Mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini tahlili
O‘sish
sur’ati, %
O‘sish sur’ati,%
Yillar
Mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmi
joriy yil
bahosida,
ming.
so‘m
Baho
indeksi
Mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmi
bazis
davri
bahosida,
ming.
so‘m
bazisli
zanjirli
Mahsulot
sotish
hajmi,
ming
so‘m
bazisli
zanjirli
XXX1
200000
1,0
200000
100
100
210700
100
100
XXX2
215000
1,30
165384
82,7
82,7
168300
79,9
79,9
XXX3
220000
1,35
125356
62,6
75,8
170500
81,0
101,3
XXX4
339150
1,20
209352
104,6
167,0
250000
118,7
146,7
XXX5
336006
1,10
254550
127,3
127,6
280380
133,1
112,2
Mahsulotlarni sotish majburiyatlarini bajarilishi korxonaning
moliyaviy holati, moliyaviy natijalariga katta ta’sir qiladi. Yaqin
o‘tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan
foydalanilgan, ammo yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining
tanho huquqi hukmronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va
topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan bir vosita hisoblangan.
Bugungi kunda shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash
omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan,
shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to‘lovlar tarzida
amalga oshirilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o‘rnida xizmat qila
boshladi. Konstitutsiya, Fuqorolik kodeksi, xo‘jalik ishlarini yuritish
qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to‘g‘risidagi
qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga
solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.
Shartnoma ijrosi jarayoni, bozor iqtisodiyoti qonuniyatiga ko‘ra
moddiy ijrodan, ya’ni o‘zaro majburiyatlarning bajarilishidan, ijroning
hujjatli asosda tasdiqlanishidan iborat. Shartnoma bajarilmasligi
korxonaga katta iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini
xavf ostiga qo‘yadi, moliyaviy ahvolini inqirozga uchrashiga sabab
bo‘ladi. Mahsulotni yetkazib berish shartnomasini bajarilishi (foizda)
quyidagi formula asosida aniqlanadi.
bunda:
Kn- shartnoma majburiyatini bajarilishi, % ;
155
0
N
- shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi;
NH - yetkazib berilmagan mahsulot.
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora
oshib boradi. Biror-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g‘oyasini rejasiz
amalga oshirib bo‘lmasligini xorijiy ishbilarmon va tadbirkorlar alla-
qachon tushunib etishgan. Bu yerda gap avvalgi sobiq ittifoq davridagi
«besh yillik» rejalarimiz haqida ketmayapti. Xorijiy rivojlangan
mamlakatlarning «besh yillik» rejalari butunlay boshqacha usulda
tuziladi. Ularni «Biznes-reja» deb atashadi. Erkin bozor munosabatlari
sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish
faoliyatini hamda kelgusida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan taktik va
strategik rejalarini biznes-rejasida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |