodisalar  bilan  bog‘liqligini  o‘rganish  zarur.  Bu  ham  iqtisodiy 

tahlilning metodologik jihatlaridan biridir. 

Tahlilning  muhim  metodologik  jihatlaridan  biri  uning  nafaqat 

sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish, balki ularga  miqdoriy tavsif berishi, 

ya’ni  faoliyat  natijalariga  omillar  ta’sirini  miqdoran  o‘lchashni  ta’min-

lash sanaladi. Bu analitik tadqiqotlar darajasini oshiradi. 

Tahlilda  sabab  aloqalarini  o‘rganish  va  o‘lchashni  induksiya  va 

deduksiya  metodi  bilan  amalga  oshirish  mumkin.  Mantiqiy  induksiya 

ko‘magida  sabab  aloqalarini  o‘rganish  usuli  shundan  iboratki,  tadqiqot 

xususiydan  umumiy  tomon,  xususiy  dalillardan  umumlashtirish,  sabab-

dan natija tomon olib boriladi. 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish