175
Maromiylik koeffitsiyenti:
2109413
K
M
= ------------ = 0,996
2117539
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida mazkur aksionerlik jamiya-
tining mahsulot ishlab chiqarish maromiyligiga baho berish mumkin.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada hisobot davrida mahsulot ishlab
chiqarish maromiylik koeffitsiyenti 0,996 ni tashkil etgan. Mahsulot
ishlab chiqarish maromiyligining buzilishiga joriy yildagi oylarning
birinchi o‘n kunligida biznes-rejada belgilangan 724000 ming so‘mlik
mahsulot ishlab chiqarilishi o‘rniga, haqiqatda 8126 ming so‘mga kam
mahsulot ishlab chiqarilganligi sabab bo‘lgan. Natijada mahsulot ishlab
chiqarish maromiyligi 0,004 koeffitsiyentga bajarilmagan. Shunday
bo‘lsada, aksionerlik jamiyatida hisobot yilidagi oylarda keyingi
ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish
rejalari ortig‘i bilan ado etilganligi bois, korxonadagi umumiy mahsulot
ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarilgan. Umuman olganda, bunday
natijalarni ijobiy baholasak bo‘ladi, chunki, korxonada maromiylik
buzilishi unchalik katta emas ekan, odatda, mahsulot ishlab chiqarish
maromiyligining buzilishi oqibatida korxonada ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning sifatiga putur yetishiga, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi
o‘zaro shartnomalarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilmasligiga, iqtisodiy
jarimalar qo‘llanilishiga, kassa rejalarining to‘liq bajarilmasligiga hamda
mahsulotlarni sotish hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Korxona ma’muriyati imkon qadar mahsulot ishlab chiqarish
maromiyligini buzilmaslik choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati,
miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina
bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib
qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham
bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga,
bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlarning sifatini pasayishi va brak
mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, xomashyo sifatini pastligi, standartga mos kelmasligi,
dastgohlarni tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlar,
kadrlar malakasini pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘yilishi tufayli
176
iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi, mahsulot tan-
narxi qimmatlashadi, chunki mahsulot brak ishlab chiqarish uchun
qilingan xarajatlarni zoyi ketganligini, unumsizligidan dalolat beradi.
Tomonlarning o‘zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib beriladigan
tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati ham
kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar
sifatining buzilishi iste’molchining huquqini buzilishiga va iqtisodiy
zarar ko‘rishga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi
iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan
zararni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati
tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi uchun qaytarilgan tovar
o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning nuq-
sonini tuzatib iste’molchiga jo‘natishi lozim. Mahsulotlar braki – tuza-
tiladigan va tuzatilmaydigan turlarga bo‘linadi. Yo‘l qo‘yilgan brakni
mahsulotlar qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun brak natijasida firma be-
huda sarflagan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlari jamla-
nadi, shuningdek, kamchilikni tugatish uchun amalga oshirilgan qo‘-
shimcha sarflar ham qo‘shilgan holda brak tannarxi aniqlanadi. Bu aniq-
langan yo‘qotishlarni tovar mahsuloti tannarxiga bo‘lish orqali brak tufayli
mahsulot hajmining kamayishi aniqlanadi. Buni quyidagi shartli miso-
limiz orqali ko‘rsatib o‘tishimiz va tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi:
Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi – 10000 ming so‘m;
Brak mahsulot uchun ketgan barcha sarflar – 26 ming so‘m;
Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti tarkibidagi brak mahsulotlarning
tutgan ulushi – 26/10000*100=0,26 %.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi
subyekt o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida chiqimsiz texnologiyaga
asoslanishi hamda imkon qadar mahsulotlarning brakligi darajasini
pasaytirishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: