31
nadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarining iqtisodiy faoliya-
tini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olib o‘rganadi.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining
muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona
va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri
boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘ja-
lik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini
batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan
korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli
bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.
Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab
chiqarishni borishi to‘g‘risidagi real ahvol buxgalteriya hisobi yorda-
mida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar piro-
vard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv
qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil
reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida
obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho
beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda
tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki
samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa,
boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi.
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy-tah-
lil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoli-
yatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi – boshqaruvchi
subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta mu-
him hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondo-
shilib, butun bir tuzilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan
holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilinadi. Natijada, bosh-
qaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va
boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita
iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayot-
gan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda nazorat
etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi,
ularning nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini
sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan
32
foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi. Misol uchun,
korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar
va shu kabilarni o‘rganadi. Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funksiyalari
korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan, biroq, korxonani
faqatgina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama
yondoshishni keltirib chiqaradi, chunki, uning o‘ziga xos ijtimoiy,
ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud. Demak, korxona
tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi
mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalala-
rini o‘rganadi va ularga ta’sir etadi. Bularning natijasi esa, iqtisodiy
jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri bilan aniqlanadi. Fikrimizni umumlash-
tirib, shu narsalarni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil korxonani
boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;
b) mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini
belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan
optimal variantlarni tanlaydi;
d) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: