Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Korxonaning iqtisodiy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Korxonaning iqtisodiy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni 

maqsadi va manfaatlari 

 



 

Tahlil qiluvchilar 

Maqsadi va manfaatlari 

1. 


Korxonani 

boshqaruvchilar 

(menejerlar) 

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligiga baho berish, 

ichki imkoniyatlarini topish va ulardan foydalanish chora-

tadbirlarini ishlab chiqish evaziga koxonaning moliyaviy 

barqarorligini, raqobatbardoshligini ta’minlash. 

2. 


Aksiyadorlar va boshqa 

investorlar 

O‘zlari oladigan dividendlarini, aksiyaning bozor bahosini 

aniqlash. Korxonaning kelgusi istiqbolini bilish. 

3. 

Soliq idoralari 



Soliqlarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq to‘langanligini 

tekshirish. 

4. 

Bank muassasalari, 



kreditorlar 

Pul mablag‘lari va boshqa kredit resurslarini aniqlash, 

olingan kreditni va boshqa majburiyatlarni tegishli foizi 

bilan to‘lovga qodirligi darajasini tekshirish. 

5. 

Statistika va istiqbolni 



belgilash idoralari 

Statistik jihatdan hisobga olish va umumlashtirish  

6. 

Tovar jo‘natuvchilar 



Jo‘natiladigan tovarlar uchun to‘laydigan mablag‘i bor yoki 

yo‘qligini bilish. 

7. 

Tovar oluvchilar 



Mahsulot bahosining asosliligi, sifati andozaga to‘g‘rililigi, 

vaqtida yetkazib bera olishini bilish. 

 

Iqtisodiy  tahlilda  qo‘llaniladigan  ko‘rsatkichlar  tizimi  quyidagi-



lardan iborat: 

-

 



moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 


 

18

-



 

iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

-

 

moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 



-

 

ish faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 



-

 

moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 



-

 

bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 



-

 

davlat budjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 



-

 

to‘lov  qobiliyati  va  to‘lovga  qodirlikni  ifodalovchi  ko‘rsat-



kichlar. 

Yuqorida jahon amaliyotida iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil 

fanining  ham  shakllanishi,  rivojlanishi  va  mustaqil  fan  sifatida  tashkil 

topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi 

fanining  yaratilganligiga  500  yildan  oshdi.  Shu  fan  negizida  «Iqtisodiy 

tahlil»  fani  vujudga  kelganligiga  ham  100  yilga  yaqinlashdi.  O‘zbekis-

tonda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarni  jadallashtirishda  bu 

fanning  roli  juda  katta,  chunki,  amaliyotda  iqtisodiy  dastaklarning  biri 

sifatida namoyon bo‘lmoqda.  

90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga 

kiritgach  barcha  sohalarda  bo‘lgani  singari  ilm-fan  sohasida  ham 

o‘zining  mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida 

iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi.  

Respublikamizda  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  bir  tomondan, 

korxonalarning  mustaqil  faoliyati  uchun  katta  imkoniyat  yaratib  bersa, 

ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning 

iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini 

chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. 

Albatta, iqtisodiy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali 

iqtisodiyot  sharoitida  ham  mavjud  bo‘lgan.  Ammo,  uning  maqsadi  va 

mohiyati,  rejali  iqtisodiyotga  moslashtirilgan  bo‘lib,  bevosita  rejaning 

shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning maz-

muni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini 

ifodalab  kelgan,  chunki,  barcha  mulk  va  uni  tasarruf  etish  bevosita 

davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.  

Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham 

topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda 

etadigan,  mazmun  jihatidan  yangi  iqtisodiyot  shakllanmoqda.  Bu  esa, 

shunga  mos  ravishda  mazmunan  yangi  «Iqtisodiy  tahlil»  fanini 

shakllantirilishini taqozo etadi. 

Endigi  «Iqtisodiy  tahlil»  fani,  eng  avvalo,  hech  qanday  mafkuraga 

tobe  emasligi,  davlat  manfaatini  inkor  etmagan  holda,  turli  mulk 




 

19

egalarining  manfaatlarini  o‘zida  aks  ettirishi  bilan  o‘ziga  xoslik  kasb 



etadi.  Bu  holat  mazkur  fanning  maqsadi,  vazifalari,  tarkibi,  unda 

qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo etadi. 

Iqtisodiy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini ang-

lash,  tarkibiy  qismlarga  bo‘lishga  asoslangan.  Ularni  ko‘p  qirrali  aloqa 

va bog‘liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday 

yangi  bilimlarni  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘lgan  obyektiv  sharoit  va 

talablarni vujudga kelishidir.  

Birinchi  navbatda  –  kompleks  va  tizimli  tahlilga  bo‘lgan  amaliy 

talabning  vujudga  kelish  sababi,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivoj-

lanishi,  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  takomillashuvi,  ishlab 

chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlik  subyektlarida  qo‘llanilib  kelingan  tahliliy  hisob-

kitoblar, faraz qilishlarning qo‘llanilishi yirik xo‘jalik subyeklari sharoi-

tiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab 

olgan  kompleks  iqtisodiy  tahlilsiz  murakkab  iqtisodiy  jarayonlarni 

boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi. 

Tahlil  fanining  O‘zbekistonda  yaratilish  tarixini  taxminan  5 

bosqichga bo‘lish mumkin. Respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» fanining 

yaratilish  va  rivojlanish  tarixini  quyidagi  jadvalda  ifodalab  o‘tish 

mumkin (2-chizma). 

Sobiq  ittifoq  olimlari  ichida  xo‘jalik  faoliyatini  tahlil  qilish  fani 

bo‘yicha  o‘zbekistonlik  olimlarning  mavqei  uzluksiz  oshib  bordi.  Bu 

fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar 

va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.  

Respublikamizda  60-70-yillarda  tahlil  fanining  tashkil  topishi  va 

shakllanishida asosiy mavqeni samarqandlik olimlar egallaganini e’tirof 

etgan  holda,  80-yillarga  kelib  poytaxtimiz  Toshkent  shahrida  va 

respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani asta-sekin shakllandi 

va  rivoj  topa  boshladi.  Bu  davrga  kelib  tahlil  fanining  rivojlanishiga 

mamlakatimiz  iqtisodchi  olimlaridan  R.Radjapov,  A.S.Sotivoldiyev, 

Yo.Abdullayev,  O.Mahmudov,  X.Shodiyev,  N.Xan,  A.Shoalimov, 

A.T.Ibrohimov,  A.Usanov,  A.K.Ibragimov,  B.Hasanov  va  boshqalar 

katta hissa qo‘shdilar. 

80-yillarda Samarqandda yaratilgan tahlil maktabi a’zolari ham o‘z 

an’analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga 

kelib  samarqandlik  olimlardan  I.T.Abdukarimov,  M.Pardayev  va 

A.A.Abdiyevlar  hamkorligida  «Xo‘jalik  faoliyatining  tahlili»ga 

bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratdilar.  




 

20

1984-yilda  I.T.Abdukarimov  tomonidan  «Matbuot  kooperatsiyasi 



xo‘jalik  faoliyatini  tahlil  qilish»  nomli  darsligi  Moskvaning 

«

Экономика



»  nashriyotida  chop  etildi.  Bu  darslik  Ittifoqdagi  barcha 

kooperativ  institutlariga  va  «Buxgalteriya  hisobi  nazorat  va  xo‘jalik 

faoliyatining tahlili» bo‘yicha  mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy 

o‘quv  yurtlariga  tavsiya  qilindi.  Bu  darslikni  keng  jamoatchilik 

tomonidan  juda  yaxshi  kutib  olindi.  Natijada  1989-yilda  ushbu  darslik 

aynan  ana  shu  nashriyotda  qayta  ishlangan  va  to‘ldirilgan  variantida 

qaytadan nashrdan chiqdi. 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish