157
lanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutlaq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi
lozim. Bunday tahlil qilishda taqqoslanuvchi ko‘rsatkichlar bir xil baho-
larda hisoblangan, ya’ni taqqoslanuvchi talabga keltirilgani maqsadga
muvofiqdir. Sababi, aniqlangan o‘zgarish va farqlarda baho omilining
ta’siri bo‘lmasdan faqat miqdoriy o‘sish yoki kamayishlar aniq holati
ko‘ringani tahlilning ta’sirchanligini orttiradi. Mahsulot (ish, xizmat)lar
hajmini o‘tgan yillarga nisbatan o‘sish sur’atlari bir xil solishtirma
ulgurji bahoda aniqlanadi. Amaldagi ulgurji bahoda ifodalangan mahsu-
lot (ish, xizmat)lar hajmini solishtirma bahodagisi bilan taqqoslash
orqali bahoning o‘zgarishini mahsulot miqdoriga ta’siri aniqlanadi.
Aksionerlik jamiyati mahsulot ishlab chiqarish rejasini solishtirma
va amaldagi ulgurji baholar bo‘yicha ortig‘i bilan ado etgan.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, aksionerlik jamiyatida hisobot yili
mahsulot ishlab chiqarish hajmi solishtirma ulgurji baho bo‘yicha o‘tgan
yilga nisbatan 440537 ming so‘mga, biznes-rejaga nisbatan esa 355204
ming so‘mga ko‘paygan. Amaldagi ulgurji baholar bo‘yicha esa
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘gan yilga nisbatan 808499 ming
so‘mga yoki 42,26 foizga, biznes-rejaga nisbatan esa 484853 ming
so‘mga yoki 21,68 foizga o‘sgan. Bunday natijalar shundan dalolat
beradiki, mahsulot hajmining solishtirma bahosi bilan amaldagi bahosi
o‘rtasidagi farq baho o‘zgarishining mahsulot hajmiga ta’sirini aks
ettiradi. Bundan ko‘rinadiki, korxonada joriy yilda tovarlar bahosida
o‘sish kuzatilgan. Bu esa iqtisodiyotda ma’lum darajada inflatsiyaning
mavjudligidan dalolatdir.
Mahsulot ishlab chiqarish biznes-rejasini bajarilishi va uning
dinamikasi miqdoriy (dona, kg, tonna) o‘lchamlarda aniqlanib tahlil
etiladi. Bunday tahlil miqdor o‘lchamidagi ma’lumotlarni o‘rgansa-da,
aniq holatni va mavjud imkoniyatni batafsilroq aks ettiradi. Sababi,
firma qancha turdagi va miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqargan bo‘lsa,
faqat haqiqatda erishilgan natijalargina o‘rganiladi. Tahlil davomida
mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha yillik o‘sish darajasini
aniqlash lozim.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishini
tahlil qilish uchun hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning har
bir turi bo‘yicha haqiqiy miqdorini reja bo‘yicha ko‘zda tutilgan
miqdoriga solishtiriladi va o‘zgarishi mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda
aniqlanib, baho beriladi. Mahsulotlarning turlari bo‘yicha dinamikasini
tahlil qilish uchun hisobot yilida yetishtirilgan mahsulotning haqiqiy
158
miqdorini bazis yilida yetishtirilgan mahsulotning haqiqiy miqdoriga
solishtirib, o‘zgarishi aniqlanadi va baho beriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha reja bajarilishining tahlilini
quyidagi aksionerlik jamiyatining 2011-yildagi ma’lumotlari misolida
ko‘rib chiqamiz.
Paxta xomashyosini qayta ishlash natijasida aksionerlik jamiyati 6
xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar bo‘yicha ishlab
chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasining qiyoslama tahlilini jadval
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
29-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: