Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-chizma. 



O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining yaratilish davrlari. 

 

1990-yillarning  boshlariga  kelib  respublikamizda  «Iqtisodiy  tahlil» 



faniga  oid  dastlabki  o‘zbek  tilidagi  adabiyotlar  yaratila  boshlandi.  Ay-

niqsa,  bu  davrga  kelib  buxgalteriya  hisobidagi  axborotlarni  avtomat-

lashtirish  masalalariga  keng  e’tibor  qaratildi.  Shu  yillari  hisob,  tahlil, 

1-DAVR 

2-DAVR 

 

3-DAVR 

 

 

ХХ

 asrning  

60-yillari 

 

70-yillar 

 

80-yillarning 

birinchi yarmi 

 

Shakllanish davri 

Sobiq ittifoq ichida o‘z o‘rniga 

ega bo‘lish va iqtisodiy  tahlil 

maktabining shakllanish davri

 

Iqtisodiy tahlil maktabining 



yaratilishi va ittifoq  miqyosida 

matbuot k

оо

peratsiyasi tahlili 

sohasini egallash davri 

 

4-DAVR 

 

 

5-DAVR 

 

80-yillarning 

ikkinchi yarmi 

90-yillarning 

boshlari 

Iqtisodiy t

а

hlilning o‘zbek 

tilida yozilishi v

а

 vujudga 

kelish davri  

 

Mustaqillik 

yillari 

Iqtisodiy tahlilning rivojlanish 

yillari. Iqtisodiy tahlil bo‘yicha  

asarlarning vujudga kelishi va 

chop etilishi. Bu bo‘yicha turli 

qarashlarning paydo bo‘lishi 



 

21

statistika  va  reja  ma’lumotlarini  avtomatlashtirish  bo‘yicha  bir  qancha 



adabiyotlarni  R.A.Abdullayev,  R.I.Abdukarimov,  N.A.Ibrohimov, 

K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli nashriyotlarda chop ettirib keldilar. 

90-yillarning  boshlariga  kelib  tahlil  fanining  rivojlanish  sohasiga 

yangi-yangi iqtisodchi olimlar kirib kela boshladilar. Bunday iqtisodchi 

olimlardan  A.T.Ibrohimov,  B.A.Hasanov,  A.Rizaqulov,  O.Bobojonov, 

M.To‘laxo‘jayeva, N.Jo‘rayev, D.Q.Kudbiyev, Z.N.Qurbonov, O.Juma-

nov, M.Rahimov, A.Abduganiyev, X.Musayevlar «Iqtisodiy tahlil»ning 

turli qirralariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar. 

O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqillik  sari  intilishi  samarqand-

lik  olimlarni  o‘zbek  tilida  darslik  yozishga  da’vat  etdi.  Bunga  rahbar-

likni professor I.T.Abdukarimov o‘z qo‘liga oldi va nihoyat 1989-yilda 

I.T.Abdukarimov, M.K.Pardayev, A.A.Abdiyev va V.I.Abdukarimovlar 

tomonidan  «Matbuot  kooperatsiyasi  xo‘jalik  faoliyatini  tahlil  qilish» 

mavzusida  birinchi  marta  o‘zbek  tilida  darslik  vujudga  keldi.  U 

Toshkentdagi «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p 

iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi, ammo maxsus fanlarni faqat rus 

tilida o‘qib yurgan talabalar va o‘z ishini rus tilida yuritadigan mutaxas-

sislar uchun o‘zbek tilidagi atamalarni tushunish anchagina qiyin kechdi. 

Shu  sababli,  bu  qiyinchilikni  osonlashtirish  maqsadida  samarqandlik 

olimlar  «Savdoga  oid  iqtisodiy  atamalarning  ruscha-o‘zbekcha  lug‘a-

tini»  ishlab  chiqdi  va  1990-yilda  Samarqand  kooperativ  institutida  va 

1992-yilda  Toshkentning  «O‘qituvchi»  nashriyotida  chop  etishga  mu-

vaffaq bo‘ldilar.  

Ushbu  kitoblar,  maqolalar  to‘plami  va  risolalar  bozor  iqtisodiyoti 

shakllanayotgan  sharoitda  tahlil  fanini  ilmiy  va  amaliy  jihatdan 

takomillashuvi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar edi. 

Ma’lumki, O‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o‘rta max-

sus o‘quv yurtlarida tahlil fani, asosan, markaziy shaharlardagi (Moskva, 

Leningrad,  Kiyev)  olimlar  tomonidan  tayyorlangan  darsliklar  asosida 

o‘qitilib  kelindi,  ammo  bunda  o‘zimizga  xos  xususiyatlar  aks  ettiril-

magan edi. Bu esa 60-yillarga kelib o‘zbekistonlik olimlarni ham bu fan 

sohasida ijod qilishga da’vat etdi.  

Markazdan  chiqadigan  darsliklarga  muallif  sifatida  taklif  qilinadi-

gan  bo‘lindi.  Jumladan,  1966-yilda  Moskvaning  «

Экономика

» 

nashriyotida  chop  etilgan  «Matbuot  kooperatsiyasi  korxonalar  xo‘jalik 



faoliyatining  tahlili»  nomli  darslikning  mualliflari  novosibirsklik 

L.A.Falkovichlar  bilan  birgalikda  samarqandlik  olim  I.N.Toporovskiy 




 

22

ham  taklif  qilingan  edi.  Bu  darslikda  respublikamizning  ba’zi    xususi-



yatlari birinchi marta o‘z ifodasini topdi. 

Shu  fan  bo‘yicha  1970-yilda  I.T.Abdukarimov,  B.A.Zalesskiy  va 

N.Toporovskiy  tomonidan  Moskvaning  «

Экономика

»  nashriyotida 

«Matbuot  kooperatsiyasi  korxona  va  tashkilotlari  xo‘jalik  faoliyatini 

tahlil  qilish  bo‘yicha  masalalar  to‘plami»  o‘quv  qo‘llanmasi  birinchi 

marta chop etildi. Bu o‘zbekistonlik olimlarning katta ishonchga sazovor 

bo‘lganligi va ularning tan olinganligidan dalolat edi.  

Sobiq  ittifoq  olimlari  ichida  xo‘jalik  faoliyatini  tahlil  qilish  fani 

bo‘yicha  o‘zbekistonlik  olimlarning  mavqei  uzluksiz  oshib  bordi.  Bu 

fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar 

va  ilmiy  maqolalar  chop  etila  boshlandi.  1968-yilda  I.T.Abdukarimov 

tomonidan  «Kooperativ  savdoda  muomala  xarajatlari  tahlili»  Moskva-

ning  «

Экономика

»  nashriyotida,  1971-yilda  «Kooperativ  savdoda  cha-

kana  tovar  oboroti  tahlili»  o‘quv  qo‘llanmasi  Moskva    kooperativ  

instituti  nashriyotida, 1973-yilda  «Kooperativ savdoda foyda va renta-

bellik»  nomli  monografiyasi  «

Экономика

»    nashriyotida    chop  etildi. 

Muallifning  bu  asarlari  sobiq  ittifoq  olimlari  tomonidan  yuksak  baho-

landi. 


Shunday  qilib,  1970-yillarda  Samarqandda  prof.  I.T.Abdukarimov 

rahbarligida tahlil maktabi tarkib topdi. Natijada Samarqand kooperativ 

instituti  bazasida  shu  fanning  ravnaqiga,  uning  nazariy  va  amaliy 

muammolariga  bag‘ishlangan  bir  qancha  ilmiy-amaliy  konferensiyalar 

o‘tkazildi. 

1970-yillarning ikkinchi yarmiga kelib tahlilchilar safi O‘zbekiston 

miqiyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo‘yicha o‘zbek tilida 

darsliklar  paydo  bo‘la  boshladi.  1973-yilda  «O‘qituvchi»  nashriyotida 

N.A.Xan tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari xo‘jalik 

faoliyatining analizi» nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darslik chop etildi. 

1979-yilda O.Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik 

faoliyatini  analiz  qilish»  nomli  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlariga 

mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmasi ham o‘zbek tilida chop etildi. Bu dars-

lik  va  o‘quv  qo‘llanmalar  respublikamizda  iqtisodiy  tahlilning  taraq-

qiyoti va istiqboli uchun qo‘yilgan ilk qadamlar edi, ammo respublika-

mizda  qishloq  xo‘jalik  institutlaridan  tashqari  barcha  oliy  va  o‘rta 

maxsus  o‘quv  yurtlarida  maxsus  fanlar,  jumladan,  iqtisodiy  tahlil  fani 

ham  rus  tilida  o‘rganilar  edi.  Shu  tufayli  qishloq  xo‘jaligidan  tashqari 

sohalarda barcha asarlar rus tilida tayyorlandi va chop etildi. 1973-yilda 



 

23

prof.  I.T.Abdukarimov  va  dots.  M.K.Pardayevlar  tomonidan  «Koope-



rativ  savdoda  mehnat  ko‘rsatkichlari  tahlili»  nomli  kitobi  Moskvaning 

«

Экономика



» nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbekistonlik olimlar 

tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug‘ qadam qo‘ydi, 

1980-yillar o‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr bo‘ldi. 

I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘ja-

lik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bu 

albomning  birinchi  qismi  «Iqtisodiy  tahlilning  nazariy  asoslariga» 

bag‘ishlangan.  Ushbu  albomning  ikkinchi  tomi  «Kooperativ  savdoda 

iqtisodiy tahlil» nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari 

xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil  qilingan, ammo matbuot kooperatsiyasi 

ko‘p  tarmoqli  soha.  Shu  tufayli  albomning  3-tomi  «Matbuot  kooperat-

siyasi  alohida  tarmoqlari  xo‘jalik  faoliyatining  tahlili»  mavzusiga 

bag‘ishlangan. Albomning bir tomi matbuot kooperatsiyasi tashkilotlari-

da  barcha  tarmoqlardan  hisobot  qabul  qilingandan  keyingi  o‘tkazila-

digan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatning tahlili» 

deb  nomlangan  va  bunda  barcha  soha  bo‘yicha  moliyaviy  holatning 

qanday  ahvolda  ekanligi  to‘g‘risida  xulosa  qilishga  bag‘ishlangan. 

Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan. 

1984-yilda  I.T.Abdukarimov  tomonidan  «Matbuot  kooperatsiyasi 

xo‘jalik  faoliyatini  tahlil  qilish»  nomli  darslik  Moskvaning 

«

Экономика



»  nashriyotida  chop  etildi.  Bu  darslik  Ittifoqdagi  barcha 

kooperativ  institutlarga  va  «Buxgalteriya  hisobi,  nazorat  va  xo‘jalik 

faoliyatining tahlili» bo‘yicha  mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy 

o‘quv  yurtlariga  tavsiya  qilindi.  Bu  darslikni  keng  jamoatchilik  juda 

yaxshi  kutib  oldi.  Natijada  1989-yilda  ushbu  darslik  aynan  ana  shu 

nashriyotda  qayta  ishlangan  va  to‘ldirilgan  variantida  qaytadan  nashr 

qilindi. 

O‘zbekistonlik  olimlar  tahlilning  yangi  shakli  –  kompleks  tahlil 

usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda prof. I.T.Abdu-

karimov tahririda M.Q.Pardayev va YU.S.Sattarovlar tomonidan tayyor-

langan «Chakana  savdoda  mehnat samaradorligini kompleks baholash» 

bo‘yicha  uslubiy  tavsiya  yuzaga  keldi.  Bu  tavsiya  «O‘zbekbirlashuv» 

boshqaruvi  tomonidan  amaliyotga  tatbiq  qilish  uchun  qabul  qilindi. 

Kompleks  tahlil  bo‘yicha  olimlarning  maqolalari  ittifoqda  chiqadigan 

jurnallarda  chop  etilishi  ularning  nufuzini  yanada  oshiradi.  Natijada 

1986-yilda  o‘tkazilgan  Butunittifoq  ilmiy-amaliy  anjumanining  asosiy 

mavzusi  ana  shu  muammoga  qaratildi.  Ilmiy-amaliy  tavsiya  sifatida 



 

24

1986-yilda  chop  etilgan  I.T.Abdukarimov,  M.Q.Pardayev,  V.I.Abduka-



rimov,  V.N.Abramovalarning  «Matbuot  kooperatsiyasida  sotsial-iqtiso-

diy  samaradorlikni  aniqlash  usuli»  risolasi  qabul  qilindi.  Bunda  mual-

liflar  samaradorlikni  kompleks  tahlil  qilish  va  baholash  masalalarini 

ko‘tarib chiqdi. 

Xo‘jalik  faoliyatini  kompleks  baholash  borasida  ilmiy  izlanishlar 

davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko‘p tarmoqda qanday usul 

bilan  kompleks  baholash  mumkinligi  ustida  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib 

borildi  va  nihoyat  1990-yilda  V.I.Abdukarimov  tomonidan  «Axborot-

larni  avtomatlashtirilgan  tizimi  sharoitida  ko‘p  tarmoqli  matbuot 

kooperatsiyasi  samaradorligini  kompleks  baholash  masalalari»  nomli 

monografiya Toshkentdagi «Mehnat» nashriyotida nashrdan chiqdi. 

1990-yillarga kelib axborotlarni avtomatlashtirish masalalariga keng 

to‘xtaldi.  Shu  yillari  hisob,  tahlil,  statistika  va  rejalar  axborotlarini 

avtomatlashtirish  bo‘yicha  bir  qancha  adabiyotlarni  R.A.Abdullayev, 

V.I.Abdukarimov,  N.A.Ibrohimov,  K.U.Urazov,  M.B.Abbosovlar  turli 

nashriyotlarda chop ettirdi.  

Tahlilning umumiy masalalari bilan birgalikda uning alohida sohasi 

bo‘yicha  ham  ishlar  qilindi.  Jumladan,  prof.  D.Q.Kudbiyev  savdoda 

asosiy  fondlardan  samarali  foydalanish  tahlili  muammolari,  prof. 

X.A.Shodiyev esa tayyorlov savdo sohasida intensivlik va samaradorlik-

ni  aniqlash  hamda  tahlil  qilish  muammolari  bo‘yicha  ancha  ishlar 

qildilar.  Savdo  korxonalarida  aylanma  mablag‘lar  tahlili  bo‘yicha  bir 

qancha  uslubiy  tavsiyalar  bilan  A.Sh.Sattorov,  matbuot  kooperatsiya-

sining  ishlab  chiqarish  korxonalarida  asosiy  va  aylanma  mablag‘lar 

tahlili bo‘yicha U.X. Xudoyberdiyevlar ham samarali ijod qilmoqdalar. 

Tahlil  nazariyasi  va  usullarini  takomillashtirishda  Yo.Abdullayevning 

hissasi sezilarli bo‘ldi. 

1981-yilda  D.Q.Kudbiyev  «Savdoda  asosiy  fondlardan  samarali 

foydalanish  tahlili»  kitobini,  1990-yilda  «Kooperativ  savdoda  asosiy 

fondlardan foydalanish tahlilining muammolari», 1989-yilda «Koopera-

tiv  chakana  savdoda  asosiy  fondlar samaradorligini  kompleks  baholash 

va tahlil qilish» kabi monografiya va o‘quv qo‘llanmalarini chop etdi. 

So‘nggi paytlarda iqtisodiy taraqqiyotda samaradorlik va intensivlik 

ko‘rsatkichlari  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Buni  inobatga  olib,  1990-

yilda,  M.Q.Pardayev  va  Z.N.Qurbonovlar  hamkorligida  «O‘qituvchi», 

nashriyotida  «Kooperativ  savdoda  samaradorlik  va  intensivlik  ko‘rsat-

kichlari tahlili» mavzusida monografiya, M.K.Pardayev va Sh.U.Hayda-



 

25

rov  hamkorligida  «Kooperativ  savdo  korxona  va  tashkilotlarining 



moliyaviy  ahvolini  tahlil  qilish»  mavzusidagi  o‘quv  qo‘llanma  chop 

etildi. Bu sohaning rivojlanishiga X.A.Shodiyev ham o‘zining salmoqli 

hissasini qo‘shdi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgach,  o‘ziga  xos  va 

mos  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  taraqqiyot  yo‘lini  tanlab  oldi.  Bu 

esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini 

talab qildi. 1991-yilda I.T.Abdukarimov, M.K.Pardayev va Sh.U.Hayda-

rovlar  hamkorligida  «Yangi  xo‘jalik  yuritish  sharoitida    kooperativ 

savdoda  daromadlar  tahlili»  risolasini  chop  etdi.  1993-yilda 

Z.N.Qurbonovning  «Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  savdoda  buxgalteriya 

uchoti  va  iqtisodiy  tahlil»  monografiyasi  «O‘qituvchi»  nashriyotida 

chop  etildi.  Shu  yili  «Zarafshon»  nashriyotida  muallifning  «Savdoda 

intensivlik  mohiyati,  ko‘rsatkichlari  va  ularni  oshirish  yo‘llari» 

mavzusidagi  kitoblari  chop  etildi.  Olimlar  1994-1999-yillarda  tahlil 

fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muammolariga bag‘ishlangan bir 

qancha  to‘plam  va  risolalar  chop  etishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  Ushbu 

kitoblar,  maqolalar to‘plami va  risolalar bozor iqtisodiyotining shaklla-

nayotgan sharoitida tahlil fanini ilmiy va amaliy jihatdan takomillashuvi 

uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. 

1995-1999-yillarda O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy 

sohasi  bo‘lgan  moliyaviy  tahlilga  bag‘ishlangan  bir  qancha  adabiyotlar 

chop  etildi.  Bular  jumlasiga,  M.Q.Pardayevning  «Moliyaviy  tahlil 

metodologiyasi»,  A.Ibrohimovning  «Moliyaviy  tahlil»  (T.:  Mehnat, 

1995), I.T.Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish 

yo‘llari» (T.:  «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi 

nashri  1999-yilda),  I.O.Voljin  va  V.V.Ergashboyevlarning  «Moliyaviy 

tahlil»  (T.:  Iqtisodiyot  va  huquq  dunyosi»  nashr  uyi,  1998),  M. 

Q.Pardayev  va  B.I.Isroilovlarning  «Moliyaviy  tahlil»  (T.:  «Iqtisodiyot 

va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999), kabi kitoblarni kiritish mumkin. 

Xulosa    qilib    aytish    mumkinki,  respublikamizda  iqtisodiy  tahlil 

fanining ravnaqi o‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab 

shakllangan,  biroq  bu  fanning  ravnaqi  va  uning  kelajagi  oldinda. 

Respublikamizda savdo va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha har holda 

darsliklar  yaratilgan  va  ancha  ishlar  qilingan,  ammo  xalq  xo‘jaligining 

muhim tarmoqlaridan bo‘lgan sanoat, qurilish, transport, xizmat ko‘rsa-

tish sohasidagi korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha hali 

ancha ishlar qilish lozim. Bu sohalar bo‘yicha hali darsliklar va tegishli 



 

26

adabiyotlar  deyarli  yaratilmagan.  Bunday  holat  respublikamizning  



ravnaqi  uchun,  uning  kelajakdagi  taraqqiyoti  uchun  keng  yo‘l  ochib 

berilishiga  to‘sqinlik  qilishi  mumkin,  chunki  sanoat  va  boshqa 

iqtisodiyotning taraqqiyoti o‘zimizga xos bo‘lmog‘i lozim. Bu esa ushbu 

sohalar bo‘yicha o‘zimizga xos iqtisodiy tahlil usullarini ishlab chiqishni 

taqozo etadi. 

Ushbu tadbirlarning amalga oshishi, mustaqil davlatimizning musta-

qil  fani  –  moliyaviy  va  boshqaruv  tahlilining  vujudga  kelishi  va 

rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin 

oshadi,  chunki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  har  xil  korxonalarning 

xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 

Mustaqillik  yillarida  respublikamizda  «Iqtisodiy  tahlil»ga  oid  bir 

necha  o‘nlab  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalar,  monografiyalar  va  ilmiy 

maqolalar  chop  ettirildi.  Mustaqqillik  yillari  tahlil  fanining  yuksak 

rivojlanish  davri  bo‘ldi.  Mustaqqillik  yillarida  oliy  ta’lim  standartlari 

hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat standartlariga asosan, 

«Iqtisodiy tahlil» fanining yangi o‘quv dasturlari yaratildi. 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish